O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/58
Sana17.01.2024
Hajmi2.43 Mb.
#139182
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
 


23 
1.3.1-jadval 
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali 
Innovatsion tadbirkorlik uchun 
Bevosita innovatsiyalash uchun 
Joriy qiluvchi firmalar 
Muhandislik markazlari 
Injeniring firmalari 
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar 
Konsalting firmalari 
Reklama faoliyati bo‘yicha firmalar 
Banklar va boshqa kredit korxonalari 
Innovatika ixtisoslashgan auditorlik 
firmalari 
Ilmiy-texnik shirkatlar 
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash 
markazlari 
Sertifikatsiya markazlari 
Lizing kompaniyalari 
Patent-litsenziyali korxonalar 
Biznes-inkubatorlar 
Texnologiyalar transferi markazlari 
Sug‘urta kompaniyalari 
Sanoat universitetlari va xalq 
xo‘jaligining boshqa sektorlari 
Tadqiqotchilik majmualari 
Fanlar akademiyasi 
Kutubxonalar va ma’lumotlar 
to‘plamlari 
Sinov tariqasidagi ishlab 
chiqarishlar 
Tajriba laboratoriyalari va 
markazlari 
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi 
firmalar 
Patent-litsenziyali korxonalar 
Ilmiy parklar 
Innovatsion markazlar 
Innovatsion-ishlab chiqarish 
komplekslari 
 
Korxonalarni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirish quyidagilarga imkon beradi: 
yangi yoki takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar, asbob-
uskunlarni joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab 
chiqarishning o‘sishini ta’minlash; 
innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar 
mahsulotlari umumiy hajmining 20foiz foizga yetkazish; 
fan-texnika va ishlab chiqarish sohalaridagi qo‘shimcha ish 
o‘rinlarini yaratish; 
ITTKI innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini 
joriy qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 
qo‘shimcha resurslar jalb qilish; 
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar, innovatsion 
texnologik markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va 


24 
boshqalar) innovatsion faoliyat subyektlariga iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash 
mexanizmlari yaratish va rivojlantirish; 
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini tartibga 
soladigan qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish; 
innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimlari yaratish; 
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali 
faoliyat ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish; 
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish; 
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning 
texnik darajasini oshirish; 
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va fan-texnika yangi birlamchi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish; 
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo 
kooperatsiya ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada 
foydalanish. 
Bizga ma’lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat 
keltirishning uchta omili mavjud. Ya’ni o‘z raqobatchilariga nisbatan 
tovarlarining ustunligi, iste’molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib 
turuvchi xususiyatlarining mavjudligi, firmaning innovatsion marketing, 
yuqori ITTKI va ishlab chiqarish, ya’ni texnologik nou-xauning 
mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan muvaffaqiyat keltiruvchi 
omillar innovatsion marketingda muhim o‘rin tutadi. 
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida savdo vasof foyda 
hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat 
qiladi.Bunda ular marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi 
tovarlar ishlab chiqarish, yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy 
masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham bu o‘rinda korxonalar 
faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab chiqarish, innovatsion 
marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


25 
Hozirgi 
kunda 
innovatsion 
faoliyatni 
amalga 
oshirishni 
rag‘batlantiruvchi asosiy kuch sifatida, tovar bozorlaridagi keskin raqobat 
sharoitidagi potensial daromad miqdori xizmat qilishi mumkin. 
Innovatsion faoliyat o‘zgarishi omillari o‘rtasida uskunalar xarid qilish, 
loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng tarqalgan. Ichki va tashqi 
bozorlarda 
keskin 
raqobat 
mavjudligi 
innovatsiyalarning 
asosiy 
maqsadlarini belgilab beradi. 
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik 
bazani yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni 
egallash va bu bilan iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga 
erishishda o‘z aksini topadi. Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy 
o‘sishning asosini tashkil etgan holda ishlab chiqarish sohasining ko‘pgina 
xususiyatlarini ham belgilaydi (1.3.2-rasm). 
Paydo bo‘lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo‘lishi mumkin. 
Ichki omillar: 

ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi; 

korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
maqsadi; 
- boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi; 
- boshqaruv uslubi va uslubiyoti; 
- ishlab chiqarishning yangilik darajasi; 
- turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi; 
- xodimlarni rag‘batlantirish tizimi; 
- xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi; 
- tashkiliy madaniyat va boshqalar. 
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- bozor tuzilmalari
- soliq tizimi; 
- qonuniy-huquqiy tizim; 
- moliya-kredit tizimi; 
- umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar; 
- tarixiy va milliy omillar. 


26 

Download 2.43 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish