Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet39/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Tarandi miqdorini rostlash.

Tarandi miqdorini, asosan, tiskilar bilan ajratuvchi mexanizm o’rtasidagi razvodkani o’zgartirib rostlab tursa bo’ladi. Ma`lumki, bu razvodka qanchalik katta bo’lsa, taralayotgan tolalar tutami uzunroq bo’ladi, tarash darajasi yoki tarash karraligi oshadi, mahsulot piltaning sifati yaxshilanadi, ammo tarandi ko’p chiqadi.

Tarandi miqdorini ustki taroq ignalarining qiyalik burchagini tiskilar bilan taroqli baraban ignalari o’rtasidagi razvodkani o’zgartirib, ustki taroqni tolalar tutamiga chuqurroq sanchiladigan qilib o’zgartirsa ham bo’ladi.

Mashinada ro’y beradigan kamchiliklar.

Qayta tarash mashinasi yaxshi sozlanmasa va mexanizmlarning holati yaxshi bo’lmasa, pilta sifatsiz chiqadi, taramda ko’p nuqsonlar bo’ladi.

Xira va dogli taram – taroqli baraban yoki ustki taroqlarning ignalari egilgan, zanglagan yoki ignalarning orasiga momiq to’lib qolgan bo’lsa, shunday nuqson hosil bo’ladi. Bu holda xolstchadan kerakli miqdorda kalta tolalar ajralmagan bo’ladi, Agar xolstchaning bir joyi yo’g’on, bir joyi ingichka bo’lsa, tiskilar yaxshi ochilmasa ham shunday nuqson paydo bo’ladi,

Taramda ingichka tolalar uchraydi - ajratuvchi mexanizm aylanish yo’nalishini tez o’zgartirib, ajralgan porsiya tolalar tutamini darxol olib ketmasa va ustki orqa valik ishlamasa, shunday nuqson kelib chiqadi.

Taramda yo’l-yo’l va tugunchalar hosil bo’ladi - ustki taroq ignalarining uchlari sinib, uvalanib ketgan bo’lsa, yo’l-yo’llik kelib chiqadi. Taroqli segment ignalarining xolati yomon bo’lsa, ularning oralariga tolalar tiqilib qolsa, tugunchalar paydo bo’ladi.

Taramining ifloslanishi va unda, tugunchalarning ko’pligi - kelayotgan xolstcha iflos, tarash mashinasidan olingan pilta sifatsiz, taroqli baraban taroqlari yaxshi terilmagan, ignalari singan, baraban taroqlari ignalari bilan tiskilar o’rtasidagi razvodka noto’g’ri, ustki taroq noto’g’ri o’rnatilgan bo’lsa, mana shunday nuqsonlar hosil bo’ladi.

Ajralgan porsiya tolalarining noto’g’ri o’rnatilishi - bu nuqson ajratuvchi mexanizmning noto’g’ri ishlashidan kelib chiqadi.

Yupqa taram - kelayotgan xolstcha asli 16-28 ta piltadan olinadi, Bordi-yu mana shu piltalardan birontasi o’zilgan bo’lsa, u vaqtda qo’shilish soni bitta yoki ikkita piltaga kamayadi, natijada xolstcha yupqa bo’lib qoladi. Agar mana shu xol ro’y bersa, yuqoridagi nuqson kelib chiqadi. Bundan tashqari, agar ko’p tolalar tarandiga ajralib ketsa ham shu nuqson ro’y berishi mumkin.

Taramning chetlari yirtilgan - buning sababi silindr yoki valiklarga yupqa tolalar qatlami (michka) yopishib, o’ralib qolishi, ta`minlovchi va ajratuvchi silindrlardan chiqayotgan porciya tarashning eni katta bo’lib ketishi.

Pilta voronkaga tikilib qoladi - pilta ancha yo’g’on bo’lsa, taramdi kam chiqsa, ustki taroq yomon 1-ishqasa, ushbu nuqson xosil bo’ladi.

Piltaning uzunligi bo’yicha notekislik paydo bo’ladi - buning sababi: silindr va valiklar qiyshiq, yomon aylanadi, razvodka noto’g’ri o’rnatilgan, nagruzka ham shunday, ulanish noto’g’ri va x.k. Piltaning uzilib qolishi - hamma piltalar pilta stolchasi yonma-yon surilib ketayotgan paytda stolcha moyli bo’lsa yoki piltalar ko’p tortilgan bo’lsa, uzilishlar hosil bo’ladi.

Pilta taxlash mexanizmida, pilta osilib qoladi - yassilovchi valiklar bilan pilta taxlovchi mexanizm valiklarining tezligi noto’g’ri, voronka diametri piltaning yo’g’onligiga mos tanlanmagan, voronka moyli yoki iflos bo’lishidan ham kelib chiqadi va x.z. Bunday nuqsonlar paydo bo’lmasligi uchun qayta tarash mashinasining holati doimo yaxshi, to’g’ri sozlangan bo’lishi kerak. Qayta tarash sexida texnikaviy nazorat.

Piltaning yo’g’onligi (nomeri) va notekisligini tekshirish.

Piltaning yo’g’onligi har smenada, notekisligi bir oyda_ikki marta tekshiriladi. Buning uchun uzunligi 5 metrdan qilib 12 qirqim pilta olinadi, uning massasi aniqlanadi, piltaning notekisligini aniqlash uchun ikkita tazdan uzunligi 1 metrli 200 ta qirqim pilta olinib, uning massasi aniqlanadi.

Yuqori sifatli ip olish uchun qayta tarash mashinasidan olinadigan piltaga notekislik normasi belgilangan. Bir metr piltaning massasi bo’yicha notekislik 2-3,5%.

Taramning sifatini tekshrish. Taramning sifatini tekshirish uchun 20X30 sm o’lchamli oyna olib, uning ustiga mashinaning aloxida chiqaruvchi qismidan chiqayotgan yupqa tolalar qatlami - taram yoyiladi uning yuzasiga to’g’ri keladigan nuqsonlar miqdori sanab ko’riladi, so’ngra bu nuqsonlar miqdorini 1 g taramga keltirib hisoblanadi. Chiqqan natija normaga solishtirilib ko’riladi.

Masalan, agar I va II tip ingichka tolali pachtadan olingan 1 g, taramda nuqsonlar soni 100-120 ta bo’lsa, taramning baxosi ."a`-lo", 121-150 ta bo’lsa, "yaxshi", 151-200 ta bo’lsa, "o’rta" bo’ladi.

Mashinaning ishini baxolash va tolalarning effektiv tarangligini tarab tashlangan nuqsonlarning prosentlardagi miqdori bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

px - pp


V  ————— * 100%,

px

bu yerda px va pp - 1 g xolstcha va pilta (taram) dagi nuqsonlar soni (buni aniqlash uchun 1 g li 2 namuna qo’lda tekshiriladi)



Agar quyidagi miqdordagi nuqsonlar tarab tashlangan bo’lsa, qayta tarash mashinasi yaxshi ishlagan bo’ladi; ingichka tolali paxta uchun: tarandi miqdori 20-22% bo’lganda tarab tashlangan nuqsonlar 36-40% va tarandi miqdori 16-18% bo’lganda tarab tashlangan nuqsonlar 34-36%, o’rta tolali paxta uchun: tarandi miqdori 14% bo’lganda, tarab tashlangan nuqsonlar - 32-34%.

Tarandining sifatini teshiirish. Tarandining sifatini tekshirish uchun mashinaning hamma chiqaruvchi organlaridan olingan namunaning o’rtacha ko’rsatkichlari miqdori aniqlab ko’riladi. Tarandidagi 20 mm li va bundan kalta tolalarning miqdori, taxminan, 40-55% ni tashkil qilishi, tolalarning o’rtacha uzunligi esa 22 mm dan ortiq bo’lmasligi kerak. Agar tarandida 22 mm dan uzun tolalar bo’lsa, qayta tarash mashinasi yomon sozlangan bo’ladi.

Tarandilar miqdorini tekshirish. Har bir chiqaruvchi organ uchun tarandilar miqdori bir oyda ikki marta, shuningdek, remontdan keyin tekshirib ko’riladi. Buning uchun mashina to’xtatiladi, tozalanadi. Mashinani 100 sikl ichida yurgizib va to’xtatib, chiqqan tarandi va pilta tortib ko’riladi; topilgan miqdorlar quyidagi formulaga qo’yiladi:

Vt

u —— A -100%



Vp * Vt

bu yerda Vt va Vp - tarandi va pilta (taram) ning og`irligi. Tarandi miqdorining ogishi yoki bir mashinadan ikkinchi mashinaning farqi 1% dan oshmasligi va har bir chiqaruvchi organ uchun K2% dan ko’p bo’lmasligi lozim.

Qayta tarash prosessining intensivligi.

Qayta tarash mashinasida tarash intensivligi juda katta ahamiyatga ega. U bir qancha faktorlarga bog`liq. Ulardan asosiylari: tarash organlari ignalarining ingichkaligi, ularning zich o’rnatilganligi, kelayotgan mahsulotning yo’g’onligi, strukturasi, mashinaning ish rejimi, tarashning karraligi, tarash darajasi va x.z.

Mana shu parametrlar optimal bo’lsa, u vaktda tarash processi yaxshi o’tadi, mahsulot sifatli bo’ladi va pilta ko’p, tarandi kam chiqadi.

Qayta tarash prosessining samaradorligi.

Qayta tarash processining samaradorligi taram sifatiga, tolalarning rassortirovka xodisasiga, tolalarning tozalanishiga va ularning to’g’rilanib, bir-biriga parallellashishiga katta ta`sir qiladi. Yuqorida aytgan edikki, rassortirovka xodisasi uncha aniq bo’lmaydi, taramda kalta tolalar va tarandida uzun tolalar ham bo’ladi. Nazariy ishlar shuni ko’rsatadiki, noaniq gruppaga ajralgan tolalar ham bular ekan. Shunga qaramay, qayta tarash prosessida tolalarning modal` va shtapel` uzunligi 1,5-2 mm ortadi, tolalarning uzunlik bo’yicha bir tekisligi yaxshilanadi, kalta tolalar miqdori kamayadi.



Download 1.38 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.