137
XULOSA
Iqtisodiy tizimli tahlilning asosiy vazifalari bo‗lib, funksiya ko‗rinishida
ifodalangan iqtisodiy ko‗rsatkichlarning bog‗lanishini o‗rganish hisoblanadi.
Iqtisodiyotda ekstremal masalalar sinfi mavjud bo‗lib, ularni yechish differensial
hisoblash usullaridan foydalanishni talab qiladi. Optimallashtirish masalalarida va
modellarida chegaraviy samaradorlik ko‗rsatkichi mavjud resurslardan optimal ishlab
chiqarish hajmini aniqlashda hamda cheklangan resurslarni turli yo‗nalishlar bo‗yicha
taqsimlashda foydalaniladi.
Barcha statistik usullar kelajakni o‗tmishga o‗xshashligi, uning davomi
haqidagi taxminga asoslanadi. Iqtisodiy tahlilda eng ko‗p va keng tarqalgan iqtisodiy-
statistik usullarga korrelyatsiya, regressiya, omilli va dispersiya tahlillari kiradi.
Regressiya va korrelyatsiya tahlilidan foydalanilganida qandaydir ko‗rsatkichni bir
yoki bir guruh boshqa ko‗rsatkichlardan bog‗liqligini belgilovchi formulalar tuziladi.
Dispersiya tahlili turli, bir vaqtning o‗zida o‗zgaruvchi omillarni kuzatish natijalarini
tahlil qilish usulidir. Omilli tahlil usuli ko‗p o‗zgaruvchilar o‗rtasidagi korrelyatsiyani ular
o‗rtasidagi sababli bog‗lanishlarni xarakterini aniqlash va sababli omillarni taqsimoti haqida
xulosa qilishda foydalaniladi.
Tizimli tahlil masalalarini tavsiflash ko‗pgina iqtisodiy masalalarni
qo‗yilishini tartibga keltiradi, ularni yechilishini umumiy qonuniyatlarini aniqlash
imkoniyatlarini beradi. Murakkab iqtisodiy jarayonlarni izlanishda agarda ular
ko‗rsatilgan tavsifning qaysi bir turiga butunlay mos kelmasa, bunday masalani
qo‗yilishida turli kombinatsiyalar tuzish imkoniyati mavjud bo‗ladi.