Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
Adabiyotlar: 
1. Rasulov B.A., Kadirova G.X. Sho‘rlangan tuproqlarda o‘suvchi g‘ozza 
(Gossipium xirzutum) va bug‘doyning (Tritikum durum) ildiz atrofi va ildiz orqali 
oziqlantiruvchi preparatlar tayyorlash uchun indolil3-sirka kislotasi va gibberellin 
hosil qiluvchi tuzga chidamli Azotobacter chroococcum N1 bakteriyalar shtammi 
ixtirosiga pa
tent. № IAP 04887. Toshkent, 17-iyul 2012.
2. B.A.Rasulov, Abulimiti Yili, Haji A. Aisa. Biosorptsion of Metal Ions by 
Exopoysaccharide Produced by Azotobacter chrococcum XU1 Journal of 
Environmental Protection, 2013, 4, 989
‒993. 
3.B.A.Rasulov, Isolation of indole-3-acetic acid synthesizing Azotobacter 
from saline soils of Uzbekistan. International Agricultural Engineering Conference 
(IAEC). Books of Abstracts. Bangkok, 2007, p.137. 
 
 
 


142 
SUVQALAMPIR (POLYGONUM HYDROPIPER L.) NING 
BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Z.R.Tajiyev (Urganch davlat universiteti dotsenti),
B.D.Jumadurdiyeva (UrDU 1-kurs biologiya magistranti)
Keyingi yillarda respublikamizda hamma sohalar qatori, dorivor 
o‘simliklarni yetishtirish va ularni ishlab chiqarish sanoatida keng qo‘l-
lash maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotganini guvohi 
bo‘lmoqdamiz. 
Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan hanuzgacha insonlar o‘simlik-
lar homashyolaridan turli maqsadlar uchun foydalanish yo‘llarini izlab 
kelmoqdalar. Yangi-yangi kashfiyotlar qilinib, ulardan xalq manfaatla-
rida hamda ko‘p tarmoqli sanoat sohasida keng miqyosda foydalanib 
kelmoqdalar.
Hammamizga ma’lumki, keyingi yillarda suniiy, ya’ni sintetik yo‘l-
lar bilan tayyorlangan dorilarga bo‘lgan talab kamayib, dorivor o‘simlik-
lar homashyolaridan ishlab chiqariladigan dori-darmonlarga bo‘lgan eh-
tiyoj kun sayin oshib bormoqda. Insonlarning dorivor o‘simliklarga va 
ulardan olinadigan preparatlarga bo‘lgan talabning oshishiga, yana bir 
sabablardan biri sintez yo‘li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor pre-
peratni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste’mol qilish insonlar organizmida 
turli ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishidir. Shu sababdan respublika-
mizda dori darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining dorivor o‘simliklar 
xomashyosiga bo‘lgan talabini imkon darajasida qondirish uchun bir qa-
tor samarali ishlar qilindi. 
Qadim zamonlardan beri insonlar, o‘simliklar olamiga katta qiziqish 
bilan qarab, o‘simliklardan dori-darmon tayyorlab, ulardan kundalik eh-
tiyojlarida samarali foydalanishga harakat qilganlar. Bu esa, o‘z navba-
tida, tabiatda tarqalgan har bir o‘simlikka e’tiborli bo‘lishga olib kelgan. 
Buning natijasida ko‘pgina o‘simliklarning insonlar uchun foydali bo‘l-
gan xususiyatlari aniqlangan. Albatta, bunday o‘simliklar guruhi tabiat-
da turli-tuman bo‘lib tarqalgan.
Shularni hisobga olgan holda, biz torondoshlar oilasiga (Polygona-
ceae) mansub suvqalampiri (Rolygonum hydropiper L.) o‘simligini o‘r-
ganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. 
Torondoshlar (Rolygonaceae) oilasi vakili, suvqalampir (Polygo-
num hydropiper L.) o‘simligi dunyoning ko‘pgina suv havzalari bo‘yida 
uchraydigan bir yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. O‘simlikning bo‘yi 20 

70 sm.ni tashkil etadi. Poyasi bo‘g‘inli, tik o‘suvchi, tuksiz, pastki qismi 


143 
rangli bo‘lib asos qismidan boshlab shoxlangan. Bargi oddiy, pastki qis-
midagilari esa poyada ketma-ket o‘rnashgan. Barglari lansetsimon, o‘t-
kir uchli, bo‘
yi 4‒8 sm, eni 0,5‒2 sm, qora nuqtasimon bezlari bor. 
Gullari mayda, ko‘rimsiz, egilgan boshoqsimon shingilga o‘rnash-
gan. Gullari oqish-yashil yoki qizil rangda bo‘ladi. Topgullari nisbatan 
yo‘g‘on, silindirsimon, gullari zich joylashgan. Mevasi 3 qirrali yon-
g‘oqcha. Mevasining ikkala yoni tekis yoki biryoni do‘ngroq. O‘simlik-
ning barglari va mevalari taxir bo‘ladi. Shu sababli bu o‘simlikka shun-
day nom berilgan. 
O‘simlik iyul oyidan to oktabr oylarigacha gullab meva beradi. 
G‘arbiy Sibrda esa iyun oyining o‘rtalaridan sentabr gacha gullab, meva 
beradi. Torondoshlar oilasi vakillari yer sharining deyarli hamma qismi-
da tarqalgan bo‘lib, 30 turkum 800 dan ortiq turni o‘z ichiga oladigan 
yirik oilalardan biri hisoblanadi. Bu oila vakillari O‘zbekiston florasida 
ham muhum o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekistonda bu oilaning 7 
turkumdan iborat, 120 turni uchratishimiz mumkin.
Bu oilaning ko‘pgina vakillari o‘zining axamiyatli tomonlari bilan 
ajralib turadi. Oila vakillarining ko‘pgina turlaridan insonlar o‘z ehtiyoj-
lari yo‘lida turli maqsadlarda foydalanib, ularning bir qator samarali xu-
susiyatlarini aniqlaganlar. Shunday o‘simliklardan biri suvqalampir
o‘simligi hisoblanadi. Ushbu o‘simlik turini dunyoning bir qancha hu-
dudlarida uchratishimiz mumkin. Suvqalampir o‘simligining tabiiy jihat-
dan tarqalishi keng doirani o‘z ichiga oladi. Geografik tarqalishi jihati-
dan bu o‘simlikni asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Rossiyaning Yev-
ropa qismida, Uzoq sharqda, Kavkaz, Sibrda, va O‘rta Osiyo mamlakat-
larining ko‘pgina viloyatlarida uchratishimiz mumkin.
1
Suvqalampir o‘simligining ahamiyati bir qatordir, shu jumladan, 
Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Abu Rayhon Beruniyning “Say-
dana” asarlarida suvqalampir o‘simligining dorivorlik xususiyati to‘g‘ri-
sida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bu esa suvqalampir o‘simligiga
ozsha davrlardan katta qiziqish bo‘lganligidan dalolat beradi.
2
Suvqalampir (P.hydropiper L.) juda qadimdan beri insonlar tomoni-
dan samarali tarzda foydalanib kelgan. Qadimgi Yunonistonda insonlar 
undan yaralarni yuvishda foydalangan bo‘lsalar, Xitoy davlatida esa od-
diy aholi taomlari qalampir kabi ziravor o‘simlik sifatida qo‘shib, iste’-
mol qilganlar.
1
Abdurimov O.S Botanika, bioekologiya, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi muammolari. Respublika ilmiy- 
amaliy anjumani materiallari. T., 2011, 7‒8-betlar. 
2
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. II tom, T., “Fan”, 1982, 221‒222-betlar. 


144 
Suvqalampirning yer ustki qismida dorivorlik xususiyati mujassam-
lashgan bo‘lib, bu qismidan insonlar salomatliklari uchun dori-darmon-
lar tayyorlanadi. Buning uchun, eng avvalo, o‘simlik kimyoviy tarkibiga 
e’tibor berish kifoya qiladi. O‘simlikning yer ustki qismining kimyoviy 
tarkibi o‘ziga xos bo‘lib, bir qator moddalar borligi aniqlangan. Uning 
tarkibida poligopiperin glikozidi (asosiy ta’sir etuvchi modda) 2
‒2,5% 
flavanoidlar, 0,0005% efir moyi, chumoli, valerian hamda sirka kislota-
lari, 3,8% oshlovchi moddalar va boshqalar bo‘ladi. 
O‘rta Osiyo xalq tabobatida suvqalampir (P.hydropiper L.) Prepa-
ratlaridan qabziyatlarga, bachadon, meda-ichak yo‘lidan qon ketayotgan 
paytlarda, bavosil kasalligi, ichburug‘, gastirit, podagra diareyada, shu-
ningdek, venalarning varikoz kengayishlarida davo qilish maqsadida ish-
latilib kelmoqda. 
Suvqalampir o‘simligini urug‘ unuvchanligini 2020‘2021-yillarda 
labaratorya sharoitada o‘rgandik. 

Download 1.94 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish