Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




Download 1.38 Mb.
bet35/40
Sana10.04.2017
Hajmi1.38 Mb.
#3920
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Ustki taroqning ornatilishi va tolalar tutamiga sanchilishi.

Ustki taroq ignalari tolalar tutamiga normal sanchilsa, tolalarning orqa uchlari ancha yaxshi taraladi. U quyidagi shartlarni hisobga olib o’rnatilishi kerak; tolalar tutami ustki taroq ignalariga chuqurroq sanchilishi bilan birga, igna kavsharlangan plastinkaga tegmasligi lozim. Taroq mumkin qadar ajratuvchi mexanizmga yakin o’rnatilishi zarur, ya`ni % uning miqdori har qanday konstruksidagi mashina uchun minimal bo’lishi kerak, chunki mana shu xolda taralayotgan tutam uzunroq bo’ladi,

Tolalar tutamining qiyalik burchagi ham mashinaning konstruksiyasi va modeliga qarab olinadi. Ustki taroqning qiyalik burchagi a taroq tolalarga yengilgina sanchiladigan qilib tanlanadi.

Ma`lumki, taroq tolalarga qanchalik chuqur sanchilsa, ignalar o’rtasidagi tolalar shunchalik ko’p zichlanadi. (rasm 10)

Tajribalar shuni ko’rsatdiki, agar taroq ignalari 1 mm chuqurroq sanchilsa, ignalar o’rtasidagi masofa 22u. ga kamayadi va tolalarning nisbiy deformasiyasi ham shunga yarasha oshadi, demak, aktiv va passiv tolalar ishda tarandidagi tolalarning taroq ignalari o’rtasidati ishqalanish kuchi oshadi, bu esa tolalarning yaxshi taralishiga, to’g’rilanishi va tozalanishiga imkon beradi.

Taroq ignalari tolalarga chuqurroq sanchilganda, kalta tolalarni tarab tashlash intensivlashgan, ya`ni tarandi miqdori 10,4% dan 27,9% gacha ko’paygan, taramdagi 20 mm dan kaltaroq tolalarning miqdori esa 18,9% dan 15,2% gacha, nuqsonlar miqdori 0,30 dan 0,19% gacha kamaygan.

Ustki taroqning tarash tezligi. Ustki taroqning tarash tezligi ajratuvchi silindr tezligi -a bilan ustki taroq -u tezligi uning ayirmasiga teng:

Tolalarni ajratish processida ko’pchilik mashinaparda tarash tezligi o’zgaradi. Tarash tezligi ustki taroqning zagruzkasi o’zgarishiga qarab o’zgarishi, zagruzka kamayishi bilan ajratish prosessining oxiriga borib oshishi kerak. Agar tolalarning taralish tezligi ancha katta miqdorda o’zgarsa, tarandiga ajraladigan katta tolalar uzun tolalarga qo’shilib ajraladi va natijada mahsulotning sifati past bo’ladi.

Ustki taroqning tarash tezligi ajralayotgan tolalar porsiyasini cho’zish bilan bog`liq. Ajralayotgan tolalarni cho’zish quyidagiga teng:

Ea ka Ustki taroqning tarash tezligi:

Vkva-kva(1-)
ya`ni ajratuvchi silindrning tezligi va va ajratishdagi cho’zish Ea qanchalik katta bo’lsa, tarash tezligi shunchalik katta bo’ladi.

Hozirgacha ustki taroq tarash tezligining optimal qiymatini topish ustida xali a>«1 tajribalar olib borilgan.

Bir minutda 200 sikl bilan ishlaydigan yangi qayta tarash mashinalarida ustki taroq bir siklda 0.09 sek davomida taraydi. Qolgan vaqt ichida, ya`ni birinchi, ikkinchi va to’rtinchi davrlar ichida ishlamaydi.



Download 1.38 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 1.38 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

Download 1.38 Mb.