Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana20.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#42897
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
Istedod ziyosi 2022 (2)
10 Informatika Savollar UZB, 2 sinf 2 chorak matem, 3- 4 - MAVZU (1), 88888888888, Psixologik xizmatning o`rni va ahamiyati, 13-mavzu, 602629, ADSL, 11-sinf-Fizika-darslik, [05.10.2022 20 13] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ НУКУС, Health food, О КУРСЕ, 15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9, Tarmoqlar komp
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Nurmatov Sh., Mirzajonov Q., Avliyoqulov A., Bezborodov G., Ahmedov 
J., Teshayev Sh., Niyozaliyev B., Xoliqov B. va b. Dala tajribalarini o‘tkazish 
uslublari. Toshkent, O‘zPITI, 2007
, 132‒139-betlar. 
2.Комилов Б.С., Ибрагимов Н.М., Ражабов Т.Я. Суғоришнинг кузги 
буғдой ҳосилдорлигига таъсири. Фермер хўжаликларида пахтачилик ва 
ғаллачиликни ривожлантиришнинг илмий асослари. Халқаро илмий-амалий 
конференция маърузалари асосидаги мақолалар тўплами. Тошкент, 2006. 
3. Eshmirzayev K.E., Yusupov X.Y. Don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish. 
Toshkent, “Mehnat”, 1995, 66-bet. 
 
JAVDAR EKINI VA UNING XUSUSIYATLARI 
G.M.Satipov (UrDU professori), G.A.Sapayeva (UrDU o‘qituvchisi) 
Donli ekinlar butun Yer sharidagi insonlarning asosiy oziq-ovqat 
manbayi hisolanadi. Ulardan non va turli tuman taomlar, qishloq xo‘ja-
lik hayvonlari uchun to‘yimli yem-xashak tayyorlanadi. 
Ulardan sanoatda ham ko‘p foydalaniladi. Ularning donidan piva
tayyorlanadi, kraxmal, spirt va boshqa mahsulotlar olinadi. Don va uni 
qayta ishlashdan oziq-ovqat mahsulotlari olinadi hamda qog‘oz ishlab 
chiqarish sanoatida va boshqa tarmoqlar uchun xomashyo bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Donli ekinlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosini tashkil 
etadi. Ekin maydoni bo‘yicha don ekinlari Yer yuzida birinchi o‘rinda 
turadi. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan maydon bir 
milliard gektar bo‘lib, shundan 700 mln.dan ortiq maydonga don ekinla-
ri ekiladi. O‘zbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni kengayib, 
hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar 1 mln.ga yaqin, 
lalmi yerlarda 300 mingga yaqin yerga don ekinlari ekiladi. 


152 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi 
PQ-3574-sonli “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moli-
yalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi-
da”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-hu-
quqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan da-
rajada xizmat qiladi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun bir qator 
muhim tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chi-
qarishning moddiy-texnika bazasini ancha mustahkamlash, o‘g‘itlardan 
keng foydalanish, tuproqning unumdorligini, meliorativ va ekologik ho-
latlarini yaxshilash, yangi intensiv navlarni yaratish kabi ishlarni amalga 
oshirish lozim. 
Respublikamiz Prezidentining 1994-yil 22-apreldagi “O‘zdonmah-
sulot” davlat konsernini “O‘zdonmahsulot” davlat aksiyadorlik korporat-
siyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi farmoni, unda belgilab berilgan maq-
sad va vazifalar tarmoqda misli ko‘rilmagan o‘zgarish va yuksalishlarga 
turtki bo‘ldi. Eng avvalo, tizim tasarrufidagi korxonalarning mulkchilik 
shakli o‘zgarib, aksariyat korxonalar aksiyadorlik jamiyatlari sifatida fa-
oliyat yurita boshladi. Donni saqlash, qayta ishlash, mahsulot ishlab chi-
qarish borasidagi jarayonlarga zamonaviy xorijiy texnologiyalar kirib 
keldi. Bu esa respublikada non mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va 
sifatining keskin oshishiga, non mahsulotlari assortimentining tubdan 
yaxshilanishiga sabab bo‘ldi. 
Javdarning tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u eramizdan avvalgi I asr-
da Italiyada va so‘ng eramizning III va IV asrlarda Kerch yarim orolla-
rida ko‘plab ekilganligi haqidagi ma’lumotlar adabiyotlarda ko‘p uch-
raydi. Sibir hududida javdar XIII asrdan ekila boshlaganligi, bu yerga 
rus muhojirlari tomonidan olib kelinganligi ma’lum. N.I.Vavilovning 
aytishicha, madaniy javdar begona o‘simligidan kelib chiqqan. Bu 
o‘simlik bug‘doy va arpa ekinlari bilan shimoliyroq va tog‘li hududlarga 
begona o‘t sifatida ko‘chib, sovuqqa chidamliroq bo‘lganligi tufayli as-
ta-sekin bug‘doy va arpani siqib chiqarib, asosiy ekin bo‘lib qolgan. Ek-
ma javdarning keng tarqalishi, seleksiya ishlarini rivojlanishi natijasida 
bu ekinning turli ekologik mintaqalarda aniq ekologik-jug‘rofiy guruhla-
rini shakllanishga olib keladi. Javdar, asosan, oziq-ovqat ekinlaridan biri 
hisoblanadi. Javdar unidan yuqori kaloriyali, ta’mi bilan ajralib turadi-
gan non yopiladi.


153 
Ko‘pchilik joylarda javdarning ko‘k massasi chorvachilikda, ayniq-
sa, senaj tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Uning poxoli (somoni)dan turli 
xil buyumlar (qog‘oz, selluloza, sirka) lignin va boshqa mahsulotlar oli-
nadi. O‘zbekistonda javdar, asosan, oraliq ekin sifatida ekiladi. 
Rossiyalik olimlardan Turusov V.I, Novichixin A.M, Latiyev A.B. 
va boshqalar Voronej viloyatida kuzgi javdar yetishtirish agrotexnologi-
yasi bilan shug‘ullandilar. Ular izlanishni “Saratovskaya
‒7”, “Talov-
skaya
‒33”,“Talovskaya‒41”, “Marusenka” navlari ustida olib borishgan. 
O‘g‘it me’yori bo‘yicha N-60, P-60, K-60 qo‘llanilganda, 10
‒15 kg/ 
ga yaqin hosil olingan. Bundan tashqari, Pashenko L.P. va Jarkova I.M. 
lar (2008) javdarni quyidagicha tavsifladilar: javdar muhim oziq-ovqat 
ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning doni qimmatli oqsil va vitaminlarga 
(A,B,E) boy bo‘1adi. Doni tarkibida o‘rtacha 12,8% oqsil, 53,5% krax-
mal, 2,1% yog‘, 10,7% klechatka va 1,7% kul bor 
Rossiyalik olimlarning (I.A.Stebut va boshqalar) ta’kidlashicha, 
kuzgi javdar urug‘lariga ekishga sifatli tayyorlash, yerni ekishga tayyor-
lash, muddatida ekib, oziqlantirish bilan o‘simliklarning kasalliklarga 
chidamliligi oshib, to‘liq tup soni olinadi. Bu esa, albatta, yuqori hosil 
garovidir. Ilmiy manbalarda o‘rganish jarayonida kuzatilishicha, keyingi 
yillarda kuzgi va bahorgi javdarni yetishtirish agrotexnikasi, o‘sishi va 
rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, asosan, Rossiya va ukrainalik 
olimlar tomonidan ushbu davlatlarning turli tuproq-iqlim sharoitlarida 
olib borilgan (Korchagin. 1992; Abbud., 1993; Malsteva. 1997; Kuliko-
va. 2003; Antonova. 2004; Ayupov. 2005; Garinov. 2006; Axiyarova. 
2008; Pakul. 2009).

Download 1.94 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti

Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish