33
So‗rovga
javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar
yordamida chiqarib berilishi mumkin.
Uzoqlashgan terminal markaziy kompyuterdan uni bevosita ulash
imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan kiritish-chiqarish
qurilmasidir. Terminal kompyuter bilan ma‘lumotlarni
uzatish kanali yordamida
bog‗lanadi. Terminaldan olinadigan axborotni kompyuterga bevosita kiritish
mumkin. Uzoqda joylashgan terminallar sifatida shaxsiy kompyuterlar,
terminallar,
teletayplar, maxsus terminallar va abonent punktlaridan foydalaniladi.
Kichik aloqa tizimi terminallarning markaziy kompyuter bilan o‗zaro aloqasini
ta‘minlaydigan va unga masofadagi terminalni boshqarish imkonini beradigan
dasturni ham o‗z ichiga oladi.