-rasm. Innovatsion faoliyatni o‘ziga xos tavsiflanishi




Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/58
Sana17.01.2024
Hajmi2.43 Mb.
#139182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
 
1.2.2-rasm. Innovatsion faoliyatni o‘ziga xos tavsiflanishi 


18 
Ayrim bosqichlardagi asosiy natijalar boshqa bosqichlarda o‘z 
qiymatini yo‘qotadi va butun ishlab chiqarish jarayonlarini 
takomillashuviga xizmat qilmasligi ham mumkin. Shuning uchun ham 
butun 
jarayonlarni 
uzluksizligi, 
egiluvchanligi 
va 
dinamikasini 
ta’minlovchi bosqichlani o‘zaro birlashmasi shakllantirishga e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion faoliyat samaradorligini 
oshirishda boshlang‘ich marketing tadqiqotlarini olib borish va bozorni 
tahlil qilish juda muhim omillardan hisoblanadi. 
Innovatsion jarayonlarni boshqarishda ilmiy-texnika g‘oyalarini 
shakllanishidan tortib uni tijorat asosida amalga oshirilishigacha bo‘lgan 
barcha bosqichlar (boshqaruv sikllari) yig‘indisini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Natijada har bir yangilik g‘oyasini yaratilishidan tortib uni amalga 
oshirilishigacha bo‘lgan vaqt davri innovatsion sikl deb ataladi. 
Innovatsion jarayonlar amalga oshishining samardorligi ko‘pgina 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, boshqaruv sifatini ta’minlanishi, 
boshqaruv tizimidagi har bir alohida bo‘g‘in ishining o‘zaro bir biriga 
muvofiqligi, axborot-uslubiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligi shular 
jumlasidandir. Innovatsion faoliyatni boshqarish tizimi yuqorida qayd 
etilgan 
barcha elementlar shakllantirilganda va ularni o‘zaro 
muvofiqlashtirilganda, ma’lum bir ilmiy-texnik natijalarga ega bo‘lishi va 
ularni o‘zlashtirish muddatlarini qisqarishini ta’minlanishiga olib keladi. 
Innovatsion faoliyatni tashkil etish, boshqaruv jarayonining barcha 
elementlarini yagona tizimga birlashtiradi va u innovatsiyani yaratish 
hamda amalga oshirishda innovatsiyaviy jarayonning o‘zida shakllantiradi.
Korxonada innovatsion faoliyatni boshqarishning samarali tizimlarini 
yaratish va rivojlantirish imkoniyati ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘lib, 
ishlab chiqarish jarayonlarini shakllanganlik darajasi, boshqaruv tizimi va 
mexanizmlarini holati, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining turlari va 
yo‘naltirilganligi, xo‘jalik va innovatsion siyosat tendensiyalari va 
boshqalar shular jumlasidan hisoblanadi. 
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo‘ladiki u 
innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar 
ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo‘yicha maqsadli 


19 
yo‘naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi. Innovatsion jarayon ettita 
elementni o‘z ichiga oladi, ularning umumiy bir ketma-ketlikdagi zanjirga 
birlashuvi innovatsion jarayon strukturasini tashkil etadi. 
Vaqtinchalik monopol foydani qo‘llab quvvatlanishi ustundir. 
Ortiqchalikni inkor etilishi ta’siri firmalarning investitsiyaviy qarorlarini 
keskinlik bilan qabul qilishiga olib keladi. Chunki, kutilgan daromad 
aslida yuqoriroq bo‘ladi. Shu ortiqchalik samarasiga bog‘liq holda bilimlar 
diffuziyasi dasturiy ta’minotlar texnologiyasi va transmilliy kompaniyalar 
tomonidan ko‘paytirilgan bevosita investitsiyalar orqali sur’atlar 
tezlashtiriladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri 
innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo‘nalishida 
faollikni ta’minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni 
qo‘llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari 
o‘rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi. 
Shunday qilib, hozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga 
oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi: 
- qonunchilik tomonidan yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarga belgilangan 
milliy maqsadlar va ularga erishish bo‘yicha aniq ifodalangan 
mexanizmlarning yaratilganligi; 
- makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo‘ysundirilgan davlat 
strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va 
innovatsion 
faoliyatni 
qo‘llab-quvvatlash 
maqsadlariga 
mos 
kelavermasligi, ayrim hollarda esa unga zid kelishi
- mamlakatning milliy xavfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi 
manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi 
siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligidir. 
Mamlakatning 
milliy 
maqsadlarini 
amalga 
oshirishga 
ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
- milliy xavfsizlikni ta’minlash; 


20 
- iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini 
kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish; 
- sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz 
tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish; 
- tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit 
muammolarini hal qilish; 
- aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini 
ta’minlash, soliqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish; 
- oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy 
ehtiyojlarni kafolatli ta’minlashdan iborat. 
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion 
jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: 
- maxsus tarmoqlar, institutlar, universitetlar va firmalarning ilmiy-
tadqiqot bo‘linmalarini davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa 
turda qo‘llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish 
loyihalari uchun mas’ul bo‘ladi. Sanab o‘tilgan korxonalar hisobotlar, turli 
hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab 
chiqaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug‘ulladi; 
- texnik va sanoat-texnik korxonalar innovatsion nou-xauga ega bo‘lib, 
boshlang‘ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish va 
ularni sinab ko‘rish bilan shug‘ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar, 
standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar 
tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va 
texnologik markazlarga ega bo‘lishi kerak; 
- ilmiy va muhandis texnik xodimlar, shuningdek, innovatsion 
faoliyatning joriy muammolarini yechishda talab qilinuvchi malakali 
kadrlar uchun ta’lim va o‘qitish tuzilmalari; 
- tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda 
ularning sanoat sektori bilan o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi 
korxonalar; 
- mahsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarqalishini o‘rganish 
bilan shug‘ullanuvchi konsalting korxonalari; 


21 
- ilmiy-texnik axborot xizmatlari istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot 
to‘plash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanadi; 
- iste’molchilar va mahsulotni sotish masalalari bilan shug‘ullanuvchi 
professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturalaridan tashkil topadi. 

Download 2.43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Innovatsion faoliyatni o‘ziga xos tavsiflanishi

Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish