Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet34/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Ta`minlovchi mexanizm.

Ta`minlovchi mexanizm xolst valigi (rasm-9) va ta`minlovchi silindr 2 hamda 3 lardan iborat bo’lib (rasm-9 ), u xolstchani tiskilar qisqichlariga uzatib turadi. Xolst cho’zuvchi mashinadan keltirilgan xostchalar xolst valiga o’rnatiladi, ular doimo aylanib turishi tufayli xolstchalar yoyilib, yo’naltiruvchi lotok orqali ta`minlovchi silindrlarga keladi. Xolstchaning eni - 225 va 235 mm.

Pastdagi jag 1 dagi chuqurchaga pastki ta`minlovchi silindr 2 joylashtirilgan (rasm 9 ). Ustki ta`minlovchi silindr 2 joylashtirilgan. Ustki ta`minlovchi silindr 3 richaglar 5 orqali prujina 4 yordamida pastki silindrning har bir uchiga 5 kgk kuch bilan bosib turadi. Ustki silindrning oxiriga plastmassadan yasalgan xrapovik 6 maxkamlangan. Uning tishlari orasiga ilgak 7 kirib turadi, u o’z navbatida richag 8 bilan boglangan. Prujina 9 ilgakning ustidan bosib turadi. Boshqa prujina 10 esa richag 8 ni qo’zgalmas tayanch 11 ga siqib turadi, vint 12 yordamida ilgak 7 ning vaziyati rostlab turiladi. Richag 13 orqali qo’l yordamida ta`minlovchi silindrni aylantirib, xolst zapravka qilinadi (joylanadi). Taroqli barabanning bir marta aylanishida xolst valiklari aylanib, ma`lum uzunlikdagi xolstchani bosib turadi. Bu uzunlik almashtirib turiladigan shesternyalarning tishlariga qarab 5,3; 5,8; 6,4 mm gacha bo’ladi.

Tiskilar oldinga harakat qilshida ta`minlovchi silindrlar ma`lum uzunlikdagi xolstcha beradi. Mashinaning har bir siklida ta`minlovchi silindr tiskyuar bilan birga ajratuvchi silindr tomon harakat qiladi va xrapovik 6 ning tishlari ilgak 7 ga to’g’ri kelib, uni bitta tishga aylantiradi. Xrapovik bilan birga ta`minlovchi silindrlar ham aylanadi.

Tiskilar orqaga qaytganda esa ilgak xrapovik tishi ustida sirpanib, bitta tishga siljiydi, lekin xrapovikni aylantirmaydi.

Ta`minlovchi silindrga 10, 11 va 12 tishli xrapovik o’rnatilganligi sababli har bir tishga aylanganda 6,5; 5,9; va 5,4 mm uzunlikda xolstcha beriladi.

Ta`minlovchi silindr hammasi bo’lib bitta siklning 21% vaqti ichida ishlaydi, xolos. Bu indikatorning 31,5 dan 40-bo’linmasiga to’g’ri keladi, xolst valiklari esa butun sikl ichida aylanib turadi. Ortiqcha xolstcha uzunligi lotok orqali kelayotganda rostlanib turadi.



Download 1.38 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.