• II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
  • I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni




    Download 26,11 Kb.
    bet2/9
    Sana15.02.2024
    Hajmi26,11 Kb.
    #157173
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ovqatlanish korxonalari jihozlari fan-fayllar.org
    Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash. Melibayev M, 1711625506, 5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир
    I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
    Hozirgi vaqtda, mamlakatimizda tashkil etilgan ovqatlanish korxonalarida turli xildagi jihozlar qo‘llanilib kelinmoqda. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes ovqatlanish korxonalarining tashkil etilishi bilan, ularda unumdorligi kichik bo‘lgan jihozlar va maishiy xizmat apparatlari qo‘llanilish ehtiyoji ham tug‘ilmoqda. Bularning hammasi, o‘z navbatida texnologik jihozlarni takomillashtirishni, o‘zimizda va chet elda ishlab chiqarilgan jihozlarni ratsional qo‘llashni talab etadi.

    Ovqatlanish korxonalarining texnikaviy yangilanishini va undagi jihozlarning samarali foydalanishni tashkil etishni ta’minlash ularga xizmat ko‘rsatuvchi personalning taxnikaviy bilimliligini va yuqori malakaga ega bo‘lishini talab etadi-ki, bunda xizmatlar sohasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan «Restoran jihozlari ekspluatatsiyasi» kursi muhim o‘rin egallaydi.


    «Ovqatlanish korxonalari jihozlari» kursining dasturi bo‘yicha oliy ta’lim bakalavriaturasida ovqatlanish korxonalaridagi texnologik jarayonlarni va xizmat ko‘rsatishni bajarishda turli xildagi jihozlarni chuqur o‘rganishi nazarda tutiladi.


    II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
    Fanning maqsadi – talabalarda jihozlarning to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishni, jihozlar haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni kelajakdagi ish faoliyatlarida qo‘llash va talabalarni shu sohadagi mahoratlarini rivojlantirishdir.

    Fanning vazifasi – ovqatlanish korxonalari jihozlari va ularga qo‘yilgan talablar haqida umumiy ma’lumotlar berish; ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ovqat) tayyorlash, xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar saqlash, ishlab chiqarish yordamchi operatsiyalarni bajarish, servis tarqatish, servis ovqatlanishni tashkil etish prinsipi, ularning ekspluatatsiyasi haqida tasavvur xosil qilish, qo‘yilgan talablar bilan tanishtirish, jihozlardan amaliyotda foydalanish malakasini shakllantirish.


    Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
    • jihozlar ishining asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlari; ovqatlanish korxonalari jihozlarining umumiy ekspluatatsiya qoidalari; sabzavotlarni yuvish, tozalash, kesish va mahsulotlarni qayta ishlovchi mashinalar va ularning ekspluatatsiyasi; xamirli pazandalik va konditer mahsulotlariga komponentlar tayyorlash jihozlari va ularning ekspluatatsiyasi; qovurish, yopish, isitish jihozlari va ularning ekspluatatsiyasi tasavvurga ega bo‘lishi;


    • ;sovutib saqlash haqida umumiy ma’lumotlar; sovitish mashinalari ekspluatatsiyasi; yuk ortish va tushirish, transportyor jihozlari ularning ekspluatatsiyasi; idish yuvish jihozlari va tarozilar ekspluatatsiyasi; ovqatlarni servis tarqatish liniyalari; ichimliklar tayyorlash, quyish apparatlari va ularning ekspluatatsiyasi; ovqatlanishda savdo atomatlari va ularning ekspluatatsiyasi; ovqatlanish xonalarni salqinlovchi va tozalash apparatlari va ularning ekspluatatsiyasi kabilarni bilishi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.





    Download 26,11 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

    Download 26,11 Kb.