Taralgan tolalar tutamini ajratuvchi mexanizm




Download 1.38 Mb.
bet36/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Taralgan tolalar tutamini ajratuvchi mexanizm.

Ajratuvchi mexanizm ikkinchi va uchinchi davrda ishlab, tiskilar yaqinlashtirib olib kelgan taralgan tolalar tutamini xolstchadan ajratadi. Bu mexanizm mashikaning uzunasiga joylashgan ikkita silindr va har bir chiqaruvchi qism uchun aloxida silindr ustiga qo’yilgan ustki valiklardan iborat (rasm-11). "Tekstima" firmasi mashinasida ustki orqa valik doimo silindrning ustida soat stryelkasi yo’nalishida va unga teskari yumalab ishlaydi.

Ajratuvchi silindrlar planetar uzatmalar orqali krvoshipli mexanizmdan reversiv harakat oladi. Silindrlar 1 (rasm ) asosiy va o’zgarmas harakatni o’rta valdan, qo’shimcha o’zgaruvchan harakatni esa differensial mexanizmi vali 3 bilan boglangan vodilo-richag 2 dan oladi. Taroqli baraban qancha tez aylansa, o’rta val ham shuncha tez aylanadi. Valga 2 k 20 tishli shesternya maxkamlangan bo’lib (rasm ), uzatuvchi shesternya 57; 21; 70; 72; 72 (tishlari ich tomondan); 24; 24; 29; 57; 24 lar orqali harakatni ajratuvchi silindrlarga beradi.

Ajratuvchi silindrlarning bunday aylanishida taralgan tolalar mashinadan chiqariladi.

Vodilo 2 (rasm- ) tebranma harakatni richag 6 zveno 7 va 8 lar orqali taroqli baraban vali 5 ga maxkamlangan ekscentrik 4 dan oladi. Vodiloning differensial mexanizm o’qi atrofida aylanish burchagi har bir tomonga 74° ga teng. Ajratuvchi silindrlar qo’shimcha va o’zgaruvchi harakatni 2 k 24 tishli shesternyaning vodilo 2 ning differensial mexanizmi vali 3 da tebranishidan 3 k 72 tishli shesternya bo’ylab aylanishi hisobiga oladi. Qo’shimcha harakat yo’nalishi asosiy harakat yo’nalishiga qo’shilishi bilanoq ajratuvchi silindrlar yuqori tezlik biln taramni chiqaruvchi qismdan chiqaradi.


Qo’shimcha harakat yo’nalishi asosiy harakat yo’nalishiga teskari bo’lsa, silindrlar teskari tomonga (mashinaga qarab) aylanadi, ilgari taralgan va ajralgan tolalar tutamini mashina tomonga beradi, ilgari taralgan tolalar endigina taralgan tolalarga ulanadi.

Taroqli barabanning bir marta aylanishida (shu paytda vodilo to’xtab turgan bo’lishi kerak) ajratuvchi silindrlar chiqargan taram piltaning uzunligi:

20*21*72*29 20*21*72*29

`e = da* ————————— = 3,14*25* ————————— =
57*72*24*24 57*72*24*24
78*5*0,372 k 29,2 mm,
bu yerda da- ajratuvchi silindrlarning diametri, 25 mm ga teng;

Agar val to’xtatilgan deb faraz qilsak, ajratuvchi silindrlar harakatni faqat vodilodan oladi. Vodilo esa to’la aylanmaydi, har bir tomonga faqat 74° buriladi, xolos.

Differensial mexanizmining uzatish soni (gk4 shesternyadan 2k72 shesternyagacha);

1 k k -3. 24

Bu qiymatning manfiy olinganligiga sabab shuki, 2 k 24 tishli shesternyani etakchi hisoblab, u aylanganda etaklanuvchi shesternya 2 k 72 unga teskari aylanadi.

O’rta val aylanmay to’xtab turganda ajratuvchi silindrlarga vodilo mexanizmining 74° burilishidan qo’shimcha berilayotgan taramning uzunligi:

74°(1-1)*29 74°(13)*29

Lyk da*———————— = 3,14*25* ——————— = 78mm.


360° * 24 360° * 24
Vodilo mexanizmining harakatga keltiradigan yuritma o’lchamlari shunday tanlanganki, uning soat stryelkasiga teskari burilishi ekssentrikning 0,328o marta burilishiga, ya`ni 115,2° ga burilishiga to’g’ri keladi, bu ish sikli vaqtining 32,3% ini tashkil qiladi. Vodilo mexanizmining boshqa tomonga burilishi esa ekssentrikning 0,677 marta aylanishiga, ya`ni 244,8° burilishiga to’g’ri keladi, bu -siklning 67,7% vaqtini tashkil qiladi. Shunday qilib, mashinadan chiqayotgan taram piltaning yigindi uzunligi 96,85 mm ga teng. Eski porsiya tola tutami bilan ulashda ularning o’lchami ajratuvchi mexanizmdagi almashtiriladigan shesternyalar yordamida rostlab turiladi. Orqa va oldindagi ustki valiklar silindrga richaglar va prujinalar yordamida (orqa valikning har bir uchiga 12-14,5 kgk, oldinga valikning har uchiga esa 4-6 kgk bilan) bosib turadi. Silindrlarning diametri 28 shl, valiklarniki 23 mm.

Pilta shakllantiruvchi organlar:

Oldingi ajratuvchi juftlar yordamida tarash voronkadan o’tib, pilta bo’lib shakllanib, yassilovchi metall riflyali valiklarga yuboridadi. Voronka chiqaruvchi o’rtasi bilan aralashib ketgan bo’lib, lotok esa tuzilishi va yo’g’onligi bo’yicha piltani to’g’rilash uchun asimmetrik formaga egadir.

Pastki yassipovchi vallar valga maxkamlangan bo’lib, cho’zish asbobi uzatmalaridan harakat oladi. Yuqorigi yassilovchi vallar pilta orkali og`irlik kuchi yordamida pastki valga qisilgan bo’lib, ishqalansh hisobiga aylanadi. Yuqorigi va pastki va diametrlari bir xil bo’lib, 70 mm ga teng.

Mashina 2x2 cho’zish asbobiga ega bo’lib, 2 ta silindr va ularga qisilgan elastik qoplamali valiklardan iborat. Silindrlar va valiklar podshipniklarda aylanadi. Har bir valikka tushuvchi yuk 240N. Oldingi va keyingi silindrlar o’qlari orasidagi oraliq 33 dan 60 mm gacha, valiklar o’qlari orasidagi oraliq 33 dan 68 mm gacha o’zgaradi. Oraliqlar qayta ishlanayotgan paxta tolalari shtapel` uzunligida 2-4 sh cho’zish asbobidan chang va momiqlarni tozalash uchun pnevmotozalzgich qo’llaniladi. Cho’zish asbobidagi cho’zish 6 dan 13,6. Cho’zish asbobidan cho’zilgan 8 ta piltaning har biri michka ko’rinishida chiqib, voronkadan o’tib, yassilovchi vallar yordamida zichlanadi. Yassilovchi vallardan esa 2 ta qayta taralgan pilta chiqib, aloxida diametri 400 va 500 mm va balandligi 200 yoki 1000 mm li toslarga taxlanadi.



Download 1.38 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taralgan tolalar tutamini ajratuvchi mexanizm

Download 1.38 Mb.