O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi urganch davlat universiteti xuzuridagi xorazm viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish




Download 0,78 Mb.
bet56/151
Sana20.12.2023
Hajmi0,78 Mb.
#125044
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151
Bog'liq
Adobe Dreamweaver yordamida xml ma\'lumotlarini ko\'rsatish-hozir.org

IP va URL adreslar tushunchasi
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko`plikka" usulda tashkil etilgan ob`ektlar bog`likligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter ko`plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish "tarmoq"(Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin. Bu holdagi informatsion bog`liqlik "to`r" (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, "Tarmoq" (Net) - haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to`r" (Web) - haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o`zgarmas IP-adresga ega bo`ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo`lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bo`ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi.
Tarmoqda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter IR-adresini bilgan holda, unga har xil ko`rinishdagi so`rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bu so`rovlar o`sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma`lumotlar bazasi, yoki bo`lmasa undagi biror bir programmani ishlatishga, o`sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo`lishi mumkin va hokazo.
Internet informatsion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-adreslaridan boshqa o`zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resource Locator) - adres deb ataladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma`lumot beruvchi elektron sahifa adresi: www.gov.uz.



Download 0,78 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi urganch davlat universiteti xuzuridagi xorazm viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish

Download 0,78 Mb.