Fan bo‘yicha kurs ishi (loyihasi)




Download 26,11 Kb.
bet6/9
Sana15.02.2024
Hajmi26,11 Kb.
#157173
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ovqatlanish korxonalari jihozlari fan-fayllar.org
Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash. Melibayev M, 1711625506, 5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир
Fan bo‘yicha kurs ishi (loyihasi)

Kurs loyihasining mavzusi quyidagi masalalarni echishga qaratilgan bo‘lishi kerak: Ma’lum texnologik jarayonlarni bajaruvchi yangi texnologik uskunalarni konstruksiyasini yaratishga, uskuna o‘zining texnologik parametrlari yoki o‘lchamlari bilan farq qiladigan va shuningdek ishlab chiqarilayotgan modellardan o‘zining mehnat unumdorligi bilan farqlanishi; kashfiyot va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ilg‘or topshiriqlardan foydalanish. Ishlab turgan uskunalarning ishlash holatini yaxshilash maqsadida ishlab turgan mashina va appratlardan kerakli ma’lumotlarni olish, sinash va tadqiqot ishlarini olib borish; Texnika taraqqiyoti yutuqlari, ishlab chiqarish yutuqlari va ilmiy asosda mehnatni tashkil qilgan holda, uzviy ishlab chiqarishni tashkil qilish asosida ishlab turgan korxonalarni qayta qurish (rekonstruksiya).



Kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik echimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnolgiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlariga bog‘liq holda, aniq bir uskuna uchun belgilanadi. Kurs ishining mavzulari umumiy talabalar sonidan 20-30% ko‘proq qilib oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
Kurs loyihasining mazmuni. Kurs ishida ilmiy qism, hisob-izoh qismi, tajriba bo‘limi va grafik qismlardan iborat bo‘ladi.
Kurs ishining ob’ekti sifatida spirt, solod va pivo mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonalarida amalda qullanilayotgan biror bir jihoz yoki qurilma asos qilib olinadi. Har bir uskuna uchun mos qiymatlar olinib texnik va texnologik asoslangan holda hisoblanadi.
Kurs ishi tarkibi:
a) Kurs loyihasini hisob-izoh qismi quyidagi bo‘limlardan iborat: Topshiriq. Mundarija. Kirish. O‘xshash uskunalarni tavsifi. Asosiy uskunani tuzilishi va ishlash prinsipi. Texnik tavsifi. Mahsulotlar hisobi. Uskunalar hisobi. Asosiy uskunaning issiqlik, gidravlik va mexanik hisobi. Detallarni mustahkamligini tekshirish hisobi. Texnika xavfsizligi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
b) Grafik qismi:
Kurs ishining hisob-grafik ishlari qo‘lda yoki kompyuterda prezentasiya tarzida bajariladi. Kurs ishining grafik qismi 1 yoki 2 ta A1 formatdagi chizmadan iborat bo‘lib, unda asosiy uskuna yoki qurilmani chizmasi va jarayonlarning umumiy texnologik sxemasi aks ettiriladi.



Download 26,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 26,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan bo‘yicha kurs ishi (loyihasi)

Download 26,11 Kb.