-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini




Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/58
Sana17.01.2024
Hajmi2.43 Mb.
#139182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot
8007231, 5555, adabiyotlar, Pedagogik nazokat va odob-axloq mavzu pedagogik nazokat va odob-fayllar.org, Net600A, ReadMe UzLAp Office 2003, metall-konstruksiya, 12-Jo\'g\'rofiya maydonchasi, tirik tabiat burchagi, qiLVvWaIBpGpYYTD8xwgy8IY356OLNRoxcFoktWb, \'ruza. Kombinatorika elementlari. (2), 4 - amaliy ish, ilovepdf merged (1) (1), Rahmat5, 1-topshiriq, 3-topshiriq
1.2.1-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini
6 ta siklga ajratdi 
 
Amerikalik iqtisodchi olim J.Brayt “Innovatsiya jarayoni ilm va 
texnika, 
tadbirkorlik 
va 
boshqaruvni 
o‘zida 
birlashtiruvchi 
innovatsiyalarning tijoratlashuviga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir”
2
degan 
g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, “innovatsiya jarayoni g‘oya paydo 
bo‘lishidan boshlab, tijorat asosida hayotga tadbiq etish jarayonigacha 
bo‘lgan barcha bosqichni o‘z ichiga oladi” deb ta’kidlaydi. 
Yana bir rus olimi B.A.Makarenko ishlarida innovatsiyalar 
mohiyatini to‘liq va atroflicha yoritib berilgan. U bergan tarifga ko‘ra: 
Innovatsiyaning mazmun va mohiyati: 
-texnika va texnologiya avlodi almashinuvini ta’minlash maqsadida 
iqtisodiyotga mablag‘ yo‘naltirish; 
-fan-texnika taraqqiyotining mas’uli bo‘lgan yangi texnika, 
texnologiyadan samarali foydalanish; 
-yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, sintezlash, yangi nazariya va 
modellarni yaratish va ularni hayotga tatbiq etishdan iboratdir.
3
2
Очковская М.С. Инновации как качественный фактор экономического роста. Автореф. 
диссертации из соискание ученой степени кандидата экономических наук. – М.: Дело, 2006 - С.4
3
Макаренко В.А Современный словарь В 2 т.- М-2000


14 
Korxonalarning innovatsion rivojlanishning ichki va tashqi 
bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlashning zaruriy sharti ekanligi 
barchamizga ma’lum. Bu borada P.Drukerning quyidagi fikriga alohida 
to‘xtalib o‘tish lozim. Uning fikricha “biznesning asosiy maqsadi 
mijozlarni jalb qilish bo‘lganligi sababli korxonani ikkita asosiy funksiyasi 
mavjud marketing va innovatsiya”dan iborat deb hisoblaydi.
4
Albatta dunyo iqtisodchi olimlarining innovatsiyaga bergan ta’riflari 
va yondashuvlari turlicha bo‘lib, ularning izlanishlarida o‘ziga xoslikni 
ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda 
jahon olimlari bilan bir qatorda yurtimiz iqtisodchi olimlari o‘zlarini bir 
qator tadqiqotlarini olib borishgan. M.Saidovning fikricha, innovatsion 
faoliyat iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘yilmalarning samaraliligi bilan 
tavsiflanadi, ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan oldingi avlod texnikasi va 
texnologiyasini ancha samarali, ekologik sof va resurslarni tejashga imkon 
beruvchi ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirish jarayonini 
ifodalaydi. Bu jarayon g‘oyaning paydo bo‘lishi, uning maqsadini aniqlash 
va amalga oshirishdan tortib ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot 
ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha bo‘lgan 
faoliyatni o‘z ichiga oladi deb ta’kidlaydi
5

Innovatsion faoliyatning asosiy kategoriyalarini aniqlashga bo‘lgan 
yondashuvlarning ko‘pligi tufayli, innovatsiyaviy boshqaruv atamalarini 
izohlashga bo‘lgan yagona yondashuvni shakllantirish lozim. Shudan kelib 
chiqqan holda innovatsion faoliyat nazariyasiga berilgan turli xil fikrlarni 
hisobga olgan holda quyidagicha fikr bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Yangilik bu - samaradorlikni oshirish bo‘yicha faoliyatning biror 
sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ishlanma va tajribalar 
natijasidir. 
Yangiliklar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 
- kashfiyotlar; 
4
Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, New 
Branswick, N.J.: London.
5
Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, 
New Branswick, N.J.: London.


15 
- tovar belgilari; 
- ratsionalizatorlik takliflari; 
- yangi takomillashtirilgan mahsulot yoki texnologiya hujjatlari; 
- nou-xau; 
- ilmiy yondashuvlar yoki turli xil tamoyillar; 
- marketing tadqiqotlari natijalari va boshqalar. 
Asosiy maqsad - yangilikni joriy etgan holda uni innovatsiya shakliga 
aylantirish, ya’ni innovatsion faoliyatni tugallash va ijobiy natijaga ega 
bo‘lgan holda innovatsiyalar diffuziyasini muntazam davom ettirish 
jarayonidir. 
Innovatsion faoliyat bu - boshqaruv obyektini o‘zgartirish va 
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 
samaradorlikni oshirish maqsadida yangilikni joriy qilish natijasidir. 
“Innovatsion faoliyat” tushunchasini izohlashga bo‘lgan nazariya va 
amaliyotdagi ayrim farqlarni ta’kidlab o‘tish lozim. Buning asosiy sababi 
shundaki, zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyat innovatsiyalarni 
boshqarish tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Demak, 
uning tuzilmasi, funksiyalari, boshqarish uslub va vositalariga hamda 
faoliyat maqsadlariga o‘zining katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Ammo innovatsion faoliyat to‘g‘risida, innovatsiya obyekti sifatida 
to‘laroq tasavvur shakllantirish uchun berilgan fikrlarni atroflicha 
o‘rganish lozim bo‘ladi: 
- birinchidan, bu obyektiv iqtisodiy qonunlar asosidagi fan-
texnikaning o‘zaro bog‘liq rivojlanishi jarayonidir. U xo‘jalik amaliyotida 
yangi ilmiy bilimlarni yaratish, tarqatish va amaliy qo‘llash yo‘li bilan, 
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal etishga 
yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, ishlab chiqarish bazasini tubdan 
yangilanishini nazarda tutadi; 
- ikkinchidan, bu ishlab chiqarish innovatsion salohiyatini tashkil 
etuvchi elementlar majmuasidan foydalanishdir. Bu yerda yuqori malakali 
ilmiy va ishlab chiqarish kadrlarini ekspluatatsiya qilish sohasidagi jarayon 
va hodisalar hamda xodimlarning korxona innovatsiyaviy faoliyati 
natijalariga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiruvchi tashkiliy, ijtimoiy, 


16 
ekologik, huquqiy tadbirlar ko‘ribchiqiladi. 
Shunday qilib, umumiy ko‘rinishda innovatsion faoliyat asosini 
fundamental nazariy tadqiqotlar tashkil etadi. Bunday tadqiqotlarning 
natijasi - oldin noma’lum bo‘lgan qonunlar, obyektiv mavjud hodisa va 
jarayonlarning ilmiy kashf etilishidir. Keyinchalik, yangi bilimlarni 
amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilishi natijasida ularni 
moddiylashtirish usul va shakllari ishlab chiqiladi.
Bu jarayonlarda yangilikni tarqatish to‘g‘risida qaror qabul 
qilingandan so‘ng u yangi sifat darajasiga chiqadi hamda innovatsiyaga 
aylanadi. Innovatsion ishlanmalarni bozorga kiritish jarayonini bevosita 
tijoratlashtirish faoliyatidan iborat bo‘ladi. Yangilikni paydo bo‘lishi va 
uni amaliyotda innovatsiyaga aylanishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i 
innovatsiyaviy lag deb ataladi. 
Innovatsion faoliyat ilmiy, ilmiy-texnik natija va intellektual 
salohiyatni, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (xizmat) olish 
maqsadida qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor sharoitlarida 
innovatsion faoliyatning asosiy komponentlari bo‘lib, innovatsion faoliyat 
sohasini tashkil etuvchi g‘oya, yangiliklar, o‘zlashtirilgan investitsiyalar 
xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot real sektoridagi ko‘pchilik korxonalarda innovatsion 
faoliyatini boshqarish, bevosita innovatsiyaviy jarayon orqali kelajakdagi 
natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. 
Innovatsion jarayon – juda ham keng tushuncha bo‘lib, uni turli nuqtai 
nazardan turlicha talqin qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birinchidan, bu 
ilmiy-tadqiqot, innovatsion ishlab chiqarish va marketing faoliyatini 
belgilangan talablar asosida amalga oshirilishidir. Ikkinchidan, uning 
yangilik darajasini hayotiy siklining vaqtinchalik bosqichlari sifatida 
ko‘rish mumkin. Uchinchidan, mahsulot yoki xizmatlarni yangi turlarini 
ishlab chiqish va tarqatishni moliyalashtirish va investitsiyalash 
jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Bunday holatda u innovatsion loyiha sifatida 
o‘zini namoyon qiladi. 
Innovatsion faoliyatni asosini biz ilmiy bilimni innovatsiyaga aylanish 
jarayonini tushunamiz, ya’ni hodisalarning shunday ketma-ketligiki unda 


17 
innovatsion faoliyat g‘oyadan tortib oxirgi pirovard mahsulotga aylanish 
jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Innovatsion jarayon faqatgina innovatsiya joriy etilishi bilan 
tugamaydi balki yangilikni amaliyotga kirib borishi bilan olinadigan 
mahsulotlar takomillashtiriladi va natijada uning samarasini oshirishga 
olib keladi. 
Innovatsion faoliyat quyidagi tuzilmalar asosida ta’riflanishi mumkin 
bo‘ladi. Fundamentam tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, tajriba, 
konstruktorlik ishlari, birlamchi o‘zlashtirish, tarqatish, yangilikdan 
foydalanish, yangilikni takomillashtirish va yangi fundamental natijalarga 
bo‘lgan zaruriyati hisoblanadi (1.2.2-rasm). 
Har bir bosqich, boshqaruvning turli xil shakli va uslublarini qo‘llash 
zaruriyatini aniqlovchi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ammo 
bunda 
ushbu 
bosqichlarning 
integratsiyalashuvigina 
innovatsion 
jarayonlarni muvaffaqiyatini ta’minlashiga xizmat qiladi. Shuni ham 
hisobga olish lozimki, alohida bitta bosqichda boshqaruv mexanizmini 
takomillashtirish butun innovatsion faoliyat natijasini samardorligini 
oshirishga xizmat qilmasligi ham mumkin.

Download 2.43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini

Download 2.43 Mb.
Pdf ko'rish