-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/58
Sana17.01.2024
Hajmi2,43 Mb.
#139182
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
1.3.2-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga
ta’sir etuvchi omillari 
Innovatsion asosga ega bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini 
yechish jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar 
tizimini ifodalashi lozim. Bu ayniqsa, o‘z rivojlanishining faol 
strategiyasini amalga oshirayotgan korxonalar uchun muhimdir. 
Bunday strategiyani amalga oshirish umumiy ko‘rinishda bir nechta 
omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning mazmuni va yo‘nalishi quyidagilar bilan 
belgilanadi: 
- ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanish darajasi; 
- boshqaruv mexanizmi va tizimining holati; 
- korxonaning moddiy-texnik salohiyati darajasi; 
- tashkiliy tuzilmalarning turlari va yo‘nalishlari; 
- o‘zgarishlarga ehtiyoj sezish va xodimlarning ularga tayyorgarlik 
darajasi. 
Innovatsiyaviy jarayonni boshqarish zaruriyati va imkoniyatlarini 
aniqlash, uni amalga oshirish sharoitlarini ifodalash imkonini beradi. 
Bularga birinchi navbatda turli xil ehtiyojlar kiradi. Ularni ichki va tashqi 
muhit ehtiyojlari hamda shaxsiy ehtiyojlarga ajratish mumkin bo‘ladi. 


27 
Birinchi guruhni biror yangi tovar ishlab chiqarish uchun zarur 
bo‘lgan makrodarajadagi ehtiyojlarni shakllantiradi. Ular mazkur mahsulot 
bozorining shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, raqobatbardoshlik 
darajasi, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar hatti-harakati, ushbu soha 
yoki tarmoqdagi davlat siyosati, umumjahon bozor tendensiyalari va 
hokazolar bilan aniqlanadi. 
Ikkinchi guruh korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining turli 
jihatlarini, umumxo‘jalik siyosatining istiqboli va tendensiyalarini, ilmiy-
texnik va resurs salohiyatini aks ettiruvchi korxona ehtiyojlaridan iborat. 
Uchinchi guruh murakkab tizim sifatidagi innovatsion jarayonni 
rivojlanishini ta’minlovchi, ichki ehtiyojlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, 
innovatsion jarayonlarni ayrim elementlarini (tashkiliy, texnik, texnologik, 
kadrlar va hokazo) holati va o‘zaro aloqalarini ko‘rib chiqish lozim. 
Ko‘rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, innovatsion jarayonlarni 
boshqarishning samarali tizimini yaratish, zaruriy nazariy ishlanmalar 
mavjudligini talab qiladi. Bu yerda, tegishli tushunchalarni ta’riflash 
zaruriyati muammosi alohida turadi. Uning tarkibiga umumiy boshqaruv 
usul, uslub va vositalari bilan bir qatorda, faqatgina innovatsion boshqaruv 
tizimida samarali bo‘lgan o‘ziga xos elementlar ham kirishi lozim. 
Innovatsion faoliyat ta’minotining uslubiy muammolarini hal etish, undan 
samarali foydalanish shartlaridan biri hisoblanadi. 
Yangi mahsulotlarning o‘ziga xosligini tadqiq etgan holda, 
innovatsion faoliyatni boshqarishni tashkil etish bo‘yicha bir qator 
muammolarni mavjudligini ko‘rishimiz mumkin: 
ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal 
shaklini shakllantirishning murakkabliligi; 
innovatsion va kundalik ishlab chiqarish jarayonini amalga 
oshirishda boshqaruv sifatining turli-tumanligi; 
innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlarida turli xil 
boshqaruv tizimlariga bo‘lgan talabi; 
bozor ehtiyojlarida kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni 
boshqarishning moslashuvchan tizimini barpo etish mexanizmini 
murakkabligi. 


28 
Iqtisodiyotni 
rivojlantirishda 
innovatsion 
siyosatni 
amalga 
oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
- innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 
huquqiy-me’yoriy bazani yaratish
- innovatsion tizimda sof raqobatli muhitni shakllantirish; 
- xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilgan innovatsion-
texnologik ishlanmalarni rag‘batlantirish; 
- raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda 
sotishni ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni ishlab 
chiqish va ularni amaliyotga joriy etish; 
- innovatsion 
sohadagi 
kadrlarni 
tayyorlash 
tizimini 
takomillashtirish va ularni malakasini nazoratini ta’minlash; 
- innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy-
iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish; 
- ilmiy va ilmiy-texnik mahsulot uchun davlat buyurtmalar tizimini 
takomillashtirish; 
- soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish hisobiga mablag‘ 
kiritilayotgan investorlarni va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; 
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni 
yaratish maqsadida innovatsion loyihalarga investitsiyalar kiritish manbasi 
sifatida ammortizatsion jamg‘armalarga ajratmalar miqdorlarini bozor 
talabidan kelib chiqqan holda o‘zgartirish; 
- chet ellik hamkorlar bilan birga ilm talab mahsulotlarni ishlab 
chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish maqsadida qulay 
sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
- rivojlangan turli mamlakatlar bilan hamkorlikda ko‘rgazma va 
yarmarkalar faoliyatini muntazamligini ta’minlash; 
- milliy innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha turli 
mamlakatlar bilan axborot almashishi uchun xalqaro innovatsion axborot 
tizimiga kirish; 


29 
Oliy ta’lim 
muassasalari, Fanlar 
akademiyasi, ilmiy 
muassasalar 
- ilmga oid texnika va tajriba-sinov parklarini shaklantirishda 
innovatsion uskunalar lizingini rivojlantirish zarur. 
Mamlakatimiz innovatsion tizimini shakllantirishda hududiy ilmiy-
innovatsion tizimi (HIIT) asosiy elementlardan hisoblanadi (1.3.3-rasm).

Download 2,43 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga

Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish