Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
 


146 
BEDANING AHAMIYATI 
N.Ollaberganova (UrDU Biologiya mutaxassisligi magistranti) 
Barcha beda o‘simligini juda yaxshi biladi desak, mubolag‘a bo‘l-
maydi. U bahoriy taomlarning asosiy masallig‘i bo‘lib, har Navro‘z bay-
ramida u dasturxonning to‘ridan joy egallaydi. 
Beda dukkakdoshlarga mansub bir va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik 
ekini hisoblanadi. 100 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, O‘rta Osiyoda ko‘k 
turi keng tarqalgan. Beda eramizdan avvalgi 5 ming yil ilgari yurtimizda 
ekilgan. Vatani Eron bo‘lib, boshqa ko‘pchilik mamlakatlarga olib kelib 
ekilgan. Keyinchalik madaniy ekin sifatida Yevropa, Shimoliy va Janu-
biy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. 
Beda qishloq xo‘jaligida, asosan, yem-xashak uchun ekiladi. Bizda 
uning Zakavkazyedagi turi almashib ekiladi. 
Bedaga botanik ta’rif beradigan bo‘lsak, uning poyasi sershox, bo‘yi 
70‒150 sm bo‘lib, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg 
bandi asosida unchalik murakkab bo‘lmagan yon bargchalari bor. Rangi 
och yashildan to‘q yashilgacha. To‘p guli 12
‒16 tagacha guldan iborat. 
Ko‘k bedaning guli zangori, sariq bedaning guli sariq tusda bo‘ladi. Me-
vasi urug‘li bo‘lib, o‘roqsimon va spiralsimon 2
‒3 buralgan dukkak 
shaklda bo‘ladi. Urug‘ining rangi sariq yoki sariq-qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. 
Shakli oval-buyraksimon va mayda holatda bo‘ladi. Dukkagida 5
‒7 ta 
urug‘i bor. Ildizi o‘q ildiz, tarmoqlangan, yerga 10 metrgacha kirib bora-
di. Aynan ildizi yerga chuqurroq kirib borishi tufayli qurg‘oqchilikka 
bardoshli. U yorug‘sevar o‘simlik hisoblanadi. Shunga qaramasdan
uning sariq va duragay turlari ko‘k turiga qaraganda sovuqqa ancha 
chidamli bo‘ladi.
Beda bahor faslida ekila boshlanadi. U uzoq muddat yashashi bois 
yakka o‘zini ko‘proq ekishadi. Shu orada shuni aytib o‘tish lozim, beda 
15‒20 yilgacha o‘sadi. Bedani arpa, bug‘doy bilan ko‘proq almashlab 
ekishadi. Asosan‘ yem-xashak uchun beda 5 yil o‘stiriladi. Bedaning bir 
xususiyati barchaning e’tiborini tortadi. U urug‘i unib chiqish qobiliya-
tini 10 yil davomida saqlar ekan. Bu xususiyati uni boshqa o‘simliklar-
dan ustunligini ta’minlaydi.
Bedaning hayotimizdagi foydali xususiyatlari beqiyos. U ko‘plab 
kasalliklarga davo bo‘lib, anemiya, siydik chiqarish infeksiyalarini da-
volashda kata yordam beradi.


147 
Beda minerallardan tashqari, vitaminlarga boy bo‘lgan o‘simlikdir. 
Uning tarkibida A va C vitaminlari mavjud bo‘lib, ular inson organizmi 
uchun zarur vitaminlardir. Beda tarkibidagi C vitamin immunitetni mus-
tahkamlashga yordam beradi, aynan shul sabab biz qishda gripp va turli 
yuqumli kasalliklardan himoyada bo‘lamiz. Ayollar uchun, umuman 
olganda, barcha uchun beda tarkibidagi C vitaminining ahamiyati katta, 
chunki ushbu vitamin kollagenni sintezlaydi va bu qarilikdan qochishga 
ko‘maklashadi. Bundan tashqari, u oqsilga ham birmuncha boy o‘simlik 
turi hiosoblanadi. 
Bedaning ahamiyatini har bir inson juda yaxshi anglaydi. U qishloq 
xo‘jaligida, asosan, chorvachilikda oqsilga boy yem-xashaki bilan aha-
miyatlidir. Bundan tashqari, uning tarkibidagi vitaminlar, fosfor va kal-
siy, oqsillar inson organizmi uchun benihoya foydalidir. 
Uning xoʻjalik 
ahamiyatiga to‘xtalsak: 
Bedaning fiziologik xususiyatlari. Beda vitamin, oqsilga boy yem-
xashak ekinidir hisoblanadi. Uning 100 
kg koʻk massasi tarkibida 21,7 
ozuqa birligi va 4,1 
kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanda 45,3 
ozuqa birligi va 10,3 
kg hazm boʻladigan protein bor. Beda pichani tar-
kibida 0,35 
‒ 0,40% fosfor, 0,25 ‒ 0,3% kalsiy va boshqa mik-roele-
mentlar boʻladi. Ozuqasining hazm boʻlishi 70 ‒ 80%ga yetadi.
Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng 
universal va eng yaxshi samara beradigan ekin turi deya tan olingan. Be-
da 2 
‒ 3 yil ichida tuproqda gektariga 300– 400 kg va undan koʻproq 
azot toʻplaydi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj 
vazifasini oʻtaydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yax-
shilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. Beda bir mav-
sumdagi oʻsuv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish 
uchun oʻzidan gektariga 12‒15 ming m3 gacha suv bugʻlatadi. Bedaning 
bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joylashgan maydonlarda dehqon-
chilik samaradorligini 
koʻtarishga yordam beradi va tuproq shoʻrlani-
shini ancha kamaytiradi. Beda tuproqni vilt qoʻzgʻatuvchidan tozalovchi 
ekin hamdir..
Bedaning navlari. 
“Toshkent‒3192”, “Toshkent‒721”, “Toshkent‒
1”, “Vaxsh
‒233”, “Yettisuv”, “Xiva”, “Oʻzgan” va boshqa navlari koʻp 
tarqalgan. Beda zararkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, be-
da bitoʻ va boshqa K asalliklari: zang kasali, unshudring, barg dogʻlani-
shi va boshqa kasalliklar ga ucharydi.


148 
Bedaning ahamiyati haqida gapiriladigan bo‘lsa, yanada ko‘proq 
ma’lumotlar, hayotiy misollarni keltirishimiz mumkin. Buning sababi 
shundaki, uning hayotimizda tutgan o‘rni kata ahamiyat kasb etadi. Ay-
niqsa, sog‘lik uchun foydali tomonlarining ko‘pligi uning shuhratini ya’-
ni, ahamiyatini tobora oshiradi. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish