Blokli kodlar uzatilayotgan axborot ketma-ketlik alohida kodli kombinatsiyalarga bo‗linadi, ular bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda kodlanadi va dekoderlanadi. Bu holat uzatilayotgan xabarga n ta elementlardan tashkil topgan blok yoki har xil elementlardan iborat bo‗lgan blok mos keladi.
Uzluksiz kodlar esa axborot razryadlarning uzluksiz ketma- ketligidan iborat va ularni bo‗laklarga bo‗lib bo‗lmaydi. Bunday kodlarda axborot razryadlar orasiga ortiqcha razryadlar ma‘lum tartibda joylashtiriladi.
Blokli kodlar o‗z navbatida bo‗linuvchi va bo‗linmaydigan kodlarga ajraladi. Bo‗linuvchi kodlarda axborot va tekshiruvchi razryadlar bo‗lib, ular aniq bir-biridan ajratilgan holda bo‗ladi. Bunday kodlar (n,k) kabi belgilanadi (3.4-rasm):
bu yerda: n - blokli kodli kombinatsiyadagi umumiy razryadlar soni;
k - axborot razryadlar soni;
r = n-k tekshiruvchi razryadlar soni.
n
k n-k
3.4-rasm. Bo‗linuvchi kodlarda axborot va tekshiruvchi razryadlar
Tekshiruvchi razryadlar (r) yordamida kodli kombinatsiyadagi xato qabul qilingan razryadlarni aniqlash va ularni to‗g‗irlash mumkin.
Bo‗linmaydigan kodlardagi razryadlarning qaysi birlari axborot, qaysi birlari tekshiruvchi ekanligini ajratib bo‗lmaydi. Bo‗linuvchi kodlar ham o‗z navbatida chiziqli va nochiziqli kodlarga bo‗linadi.
Chiziqli kodlar deb – shunday (n,k) blokli bo‗linuvchi kodlarga aytiladiki, ulardagi tekshiruvchi razryadlar, axborot razryadlarning chiziqli kombinatsiyalaridan iborat bo‗ladi. Chiziqli kodlar hozirgi kunda eng
keng tarqalgan kodlar sarasiga kiradi. Bunga misol sifatida siklik kodlarni keltirish mumkin.
Biz kelgusida siklik kodlar guruhiga kiruvchi Fayra kodi xamda Rid – Solomon kodi xaqida kengroq to‗xtalamiz.
Quyida shovqinbardosh kodlarning parametrlari haqida fikr yuritamiz.
Ikkita kodli kombinatsiyaning kod masofasi d deb – shu ikkita kodli kombinatsiyalarning o‗zaro farq qiluvchi razryadlar soniga aytiladi. Masalan: 11011 va 00010 kombinatsiyalar orasidagi kod masofasi 3 ga teng.
1 1 0 1 1
0 0 0 1 0
|