• Menejmentning iqtisodiy mexanizmida tashkillashtirish funksiyasi
  • Menejmentning iqtisodiy mexanizmida nazorat funksiyasi.
  • Marketing boshqarish funksiyasi sifatida.
  • Boshqarishning ijtimoiy-psixologik omillari.
  • Менежментнинг методологик асослари




    Download 252 Kb.
    bet3/24
    Sana24.03.2017
    Hajmi252 Kb.
    #1981
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

    Xozirgi sharoitda transnasional korporasiyalarda istiqbolga rejalashtirishni rivojlanishiga katta ahamiyat beriladi. Bunday rejalashtirish odatda 10 yildan 20 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Istiqbolga rejalashtirishda firma faoliyati umumiy prinsiplarini ishlab chiqish, strategik yo’nalishlarni va rivojlanish dasturini ishlab chiqish, katta ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlarning bajarilish tartibini aniqlash kabi masalalar hal qilinadi. Istiqbolga rejalashtirish tizimida maqsad va uslubiyatga qarab uzoq muddatli rejalashtirishga va strategik rejalashtirishga farq qilinadi.


    Uzoq muddatli rejalashtirish Yaponiyaning 70-80 % yirik firmalarida ishlatiladi. Ularda rejalashtirish quyidagicha bo’ladi:

    1. 5-10 asosiy strategik masalalar tanlanadi va ular atrofida uzoq

    muddatli rivojlanish siyosati tuziladi;

    2. strategiyalarni birlashtirish uchun va ularga resurslar taqsimotini bog’lash uchun bir vaktning o’zida o’rta muddatli rejalar kabul kilinadi;

    3. yuqori rahbariyat har bir bo’linmalar uchun maqsadlarni aniqlab

    beradi, ular esa shu maksadlarga erishishning miqdoriy rejalarini «pastdan yuqoriga» usuli asosida ishlab chikadi.

    Demak, strategik rejalashtirishning maqsadi firma oldidagi muammolarni kompleks ravishda ilmiy asoslab berish va shu asosda firma rivojlanishining ko’rsatkichlarini rejalashtirayotgan davrga ishlab chiqish.

    Buning asosiga quyidagilar kiradi:



    - firma rivojlanish istiqbolini tahlil qilish, yani o’sish sur’ati;

    - firma maqsadlari raqobatga bardosh berilishini tahlil qilish

    va raqobatda firmaning holatini tahlil qilish;

    - firmaning rivojlanishiga qarab, faoliyatining samaradorligiga

    qarab va resurslar bilan ta’minlanganligiga qarab, strategiyani ishlab chiqish;

    • kutilayotgan natijalarni aniqlash va faoliyatning yangi

    samaraliroq yo’nalishlarini qidirish.

    O’rta muddatli va joriy rejalashtirish.


    O’rta muddatli rejalashtirish odatda besh yillik davrni o’z ichiga oladi. Besh yilik davr ko’pincha ishlab chiqaruvchi apparatni va mahsulot assortimentining yangilanish davriga mos keladi. Mo’ljallangan davrga quyidagi asosiy masalalar kiradi: butunlay firmaning va har bir bo’linmasining ishlab chiqarish strategiyasi (ishlab chiqarish quvvatini qayta qurish va kengaytirish, yangi mahsulotni o’zlashtirish va assortimentni kengaytirish); sotish strategiyasi (sotuv tarmoqlarining tarkibi va uni rivojlantirish, bozor ustida nazorat darajasi va yangi bozorlarga joriy qilinish, sotuvni kengaytirishga mo’ljallangan tadbirlar o’tkazish); moliyaviy strategiyasi (kapital quyilmalarning hajmi va yo’nalishlari, moliyalashtirish manbalari, qimmatli qog’ozlar portfelining tarkibi); kadrlar siyosati (kadrlar tarkibi, tuzilishi, ularni tayyorlash va ishlatish); kerak bo’lgan resurslarning hajmi va tarkibini aniqlash hamda moddiy texnika ta’minotining shakli.

    O’rta muddatli rejalar uzoq muddatli rivojlanish rejalari asosida mo’ljallangan maqsadlarga erishishning bosqichma-bosqich tadbirini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Joriy rejalashtirish operativ rejalarni butun kompaniya va uning bo’linmalari uchun batafsil ishlab chiqadi. Joriy rejalashtirishning asosiy bo’g’inlari bu kalendar rejalar, yani oylik, kvartallik, yarim yillik.




    Firma ichidagi rejalashtirishning tashkiliy shakllari.

    Har hil TNKlarda rejalashtirish jarayonlarini tashkillashtirish o’zining hususiyatiga ega. Bu hususiyatlar umuman boshqarishning tashkiliy tuzilmasining va ishlab chiqarish-texnik jarayonning harakterini turliligiga bog’liq. Amaliyot shuni ko’rsatdiki, Amerika kompaniyalarda odatda rejalar ishlab chiqarish bo’linmalarida tuziladi. Ba’zi malumotlarga ko’ra, Amerika firmalarining 2/3 qismi pastdan yuqoriga qarab rejalashtiradi. 3/1 kismi esa boshqarishning hamma sathlarining o’zaro bog’lanishi asosida rejalashtiriladi. Shundan qo’rinib turibdiki, yuqoridan pastga qarab rejalashtirish yo’k.

    Angliya kompaniyalarida ham rejalashtirish pastdan yuqoriga qarab amalga oshadi. Bu yerda rejalashtirish asosida «ijrochi rejalashtiradi» degan prinsip qo’yilgan.

    Yaponiya kompaniyalarida rejalashtirish yuqoridan pastga qarab bajariladi, yani rejalashtirish boshqarishning yuqori va pastki bo’linmalari o’rtasidagi bog’lanish asosida bajariladi.



    Menejmentning iqtisodiy mexanizmida

    tashkillashtirish funksiyasi
    REJA:

    1. Tashkillashtirish funksiyasining mohiyati.

    2. Xozirgi zamon sharoitida firmani boshqarishning tashkiliy tuzilmalari.

    3. Firma ichidagi boshqarishda tashkiliy tuzilmalarning klassifikasiyasi.


    Tayanch tushunchalar: boshqarishning tashkiliy tuzilmasi, firma ichidagi rejalashtirish, tashkillashtirish funksiyasi.
    Menejmentning muhim funksiyalaridan biri, bu tashkillashtirishdir. Uning vazifasi firmaning hamma bo’linmalari orasida doimiy va vaqtincha o’zaro munosabatlarni o’rnatish va firma ishlashining tartib va shartlarini aniqlashdan iborat.

    Tashkillashtirish funksiyasi 2ta yul bilan amalga oshiriladi, ya’ni ma’muriy tashkiliy boshqaruv orqali va operativ boshqaruv orqali.



    Ma’muriy tashkiliy boshqaruvda firmaning tuzilishini, yani strukturasini aniqlash, hamma bo’linmalar orasidagi funksiyalarni taqsimlash va o’zaro aloqa o’rnatish, boshqaruv apparati hodimlari orasida javobgarlikni o’rnatish va har hil huquqlar berish masalalarini mo’ljallaydi.

    Operativ boshqaruv firmani tasdiqlangan reja asosida faoliyat qilishini ta’minlaydi. Aniqroq qilib aytganda, uzluksiz ravishda haqiqiy olingan natijalarni rejalashtirilgan natijalar bilan taqqoslash zarur bo’lsa, to’g’rilab turishni nazarda tutadi.

    Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish muammosi quyidagilarni nazarda tutadi, ya’ni har bir bo’linmaning funksiyasini aniqlash, har bir rahbar va hodimning huquq va burchlarini aniqlash,, ko’pzinalilikni yuq qilish, faoliyatni va axborot oqimining qaytarilishini yo’q qilish. Bu yerda asosiy masala - boshqarish samaradorligini oshirishdir.

    Jamiyat rivojlanib borgan sari, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga talab oshadi. Kompaniyalarning tuzilmasini qayta qurish zaruriyati quyidagi omillarga bog’liq:

    - raqobatchilik kuchayib borgan sharoitda, ilmiy texnik progressning

    ta’siri ostida tezkorlik ravishda mahsulotning eng yangi turlarini yaratish;

    - intensiv ravishda eng ilg’or texnologiyalarini joriy qilish;

    - kompyuter texnikasidan faol foydalanish asosida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi usullarini doimiy ravishda joriy qilish.

    Xozirgi davrda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini qayta qurish

    yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

    1. Boshqaruv prinsiplarida: boshqaruvda markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tizimlari orasidagi o’zaro nisbatni davriy o’zgarishi, bo’linmalar orasida o’zaro aloqalarning samaradorligini kuchaytirish yoki bo’shashtirish, ilmiy texnik izlanishlarning ilg’or yo’nalishlariga katta xajmdagi resurslarni birlashtirish uchun dasturiy-maqsadli boshqaruvni kuchaytirish.

    2. Boshqaruv apparatida: bo’linmalarni qaytadan guruhlash, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zgartirish, o’zaro harakatlarni o’zgartirish, bir firma ikkinchi firmani o’ziga yutib olishi natijasida, ishlab chiqarish korxonalarini sotilishi natijasida ichki tuzilmani kayta tashkillashtirish.

    3. Boshqaruv funksiyalarida: uzoq davrga mo’ljallangan iqtisodiy va texnik siyosatni ishlab chiqarishga tayangan strategik rejalashtirish va bashorat etishni kuchaytirish, mahsulotni yaratishdan boshlab ko’p miqdorda ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida shu mahsulotning sifatini nazorat qilib borish, firmaning butun faoliyatida EHMdan samarali foydalanish, hodimlarni aksiya sotib olish orqali firmaning aksiyali kapitalida ishtirokini kuchaytirish, yaxshi natijalarga erishgani uchun doimiy rag’batlantirib borish, marketing faoliyatini kuchaytirish va boshqalar.

    4. Xo’jalik faoliyatida: tekshirish jarayonlarini o’zgartirish, o’zgaruvchan avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlatish, sonli dasturli boshqariladigan stanok va robotlarni ishlatish, xalqaro darajada firmalar orasidagi munosabatlarni kuchaytirish, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo’yicha yirik qo’shma ilmiy va ishlab chiqarish dasturlarini bajarish, qo’shma ishlab chiqarish korxonalarni tuzish va hokazolar.

    Yirik sanoat firmalar faoliyatining xarakteri va miqyosi murakablashgan sari ularning boshqaruvida murakkab tashkiliy tuzilmalarni qo’llash tendensiyasi kuchayib bordi. Bundan tashqari, xozirgi vaqtda alohidagi firmalarning rivojlanish talabi oshgan sari, maxsus sharoitlarga javoban boshqaruvning turli aniq shakllari joriy etilmoqda. Firma ichidagi boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud:

    - mahsulot bo’yicha tuzilma;

    - region bo’yicha tuzilma;

    - aralash tuzilma.


    Menejmentning iqtisodiy mexanizmida

    nazorat funksiyasi.
    REJA:


    1. Boshqaruv nazorati, uning mohiyati, shakllari va amalga oshirish vositalari.

    2. Boshqaruv nazorati tizimida iqtisodiy tahlil.

    3. Menejment va moliyaviy nazorat.


    Tayanch tushunchalar: moliyapiy nazorat, ma’muriy nazorat, joriy nazorat.
    Boshqarmaga oid nazorat, uning turlari va amalga oshirish vositalari.

    Boshqarmaga oid nazorat bu boshqaruv funksiyalardan biri bo’lib, usiz to’lig’icha boshqaruvning boshqa funksiyalari amalga oshirilmaydi. Nazoratning funksiyalariga quyidagilar kiradi: faoliyat natijalari haqidagi malumotni yig’ish, ishlov berish va tahlil qilish, ularni rejalashtirgan ko’rsatkichlar bilan taqqoslash, mo’ljallangan maqsadlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni ishlab chiqish. Shuning uchun nazorat nafaqat chetlanishlarni aniqlash, balki shu chetlanishlarning sababini tahlil qilishni ham nazarda tutadi.

    Boshqaruv nazoratning muhim funksiyasi bu standart hisobot tizimini ishlab chiqish, shu hisobotni tekshirish va butunlay firma bo’yicha, hamda har bir bo’linma bo’yicha xo’jalik faoliyatining natijalarini tahlil qilish. Firma asosan nazoratning ikki shaklini ishlatadi: moliyaviy nazorat; ma’muriy nazorat.

    Moliyaviy nazorat har bir xo’jalik bo’linmalarning moliyaviy hisobotlarini muhim iqtisodiy ko’rsatkichlarning standart shakllari bo’yicha qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Hisobotlarning turi, hajmi, bajarilish muddati har hil bo’lishi mumkin. Hisobotda haqiqiy va rejalashtirilgan ko’rsatkichlar ko’rsatiladi. Bunda quyidagi asosiy ko’rsatkichlarga e’tibor beriladi:

    - foyda darajasi;

    - ishlab chiqarish harajatlari;

    - kapital quyilmalarning samaradorligi;

    - o’z vositalari bilan ta’minlanganligi;

    - moliyaviy holati va boshqalar.

    Tashkiliy moliyaviy nazorat bo’linmalar orqali boshqarishning har bir satxida amalga oshiriladi. Yuqori pog’onadagi nazorat esa nazorat apparati orqali amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish bo’linmalari va qaramog’idagi firmalar faoliyati ustidan nazoratni buxgalteriya, moliyaviy xizmat va rejalashtirish tizimi orqali bajariladi.

    Ma’muriy nazoratda odatda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: xo’jalik natijalar joriy byudjetdagi rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan mosligi aniqlanadi, haqiqiy va rejalashtirilgan sotish hajmi solishtiriladi, firmaning bozordagi ulushini o’zgarishlari tahlil kilinadi va buyurtma portfelining holati ham tahlil qilinadi. Bu operativ nazorat muntazam ravishda olib boriladi. Shunda, moliyaviy nazorat - markazlashtirilgan, ma’muriy nazorat esa markazlashtirilmagan hisoblanadi.


    Boshqaruv nazorati tizimida firma xo’jalik faoliyatining

    iqtisodiy tahlili asoslari.

    Firma xo’jalik faoliyatining tahlili shu firmaning boshqaruv tizimida juda katta ahamiyatga ega bo’lib, boshqarishning hamma yo’nalishlari bilan chambarchas bog’liq. Xo’jalik faoliyati tahlilining maqsadi:

    - hisobot davriga firmaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini aniqlash, qo’yilgan maqsadlarga erishganligini aniqlash;

    - shu faoliyatni zarur bo’lgan moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash nuqtai nazardan istiqbolda rivojlanishining mumkin bo’lgan yo’nalishlarini aniqlashdan iborat.

    Shuning uchun xo’jalik faoliyatining tahlili aniq maqsadga muvofiq o’tkazilishi kerak va quyidagi masalalarni tahlil qilib aniqlab berishi kerak, ya’ni mo’ljallanayotgan foydaga (nafga) asosan ishlab chiqarishni ko’prok qaysi tomonga yunaltirish kerak, firmaning shunday yangi imkoniyatlarini va rezervlarini aniqlash kerakki, ular mavjud bo’lgan ishlab chiqarish quvvatidan optimal foydalanib, zarur bo’lgan resurslardan foydalanib, ishlab chiqarishning yangi turlariga erishsin.

    Xo’jalik faoliyatining tahlili asosan marketing va rejalashtirish yo’nalishlari uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni yetkazib berishi kerak.

    Iqtisodiy tahlilning to’liqliligi, ma’lumot bazasining mavjudliliga bog’liq. Ma’lumot bazasida boshqarish qarorlarini chiqarish uchun quyidagi zaruriy analitik materiallar bo’lishi kerak:

    - sotuvlardan foydaning tashkil topishi;

    - ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotlar tan narxining strukturasi;

    - har bir mahsulotning tan narxi;

    - mahsulot narxining standartidan va ishlab chiqarish hamda sotish

    harajatlari standartlaridan chetlanish harakteri va sabablari;

    - bu ma’lumotlar marketing dasturini ishlab chiqish asosiga kiritiladi.
    Firma xujalik faoliyatini tahlil qilish uslubiyati.

    Har bir firmada hisob va hisobot o’tkazish maqsadida, xo’jalik faoliyatini tahlil qilib borish maqsadida va o’zining ko’rsatkichlariga baho berish uslubi ishlab chiqiladi. Odatda bunday uslub qisman yoki to’liq moliyaviy hisobotning eslatmasida (izohida) yoki ilovada ko’rsatiladi.

    Xalqaro amaliyotda hisob va tahlilning quyidagi usullari qo’llanadi:

    - Daromadni hisob qilish usuli. Bu usulga asosan sotuvdan daromad olingan deb, mahsulot sotilgan kundan boshlab qabul qilinadi, xizmatdan daromad olingan deb, xizmatlar ko’rsatilib bo’lgandan keyin qabul qilinadi. Bundan tashqari, daromad olingan deb, mahsulot ishlab chiqarish davrida ham tan olinadi, uzoq muddatli bajarilish shartnomasiga asosan va uchinchi shaxsga firmaning aktividan foydalanish ruhsat etilsa, ya’ni foizlar hisobida, lisenziya sifatida daromad olinadi deb tan olinadi, agar muddat tugagandan keyin shu aktivdan foydalanganligi uchun to’lov hisobga tushsa.

    - Bajarilgan shartnoma bo’yicha hisob usuli. Bunda foyda va zarar to’g’risidagi hisobotda daromad faqat mahsulotlarni yoki xizmatlarni realizasiya qilish bo’yicha shartnoma to’liq bajarilgan bo’lsa yoki uning asosiy qismi bajarilgan bo’lsa ko’rsatiladi.

    - Ishlarni bosqichma bosqich topshirish usuli. Bunda foyda va zarar to’g’risidagi hisobotda daromadlar hisobot davrda shartnomada ko’rsatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmatni ko’rsatish bosqichma-bosqich bajarilgan bo’lsa aks ettiriladi.

    - Mulkka baho berish usuli. Bunda boshlang’ich investisiyalar baholanish bo’yicha balansda bir qatorda yozib boriladi. Investor daromadining (zararining) ulushiga yarasha investisiyalar proporsional ravishda oshib (kamayib) boradi. Agar investor divident olsa, u xolda investisiyalar summasi shu dividentlar summasiga yarasha qisqarib boradi.

    - Tannarx bo’yicha hisob qilish usuli. Bunda boshqa korxonalarga yo’naltirilgan investisiyalar tannarx bo’yicha akslanadi.

    - Qo’shma korxonada harajatlarga baho berish usuli shu vaqtda ishlatiladiki, qachonkim uning faoliyatiga investor salmoqli ta’sir ko’rsatmasa. Boshlang’ich investisiyalarga harajatlar «Investisiyalar» moddasining balansida aks ettiriladi. Qo’shma korxonadan olingan foyda divident sifatida taqsimlanmaganicha investorning hisoblarida aks ettirilmaydi. Balansda investisiyalar boshlang’ich baholarda ko’rsatiladi. Divident e’lon qilinsa, investor o’zining ulushini joriy daromad sifatida ko’rib chiqadi.

    Tahlilning iqtisodiy aniq maqsadiga binoan har hil iqtisodiy ko’rsatkichlar ishlatiladi. Bu ko’rsatkichlar firma faoliyatiga sonli va sifatli baho beradi. Ana shu iqtisodiy ko’rsatkichlarni quyidagicha klassifikasiya qilish mumkin:

    - firmaning iqtisodiy potensialini harakterlaydigan ko’rsatkichlar;

    - firmaning xo’jalik faoliyatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar.

    1. Firmaning iqtisodiy potensialini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar. Bu ko’rsatkichlar asosan boshqa firmalar bilan miqyosini solishtirishda hamda milliy va xalqaro darajada egallagan o’rnini aniqlashda ishlatiladi. Bu ko’rsatkichlar umumlashgan holda ma’lumot uchun har hil ma’lumotnomalarda va jurnallarda chop etiladi. Bu ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: aktivlar; sotuvlar; yalpi va sof foyda; band bo’lganlar soni.

    Shu bilan birga firmaning faoliyat doirasi va ishlab chiqarish tarmog’i ko’rsatiladi. Iqtisodiy imkoniyatni chuqurroq o’rganish uchun quyidagi ko’rsatkichlar ham ishlatiladi:



    - asosiy kapital, bunda boshqa firmalarga arendaga topshiriladigan

    firmaning ishlab chiqarish quvvatlari (binolar, inshootlar, asbob uskunalar) ham kiradi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish quvvatini tiklash va ta’minlash uchun mablag’lar ham kiradi;



    - ishlab chiqarilgan mahsulotning soni va bahosi, umumiy firma

    bo’yicha va mahsulotning alohida turlari bo’yicha. Bu ko’rsatkich firmaning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning mamlakat va dunyo bo’yicha ulushini va o’rnini aniqlash mumkin. Va, bundan tashkari, firmaning ishlab chiqarish strukturasini ham aniqlashi mumkin;

    - firmaning o’z mamlakatida va chet eldagi ishlab chiqarish va sotish

    korxonalarining soni va joylanishi, ularning kattaligi hamda ishlab chiqaradigan va sotadigan mahsulotlarning harakteri;

    - firma infrastrukturasining xarakteristikasi - transport

    vositasining mavjudligi, skladlarning mavjudligi, o’zining xom–ashyo bazasi va energiya manbai bilan ta’minlanganligi;

    - o’zining mamlakati va xorijda joylashgan korxonalarga

    yo’naltirilgan firma kapital quyilmalarning kattaligi va joylashtirilganligi;

    - firmaning ilmiy potensiali, ya’ni umuman firmaga va alohidagi

    ilg’or bo’linmalarning ilmiy tekshirish ishlariga ajratilgan xarajatlar kattaligi, markazlarning, laboratoriyalarning soni va joylashishi, ularda

    ishlayotgan hodimlarning soni, izlanishlarning yo’nalishlari, patentlarning umumiy soni va ulardan foydalanish kabi ko’rsatkichlar kiradi.

    2. Firmaning xo’jalik faoliyatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar.

    Firmaning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish uchun ko’plab ko’rsatkichlarni turli holda ishlatish mumkin. Firmalarda odatda hisobot tuzilganda ishlatiladigan ko’rsatkichlar quyidagilar:

    a) Umumiy harajatlar ko’rsatkichlari: yil boshida yangi bozorlarga kirib borish yoki joriy qilinishi; yil boshida marketing faoliyati uchun harajatlar; izlanishlar va rivojlanish uchun harajatlar; qo’shimcha harajatlar (chiqim); ma’muriy harajatlar; arendaga to’lash; mahsulotni takomillashtirish uchun harajatlar; mahsulotlarni yetkazish uchun harajatlar;

    b) Mablag’larni kelib tushishi va harajatlar ko’rsatkichlari - mablag’larning kelib tushish manbalari: sof foyda, amortizasion ajratmalar, aktivlarni realizasiya qilishdan tushgan mablag’lar, subsidiya va dotasiya, o’zoq muddatli qarzlarni ko’paytirish, aksiyalar emissiyasi, qisqa muddatli qarzlarni ko’paytirish.

    v) Vositalarni ishlatish ko’rsatkichlari: dividentlar to’lash; tashkiliy harajatlar; aksiyalarning emmisiyasi bo’yicha harajatlar; kapital quyilmalar; oborotda bo’lmaydigan aktivlarga mo’ljallangan mablag’lar; o’zoq muddatli qarzlarni uzish; tez realizasiya qilinadigan qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish; bankda hisobni oshirib borish va boshqalar.

    Shunday qilib, chuqurlashtirilgan va puxta iqtisodiy tahlil boshqaruviga oid qarorlarni qabul qilishning dastlabki sharti.

    Ma’lumot moddiy jarayonlarning aniq ifodasidir, shuning uchun ma’lumotsiz va uning tahlilisiz firmaning ishlab chiqarish va sotuv faoliyatining samarali ishlashi mumkin emas.

    Moliyaviy menejment.
    REJA:


    1. Moliyaviy menejmentning maqsadi, mazmuni va funksiyasi.

    2. Moliyaviy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish.
    Tayanch tushunchalar: moliya, moliyaviy nazorat, investisiya, kapital, aksiya, aylanma mablag’.
    Moliyaviy menejmentning maqsadi, mazmuni va funksiyasi.

    Moliyaviy menejment bu professional faoliyatning turi bo’lib, xozirgi zamon usullar asosida firmaning moliyaviy xo’jalik faoliyatini boshqarishga mo’ljallangan.

    Moliyaviy menejment quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    - har hil moliyaviy usullar yordamida firmaning moliyaviy siyosatini

    ishlab chiqish va amalga oshirish;

    - moliyaviy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish, ularni

    aniqlashtirish va amalga oshirish usullarini ishlab chiqish;

    - firmaning moliyaviy hisobotini tuzish va tahlil qilish asosida

    axborot ta’minotini yaratish;


    • investision loyihalarga baho berish va investisiyalar portfelini

    shakllantirish;

    - kapitalga bo’lgan harajatlarga baho berish;

    - moliyaviy rejalashtirish va nazorat;

    • firmaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining boshqaruv apparatini

    tashkillashtirish.

    Moliyaviy menejmentning usullari quyidagilarga baho berishi mumkin:



    • pulni biron ishga sarf qilinish usulining tavakkaligi va

    foydaliligiga;

    • firma ishining samaradorligiga;

    • kapitalning aylanib turish tezligi va uning unumdorligiga.

    Shunday qilib, moliyaviy menejmentning maqsadi firma umumiy faoliyatining maqsadiga erishish uchun va alohidagi ishlab chiqarish-xo’jalik qismining, ya’ni foyda markazlarining maqsadiga erishish uchun usullarni, tadbirlarni va instrumentlarni ishlab chiqish va qo’llashdan iborat.

    Bunday maqsadga quyidagilar kirishi mumkin:



    • foydaning maksimizasiyasi;

    • rejalashtirilgan davrda foydaning o’zgarmas normasiga erishish;

    • rahbariyatni va vkladchiklarni daromadining o’sishi;

    • firma aksiyalarini kurs bo’yicha narxining o’sishi;

    Shunday qilib, shu maqsadlar vkladchiklarning (aksiyadorlarning) yoki firma egalarining (kapital egalarining) daromadini oshishiga qaratilgan.

    Moliyaviy menejmentning vazifasiga firma rivojlanishining qisqa va uzoq muddatli maqsadlarning optimal o’zaro nisbatini aniqlashdan iborat. Shunday qilib, moliyaviy menejmentning asosiy masalasi firma va uni mablag’ bilan ta’minlash manbai orasidagi moliyaviy resurslarni firma ichidagi va tashqi samarali harakatini ta’minlashda to’g’ri qaror qabul qilishdir. Shuning uchun, moliyaviy resurslar oqimini boshqarish moliyaviy menejmentning markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy resurslarning oqimini quyidagi pul mablag’lar tashkil etadi:



    • firmaning moliyaviy xo’jalik faoliyati natijasida olingan pul

    mablag’lari;

    • moliyaviy bozorlarda sotilgan aksiyalar, obligasiyalar, kreditlar

    olish orqali olingan pul mablag’lari;

    • moliya bozorining subyektlariga kapital uchun to’langan foizlar va

    dividentlar qaytarilgan pul mablag’lar;

    • firmaning ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyati uchun investisiya

    qilingan pul mablag’lar;

    - soliq to’lovlarini to’lash uchun mo’ljallangan pul mablag’lar.

    Moliyaviy menejmentning funksiyasi va iqtisodiy usullarini ikki blokka ajratish mumkin:



    1) tashqi moliyalarni boshqarish bloki;

    2) firma ichidagi hisob hamda moliyaviy nazorat bloki.

    Tashqi moliyalarni boshqarish bloki firmani bozorning yuridik va xo’jalik mustaqil bo’lgan subyektlari bilan munosabatini amalga oshirishini nazarda tutadi. Bu subyektlarga firma mahsulotining yetkazib beruvchilari va haridorlari, mijozlar, aksiyadorlar va moliyaviy bozorlar va hattoki o’zining xususiy (docherniy) kompaniyalari kirishi mumkin.

    Bu munosabatlarga quyidagilar kiradi:



    - firmaning aylanma aktivlarini boshqarish: pul mablag’larning harakatini boshqarish;

    • mijozlar bilan hisob–kitob qilish, moddiy - ishlab chiqarish

    zaxiralarini boshqarish;

    - qisqa muddatli va uzoq muddatli mablag’ bilan ta’minlashning tashqi manbalarini jalb qilish:

    Firma ichidagi hisob va moliyaviy nazorat bloki quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    - ishlab chiqarish hisobini olib borishni nazorat qilish;

    • harajatlar smetasini tuzish, maoshlarni, soliqlarni to’lashni

    nazorat qilish;

    • moliyani ichki boshqarish va tashqi foydalanuvchiga ma’lumotlarni

    berish uchun buxgalteriya hisobining ma’lumotlarini yig’ish va ishlab chiqish;

    - moliyaviy hisobotni tuzish va uning to’g’riligini nazorat qilish;

    • moliyaviy hisobotni tahlil qilish va uning natijalarini ichki va

    tashqi audit uchun ishlatish;

    • firmaning joriy davrda moliyaviy holatiga baho berish va uni

    rejalashtirish maqsadida operativ boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun ishlatish.

    Bundan tashqari moliyaviy menejmentning funksiyasiga quyidagilar kiradi:



    - moliyaviy hisobotni tahlil qilish;

    - pul mablag’larini bashorat etish;

    - aksiyalar chiqarish;

    - zayomlar va kreditlar olish;

    - investisiyalar bilan operasiyalar qilish.

    - firmalarning birlashish va yutilish amallariga baho berish.

    Moliyaviy menejmentning mo’ljallangan maqsadiga erishish uchun javobgarlik yirik firmalarda moliyaviy masalalar bo’yicha vise-prezident, kichikroq firmalarda esa moliya bo’yicha direktor muovini zimmasiga yuklatiladi. Moliyaviy masalalar bo’yicha vise-prezidentga kassir va o’zining bo’linmalari bilan nazoratchi bo’ysunadi. Kassirga birinchi blok, nazoratchiga ikkinchi blok taaluqli bo’ladi.


    Moliyaviy masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish.

    Moliyaviy menejmentning doirasida qabul qilinadigan qarorlar investisiyalar masalalari va ularni mablag’ bilan ta’minlash manbalarini tanlash masalalari kiradi.

    Investision qarorlar quyidagi masalalar bo’yicha qabul qilinadi:


    • aktivlar tarkibini optimallash, ularni almashtirish yoki

    yo’qotishga bo’lgan zaruratni aniqlash;

    • investision siyosatni ishlab chiqish, uni amalga oshirishning

    usullari va vositalarini ishlab chiqish;

    - moliyaviy mablag’larga ehtiyojlarni aniqlash;

    - umuman firma bo’yicha investisiyalarni rejalashtirish; ishlab chiqarish bo’linmalarida ishlab chiqiladigan investision loyihalarni tayyorlash va tasdiqlash;

    - qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarish.

    Mablag’ bilan ta’minlash manbalarini tanlash bo’yicha qarorlar quyidagi masalalar bo’yicha qabul qilinadi:



    • o’zining va zayom mablag’larining optimal ravishda ishlatish

    siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • eng manfaatli shartlar asosida kapitalni jalb qilishning

    siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

    • divident siyosati va boshqalar.



    Marketing boshqarish funksiyasi sifatida.
    REJA:

    1. Marketing faoliyatining mohiyati va maqsadi.

    2. Marketing faoliyati boshqaruv apparatining tarkibi va funksiyasi.


    Tayanch tushunchalar: marketing, bozorni o’rganish, talab va taklif, marketing strategiyasi, marketing dasturi.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    Marketing bu firma ichidagi boshqarishning tizimi hisoblanib, u firmaning raqobatga bardosh beradigan mahsulot turini chiqarish uchun bozorning tabiatini o’rganishga va hisob qilib borishga yo’naltirilgan.

    Bu mahsulot turlarining ishlab chiqarish xajmi oldindan belgilanadi va iqtisodiy texnik harakteristikalarga asoslanadi. Marketingning falsafasi shundan iboratki, unda ilgaridan realizasiya qilinish ta’minlanishi kerak va shu asosda firma mo’ljallangan rentabellikka erishib, katta foyda olishi zarur. Firmaning marketing faoliyati shunga yo’naltirilganki, asoslangan holda bozor talabiga tayanib, aniq joriy va uzoq muddatli maqsadlarni o’rnatish, ularga erishish yo’llarini aniqlash, xo’jalik faoliyati resurslarini aniqlash, mahsulotning sifati va assortimentini ta’minlash, ishlab chiqarishning optimal strukturasiga va foydaning yuqori darajasiga erishish.

    Shunday qilib, ishlab chiqaruvchi oldindan bilishi zarurki, u ishlab chiqargan mahsulotlarga talab bormi, yo’qmi, chunki u bunga yirik moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni hamda ilmiy imkoniyatlarni bekordan bekor sarflashi mumkin. Buning uchun esa ijtimoiy va xususiy ehtiyojlarni, bozorning talabini o’rganish zarur. Shunday qilib, aynan talabni va ehtiyojlarni har tomonlama o’rganishi va ularning hisobini olib borish – bu ishlab chiqarishni to’g’ri yo’naltirishga olib kelib, marketing faoliyatining asosiy belgilarini ifodalaydi.

    Talabni o’rganish bu nafaqat talab va mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni bildiradi, balki bu talabning shakllanishiga va ilmiy-texnik taraqqiyot ta’siri ostida qaysi tomonga qarab o’zgarib borishini oldindan bilishni bildirishi kerak.

    Marketing o’zining prinsiplariga, funksiyalariga, strukturaga, normativ va huquqiy aktlarga ega bo’lgan boshqaruv tizimidir.

    Marketingning asosiy prinsiplaridan biri bu firma ishlashi va rivojlanishi uchun maqsadlarni va strategiyasini erkin va asosli qilib tanlashdan iboratki, bunda ishlab chiqarilgan, takomillashtirilgan ishlab chiqarishdan olib tashlangan mahsulotlar bilan bir butunlay yangi mahsulotni ishlab chiqarishning samarali bog’lanishini ifodalasin. Marketingning yana bir prinsiplaridan biri bu maqsadlar bilan korxonaning resurslari va imkoniyatlarini bog’lashga kompleks yondoshish.

    Shu asosda har bir mahsulot bo’yicha va butunlay firma bo’yicha marketing prinsipi ishlab chikiladi. Ana shu prinsiplarni amalga oshirish uchun quyidagi marketing funksiyalari mavjud:

    - mahsulot sifatiga talabini, texnik iqtisodiy parametrlarga,

    yangiligiga, dizaynga, bozor talabini o’rganish va ilmiy izlanishlar asosida to’liq va aniq hisob olib borish;


    • iqtisodiy hisob-kitoblar yordamida chiqarilayotgan mahsulotning

    optimal assortimentini va ishlab chiqarishning strukturasini aniqlash:, mahsulotning tan narxi, kapital quyilmalar samaradorligi, ishlab chiqarishni zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bilan ta’minlash imkoniyatlari, foyda olish;

    • shunday asosli qarorlar qabul qilish kerakki, ularning samarasi

    firma faoliyatining oxirgi natijasi bo’yicha aniqlansin;

    - sotish kanallarning maksimum foydali tomonlarini aniqlash, tovar harakati tizimi, mahsulot sotilgandan keyin texnik xizmat ko’rsatish, savdoni rag’batlantirish asosida sotuvning siyosatini ishlab chiqish.

    Marketing faoliyatining asosiylaridan biri bu dasturlar ishlab chiqish. Bu dasturlarga quyidagilar kiradi:


    • yangi texnik-iqtisodiy va estetik xarakteristikalarga ega bo’lgan

    butunlay yangi mahsulot turlarini yaratish;

    - aniq xaridorlrning talabi va so’roviga asosan mahsulotntng eski turlarini modifikasiya qilish;

    • o’zining firmasining eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalar asosida

    ishlab chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtirish;

    - sotib olingan patent va lisenziyalarni ishlatish orqali yangi

    maxsulotlar yaratish kiradi.

    Inovasion menejment.
    REJA:

    1. Innovasion menejmentning maqsadi va asosiy yo’nalishlari.

    2. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish va joriy qilish.

    3. Innovasion menejmentning tashkiliy turlari.

    4. Yaponiya va AQSh firmalarida innovasion menejment.
    Tayanch tushunchalari: innovasion mejment, «yangi mahsulot» tushunchasi, yangi mahsulot bo’yicha marketing dasturi, daromad normasi.
    Inovasion menejment bu kompaniyaning yuqori pog’onasidagi rahbariyati amalga oshiradigan strategik boshqarishning bir yo’nalishidir. Uning maqsadi firmaning ilmiy texnik va ishlab chiqarish faoliyati asosiy yo’nalishlarini aniqlashdan iborat. Buning doiraisiga quyidagi masalalar kiradi:

    - chiqarilayotgan mahsulotni modernizasiyalash va takomillashtirish;

    - mahsulotning an’anaviy turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirib borish;

    - eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash.

    Inovasion menejmentda asosiy e’tibor inovasiya strategiyasiga va uni amalga oshirish tadbirlariga beriladi.

    Shunga qarab, firma strategiyaisining asosiy yo’nalishi mahsulotning yangi turlarini yaratib, ishlab chiqarishdir.

    Investision menejmentni amalga oshirish quyidagilarni nazarda tutadi:



    - inovasion faoliyatning reja va dasturlarini ishlab chiqish;

    - yangi mahsulotni ishlab chiqarish va joriy qilishni kuzatib turish;

    - yangi mahsulotlarni yaratish loyihalarini ko’rib chiqish;

    - yagona investision siyosatni o’tkazish: ishlab chiqarish

    bo’linmalarida bu yo’nalishdagi faoliyatni o’zaro muvofiklashtirish;

    - investision faoliyat dasturlarini moliyaviy va moddiy resurslar

    bilan ta’minlash;

    - investision faoliyatni yuqori malakali hodimlar bilan ta’minlash;

    - investisiya muammolarni yangi mahsulot haqidagi g’oyadan boshlab,

    ko’plab chiqarishgacha hal qilish uchun vaqtinchalik maqsadli guruhlar tuzish.

    Investision faoliyatni xozirgi vaqtdagi rivojlanish bosqichining xususiyati bu - yirik firmalarda yagona ilmiy–texnik komplekslarni yaratishdan iboratki, uning yagona jarayoni izlanish va ishlab chiqarishdan iborat. Bu esa «fan–ishlab chiqarish» davrining hamma bosqichlarini birlashtirishdan iborat.


    Yangi mahsulotni yaratish va joriy etish.

    Yangi mahsulot deb mavjud bo’lgan assortimenga, ishlab chiqarishga va sotilishga qo’yiladigan yangi xususiyatli tovarlarga aytiladi. Lekin, mavjud bo’lgan mahsulotning oddiy takomillashtirilgani bunga kirmaydi. Yangi yaratma prinsipial yangi mahsulot yoki mahsulotning yangi moslamasining va mexanizmining kombinasiyasi bo’lishi mumkin.

    Inovasiya jarayonining maqsadi quyidagidan iborat:

    - masalaning yangi texnik yechimini topish;

    - ilmiy izlanish va sinov konstruktorlik ishlarini (IISKI)

    o’tkazish;

    - mahsulotni ko’p hajmda ishlab chiqarishni tayyorlash;

    - sotishni parallel ravishda tayyorlash va takomillashtirish;

    - yangi mahsulotni bozorga joriy qilish;

    - mahsulotning texnologiyasini doim takomillashtirish va

    raqobatbardoshligini oshirish orqali yangi bozorlarda o’rnini mustahkamlash.

    Inovasion faoliyat marketing faoliyatining tarkibiy qismini tashkil etadi.

    Shunga karab, firma inovasion siyosatining asosiysi bu IISKIning asosiy maqsadlarini ifodalash, ularni o’tkazish muddatlarini aniqlash, natijalarga baho berish va yangi mahsulotning joriy qilishning muddatini qisqartirish.
    Inovasiya jarayonining asosiy bosqichlari.

    1 bosqich: kelib tushadigan g’oyalarni tizimga tushirish:

    - bozorda texnologik o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni yig’ish,

    IISKI bo’limlaridan keladigan yangiliklar haqida, ishlab chiqarish bo’limlarining marketing xizmatlaridan, firmaning sotish apparatidan, savdo dallolaridan, iste’molchilardan (takliflar, talablar) ma’lumotlarni yigish;


    • mahsulotlarni ishlab chiqarish va o’zlashtirishga doir firmaning

    imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, havf-xatarning darajasi va o’lchamini aniqlash;

    • maqsadli bozorlar va ularni rivojlanishining uzoq muddatli

    o’sishi haqidagi ma’lumotlarni yig’ish.

    2 bosqich: aniqlangan g’oyalarni tanlash va yangi mahsulot haqidagi g’oyani ishlab chiqish:

    - g’oyalarning imkoniyatlarini va amalga oshirilishini aniqlash;

    - yangi va an’anaviy yaratmalarning texnologik umumiyati darajasini

    aniqlash;

    - firmaning obro’yiga va rivojlanish strategiyasiga yangi mahsulotning

    mosligi.


    3 bosqich: yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish va marketing dasturini ishlab chiqish:

    - g’oya aniq loyihaning ko’rinishi sifatida ifodalanganda,

    mahsulotni texnik ishlab chiqish;

    - mahsulotning texnik iqtisodiy harakteristikasini aniqlash, uning

    sifatiga va iste’mollik hususiyatiga baho berish;

    - bozor talabiga va sotuv hajmlariga baho berish;

    - yangi mahsulotni yaratish va o’zlashtirishga ketadigan harajatlarni

    va yangi mahsulotni o’z–o’zini oqlash muddatini aniqlash;

    - yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarning

    mavjudligi, ya’ni texnik resurslar, mashina va mexanizmlar, hom ashyo va materiallar, kadrlar va moliyaviy resurslarining mavjudligi;

    - yangi mahsulotni o’zlashtirish va u bilan bozorga chiqish muddati;

    - yangi mahsulotni ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish va baholash, mahsulot bo’yicha marketing dasturini ishlab chiqish.



    4 bosqich: yangi mahsulotni yaratish:

    - yangi mahsulot rivojlanishining aniq dasturini ishlab chiqish;



    • nusxani yaratish va texnik sinovini o’tkazish (ekologiyaga va

    havfsizligiga qarshi tekshirish);

    • mahsulotning nomini, uning tovar belgisini, bezatilishini,

    upakovkasini va markirovkasini aniqlash.

    5 bosqich: bozorda testdan o’tkazish:

    - chegaralangan bozorda narx bo’yicha va boshqa tijorat shartlari

    bo’yicha uch oydan kam bo’lmagan muddatga test o’tkazish;

    - realizasiya qilishning optimal kanallarini tanlash;

    - reklama vositalarini va usullarini tanlash;

    - texnik xizmatlarni tashkillashtirish.



    6 bosqich: mahsulotning marketing dasturi asosida yangi mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilish haqida qaror qabul qilish:

    - yangilik kiritishni tijoraviy asoslash: sotuv hajmi, mahsulotning

    rentabelligi, talab va ehtiyojlarni qoniqtirish darajasi, sotuv kanallari va usullari, firmani bozorda ma’lumligi, haridorlar va iste’molchilar bilan aloqaning turg’unligi;


    • firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari: mavjud bo’lgan

    quvvatlardan foydalanish, resurslar bilan va yuqori malakali personal bilan ta’minlanganligi;

    - moliyaviy imkoniyatlar: ko’p hajmda ishlab chiqarish va sotishga

    yo’naltirilgan investisiyaning umumiy summasi; moliyalashtirish manbalari, taxminiy natijalar – hisobot davrida foydaliligi yoki zararligi;

    - normativ ko’rsatkichlarga mosligi, ya’ni mahsulot sotiladigan

    mamlakat standartiga va davlat normasiga mosligi;

    - yaratilgan yangilikni patent himoyasi bilan ta’minlash.


    Yangi maxsulot bo’yicha marketing dasturi.

    Bu dasturda zaruriy me’zon sifatida firma maqsadlarini butunlay amalga oshirish, yangi mahsulotning ta’siriga baho berish qatnashadi. Bunga quyidagilar kiradi:

    - yangi mahsulotning sotuv hajmi;

    - yangi mahsulotning yaratilgani munosabati bilan boshqa

    mahsulotlarni sotishda o’zgarishlar;

    - yangi mahsulotni ishlab chiqarishda foydaga erishish vaqtiga baho

    berish.

    80-chi yillarda shakllangan innovasion jarayonni boshqarish tizimi



    quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:

    - yuqori pog’onada maxsuslashtirilgan bo’linmalarni tuzish (texnik

    siyosatni ishlab chiqish bo’yicha);

    - innovasion faoliyatni o’zaro muvofiqlashtirish bo’yicha markaziy

    xizmatlar tuzish;

    - yangi mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha maqsadli loyiha guruhlari

    va markazlar tuzish;


    • innovasion faoliyat bilan shug’ullanadigan NIOKR bo’limlarining,

    laboratoriyalarning, ilmiy markazlarning rolini oshirish;

    - yangilik yaratish bo’yicha konsultasion yordam tashkillashtirish;

    - yangi texnologiyani o’zlashtirish bo’yicha maxsus tarmoqli

    laboratoriyalarni yaratish.


    Ilmiy–texnik siyosat va menejment.

    Ishlab chiqarish bo’limlarida ishlab chiqilgan ilmiy-texnik siyosat, birinchidan, firmaning umumiy xo’jalik siyosatini joriy qilish, ikkinchidan, shu bo’limda hal qilinadigan operativ xo’jalik masalalarni hal qilish vositasi sifatida qatnashadi.

    Bu siyosat ishlab chiqarish bo’limini shunday yunalishlar bo’yicha mo’ljallaganki, uning natijasida mahsulot yaratilib, ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, iste’molchining talab va ehtiyoji qondiriladi va firmaning iqtisodiy imkoniyati mustahkamlanadi.

    Ilmiy texnik siyosat quyidagi asosiy masalalarni hal qiladi:



    - aniq bozorning doim o’zgarib turadigan sharoitlariga ishlab

    chiqarishni tez va aniq moslashtirish;

    - joriy va o’rta zarur rejalarga mos ravishda o’zgartirishlar

    kiritish;

    - rejalar o’zgarishi munosabati bilan iloji boricha harajatlarni

    kamaytirish.

    Ilmiy texnik siyosat odatda 3ta zarur yo’nalishlar bo’yicha amal qiladi:



    - ishlab chiqarishni yangi mahsulotni chiqarishga yo’naltirish;

    - ishlab chiqarishni chiqarilayotgan mahsulotlarni tezda texnik

    yangilanishga yo’naltirish;

    - ishlab chiqarishni eskirgan, lekin, ba’zi bozorlarda talabi bo’lgan

    an’anaviy mahsulotlarni chiqarishga yo’naltirish.

    Ilmiy texnik siyosatni ishlab chiqish quyidagi masalani, ya’ni bozorda o’ziga o’xshash bo’lmagan butunlay yangi mahsulotni ishlab chiqarishni hal qilishni nazarda tutadi.

    Bunday siyosat yuqori texnik, iqtisodiy, samaradorli ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yangi mahsulotlarni yaratishga mo’ljallangan, shuning uchun bu siyosatni amalga oshirish IISKI ga katta harajat sarf qilishni talab qiladi. Bundan tashqari, ilmiy texnik faoliyatda ba’zi bir siljishlarni fundamental amaliy tajriba-kostruktorlik ishlarida yutuqlarga erishish va mahsulotlarni tez o’zlashtirib, ko’plab hajmdagi ishlab chiqarishga joriy qilish nazarda tutiladi.

    Xozirgi vaktda bu bosqichning harakterli xususiyati shundan iboratki, raqobatchilik haqiqatdan IISKI va yangi mahsulotni yaratish bosqichidan boshlanadi.

    O’xshash bo’lgan va bozorda nomerasiyasi yutuqga ega bo’lgan, firma uchun yangi bo’lgan mahsulotning turlarini ishlab chiqarish.

    Strategiyani tanlash sifatida bozorda g’olibning ulushiga erishishni mo’ljallash yoki shu g’olibning ketidan qolmaslikni anglatadi.

    Shu ikki vaziyatda, ham yuqori texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari mahsulotlarni yaratish masalasi hal qilinadi.

    Bunday siyosatni amalga oshirish tajriba-konstruktorlikni ishlab chiqishning kuchli bazasini yaratishni taqozo etadi.

    Ishlab chiqarishni chiqarilayotgan mahsulotning texnik yangilanishga mo’ljallash quyidagi masalalarni hal qilishni nazarda tutadi: mahsulotni yangilash maqsadida o’zgartirishlar kiritish va raqib firmalar chiqarayotgan o’xshash mahsulotlarning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlariga erishish.

    Ishlab chiqarishni maxsulotning yaxshilangan hususiyatlariga yo’naltirish doim ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga va ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishga zaruriyatini taqozo etadi.

    Bunday siyosatni amalga oshirish IISKI uchun uncha ko’p harajatlarni talab qilmaydi va konstruktor bazasini, dizaynerlarni hamda injenerlarning ishlarini uzluksiz takomillashtirishni taqozo etadi.

    An’anaviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga, eskirgan, lekin alohida bozorlarda unga talabi mavjud bo’lgan mahsulotlarni saqlab qolish zaruriyati masalasini hal qilishni talab etadi.

    To’g’ri ifodalangan innovasion texnik siyosat ishlab chiqarish bo’limi uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, u bozorning rivojlanish istiqbolini va firmaning imkoniyatini baholashga, hamda resurslarni xo’jalik faoliyatning istiqbolli yo’nalishlariga jalb qilishga imkoniyat beradi. Bunday siyosat uzluksiz ravishda firma chiqaradigan mahsulotni takomillashtirib va yangilab turishni ta’minlashi kerak. Bu esa, birinchi navbatda, IISKI lar ishlarini olib borishga, mahsulotni uzluksiz ravishda va ko’p hajmda ishlab chiqarishga olib keladi.

    Shunday qilib, texnologik siyosatni ishlab chiqarish natijalarini IISKI ni rejalashtirish asosiga qo’shiladi va uning ko’rsatkichlari firmaning ham taktik, ham strategik rejalariga kiradi.


    Assortiment siyosat.

    Assortiment siyosat ishlab chiqarilgan mahsulotning nomenklaturasini tanlash muammosini tanlashni va optimallashtirishni mo’ljallaydi. Assortiment siyosatining asosiy masalasi - ishlab chiqarish bo’limining ishlab chiqarish strukturasini aniqlashdan iborat, ya’ni:



    - yangi mahsulot, takomillashtirilgan va modifikasiya qilinayotgan

    mahsulot, takomillashtirilishni talab qilmaydigan mahsulot va eskirgan mahsulotlarning ulushini aniqlash;

    - ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va rejalashtirilayotgan

    mahsulotlarning (son va sifat bo’yicha) nomenklaturasini aniqlash;

    - bitta chiqarilayotgan mahsulotning model va modifikasiya sonini

    aniqlash;

    - chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi bo’yicha «hayotiy»

    (mavjud bo’lish) davrini va assortimentini yangilash istiqbolini aniqlash;

    - yangi va mavjud mahsulotlarning texnik unumdorligi darajasini

    aniqlash.

    Assortiment siyosat quyidagilarni nazarda tutgan holda shakllanadi: zarur bo’lgan resurslarni, texnikani va ishlab chiqarish texnologiyasi darajasini optimal muddatlarda yangi ishlab chiqarishni yaratish imkoniyatlarini, ishlab chiqarish patentlari va sirlarning mavjudligi va ularga patent himoyasi borligini, mo’ljallanayotgan ishlab chiqarishning rentabelligini, investisiyalarning oqlanish muddatini, boshqaruv kadrlarni va malakali mutaxassislar borligini, ta’minotchilar bilan mustahkam aloqa mavjudligini, xavflik darajasini va h.k.

    Assortiment siyosat texnik bilimlardan va firmani malakali ekanligidan, optimal foydalanishga yo’naltirilgan, chiqarilayotgan mahsulotlarning va yangilikga ketadigan harajatlar rentabelligi nuqtai nazaridan moliyaviy resurslarni optimallashga yo’nalgan.

    Assortiment siyosatni shakllanishi asosida mahsulotning hayotiy davrining konsepsiyasiga bog’liq. Uning mazmuni shundan iboratki, bozor uchun yaratiladigan mahsulot 5 bosqichni o’tadi:



    - joriy qilinish;

    - rivojlanish;

    - yetilish;

    - kengayish;

    - talabning tushishi natijasida bozordan chiqish.

    Hayotiy davrning har bir bosqichida savdoning har hil shakllari va usullari ishlatiladi, sotishning har hil rag’batlantirish vositalari ishlatiladi.

    Amaliyot shuni ko’rsatadiki, assortiment siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan doim shugullaniladi. Mahsulot hayotiy davrining konsepsiyasi ancha keng tarqalgan bo’lib, quyidagi masalalarda ishlatiladi:

    - mahsulotni bozordagi holatini tahlil qilish uchun;

    - uni sotilish istiqboliga baho berishda;

    - sotish strategiyasini tanlashda;


    • ishlab chikaruvchi firmaning harakat shakllari va usullarini

    aniqlashda.
    Texnologik menejment.

    80-yillari yirik sanoat firmalarida elektron informasion texnika asosida ishlab chiqarishning yangi texnik bazasi yaratilgan va ishlab chiqarishning intensiv resurs tejamkorlik turiga o’tish yakunlaydi. Yangi texnologiyalarni rivojlanishining quyidagi yo’nalishlari keng tarqaladi:



    - ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatizasiyalashirish;

    - texnologiyani yuqori samaraliligiga va kam operasiyaligiga o’tish;

    - resurslarni tejashga o’tish;

    - kompleks ravishda uskunalarning tizimini ishlatish.

    Ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatizasiyalashtirish xozirgi sharoitda kompleks harakterga ega bo’lib, ishchi mashinalarni, texnologik liniyalarni va bloklarni avtomatizasiyalashtirishning, sonli boshqaruv stanoklarni joriy qilishni, EXMlarni, programmalashtirilgan robotlarni, mikroprosessorlarni ishlatishni mo’ljallaydi.

    Texnologiyani yuqori samarali va kam operasiyaligiga o’tish, operasiyalarni yahlid kam operasiyali texnik tizimlarga birlashtirishni mo’ljallaydi.

    Resurslarni tejashga, mahsulotni energiyaga va metallga kam harajatligiga olib kelishga yo’naltirilgan. Boshqacha qilib aytganda, resurslarni tejash siyosati muhim moddiy resurslardan foydalanishni kamaytirishga yo’naltirilgan.

    Xozirgi zamonda keng tarqalgan kompleks mashina texnik tizimlarini, bunga misol qilib aytsa bo’ladi, ya’ni, programmali boshqaruvga asoslangan stanoklar, robotlar tizimi, uzluksiz ishlab chiqarish jarayonli tarmoqlar uchun ishlaydigan avtomatlashtirilgan texnik uskunalar va boshqalar. Ana shunday tizimlarni ishlashi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, kapital quyilmalarning ishlatishni kamaytirish va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilashga olib keldi.

    Moddiy texnika ta’minoti quyidagi yo’nalishlar bo’yicha masalalarni yechishni nazarda tutadi:



    - korxonalarni to’xtovsiz ishlashini ta’minlash;

    - mahsulotni ta’minotchilari bilan aloqada bo’lish;

    • ishlab chiqarish jarayonini o’zgaruvchan ishlab chiqarish prinsiplari

    asosida tashkillashtirishni ta’minlash, zapaslarning minimalizasiyasi va ishlab chiqarish jarayonlarning grafiklarning bajarilishini ta’minlash;

    - faoliyatning hamma turlarini moliya bilan ta’minlash;

    • ishlab chiqarish jarayonini zarur bo’lgan malakali hodimlar bilan

    ta’minlash.
    Sotuv siyosati va uni tashkil etish.

    Marketing faoliyati jarayonida sotish muammosi firmaning siyosatini ishlab chiqishda hal qilinadi. Bunda aniq bozorlar uchun sotishning samarali tizimi, kanallari va usullari tanlanadi, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish, sotishning konkret shakllari va usullari mo’ljallanadi, shuning uchun sotish siyosatini ishlab chiqish, mahsulotni sotish jarayonida samaradorlikni ta’minlash maqsadida optimal yo’nalishlar va vositalarni aniqlaydi.

    Sotish siyosatini ishlab chiqarishdan oldin mavjud bo’lgan sotish tizimini baholash tahlili o’tkaziladi.

    Tahlil payti nafaqat mahsulot bo’yicha va region bo’yicha sotish hajmining ko’rsatkichlari ko’rib chiqiladi, bundan tashqari sotish tarmog’ini tashkillanishi reklamaning samaradorligi, sotuvning rag’batlantirilishi, bozorning to’g’ri tanlanganligi, bozorga chiqish vaqti va usullari kabi masalalar ham keng yoritiladi.

    Sotish siyosatining shakllanishda firma mahsulotining iste’molchilari bilan ishlash usullarini takomillashtirish masalalari ham katta ahamiyatga ega. Bunda iste’molchilarga xizmat ko’rsatishning texnik vorsitalarini joriy qilish uchun ketadigan harajatlarga alohida e’tibor beriladi.

    Xozirgi sharoitda kompyuter texnikasi va ma’lumotlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan tizimisiz bironta firma yaxshi faoliyat ko’rsatmaydi.

    Sotish siyosatini ishlab chiqish va asoslab berish aniq olingan mahsulotga yoki mahsulot guruhiga moslashtirilib, quyidagi masalalarni yechishni talab qiladi:

    - maqsadli bozorni tanlash;

    - sotish tizimidagi zarur bo’lgan moliyaviy harajatlarni aniqlash;

    - sotish kanallarini va usullarini tanlash;

    - bozorga chiqish usulini va vaqtini tanlash;

    - tovar harakati tizimini va iste’molchiga mahsulotni yetkazishga

    ketadigan harajatlarni aniqlash;

    - sotuvni rag’batlantirish shakllari va usullari hamda ular uchun

    ketadigan harajatlarni aniqlash.
    Narx navo siyosati.

    Narx–navo siyosatini ishlab chiqish juda murakkab ish bo’lib, quyidagi masalalarni nazarda tutadi:



    - firma ichida raqobatning yuqori pog’onasida ishlab chiqarilgan

    yagona katta narx-navo siyosati strategiyasini yo’naltirish;

    - ishlab chiqarish bo’limining maqsad va strategiyasiga qarab narx-

    navo siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish;

    - narx-navoning tashkillanish prinsiplarini ishlab chiqish;

    - foyda va rentabellik darajasini aniqlash.

    Narxni hisoblashda ishlab chiqarish harajatlari va foyda e’tiborga olinadi va bundan tashqari bozordagi sharoitlar ham e’tiborga olinishi mumkin. Ko’rinishi bo’yicha narxlar quyidagicha klassifikasiya qilinadi:



    1. Ishlab chiqaruvchining narxi:

    - preyskurant;

    - kontrakt;

    - hisob-kitob.

    1. Bozor narxi:

    - dunyo bo’yicha;

    - monopol;

    - taklif;

    - talab.

    1. Iste’molchi uchun narx:

    - iste’mol narxi;

    - ulgurji;

    - chakana.

    Narxlarni tushirish (skidka) turlari quyidagicha:

    1) sotilgan mahsulotning hajmiga skidka qilish (6% va undan yuqori);

    2) «maqsadga erishilgani» uchun skidka (1-3%);

    3) sotuvning katta hajmi va ishlab chiqaruvchi doim kamroq bo’lganligi uchun (0,5-2%);


    1. mahsulotni «yo’q qilish» uchun skidka, agar bir oylik sotuv

    hajmdagi pullarni 40–60 kun ichida berilsa (1,5%);

    1. mahsulotni harakatlantirish uchun maxsus skidkalar (1,5-1%);

    2. sezonli skidkalar;

    7) 2% skidka beriladi, agar 30 kunlik muhlatga berilayotgan pul 10 kun ichida to’lansa.

    Shulardan (1), (4), (6) AQShda ishlatiladi.



    Boshqarishning ijtimoiy-psixologik omillari.
    REJA:

    1. Ijtimoiy-psixologik siyosat.

    2. Menejmentda ijtimoiy-psixologik omillar, boshqarish tizimida ularning roli.

    3. Chet el kompaniyalari boshqaruvida ijtimoiy-psixologik omillarning ishlatilishi.


    Tayanch tushunchalar: boshqaruv prinsiplari, ijtimoiy tizim, boshqaruv

    samaradorligi.
    Personalga rahbarlik qilish boshqarish funksiyasi xisoblanib, boshqa funksiyalarni birlashtirishga, o’zaro muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Rahbarlikning vazifasi bu butun boshqarishning miyasi, uning markaziy nerv tizimidir.

    Personalni boshqarishdagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:

    - har bir odamga qilinadigan ishi uchun javobgarlikni yuklash;

    - har bir hodim shuni bilishi kerakki, u kimga bo’ysunadi va kimdan

    ko’rsatma oladi;

    - boshqarish tizimi iyerarxiyaning har hil zinalaridan iborat bo’lib,

    boshqarishning har hil bosqichlarini alohida rahbarning zimmasiga yuklashni nazarda tutadi. Bu rahbarlar har hil rangga egadirlar.

    Boshqarishni rivojlangan iyerarxiyasida yuqori rahbar boshqarishning biror bir funksiyasi bilan band bo’lmaydi, uning asosiy vazifasi butun jarayonni boshqarish, ya’ni har hil funksiyalarni o’zaro muvofiqlashtirish, ularni o’zaro bog’lash, har hil xizmatlar va bo’linmalarning rahbarini tanlash va butunlay boshqaruv tizimining iyerarxiyasini tashkillashtirish. O’rta va pastki darajadagi rahbarlar ishlarning aniq bir turini tashkilotchilari. Ularning vazifasiga ishlarning umumiy rejasini tuzish, odamlarni shu rejaga birlashtirish ishlarini boshqarish va shu ishlarni nazorat qilish kabi ishlar kiradi.

    Xozirgi vaqtda boshqarishning quyidagi ijtimoiy-psixologik omillari katta ahamiyatga ega:

    - ishlashda asosiy rag’bat bu xizmat holatining turg’unligi;

    - ma’muriyatning tashabbusi bilan ishdan bo’shatishning juda kam

    holatda bo’lishi;

    - hodimlarda o’z firmasiga sodiqlik, mehrlik hissiyotini tarbiyalash. U quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

    - firmaning hayoti va voqyealarini aks ettiradigan jurnal va

    byulletenlarni chiqarish;

    - yaxshi video va kinofilmlarni ko’rsatish;

    - bayramlarni va dam olish kunlarni sermazmunli o’tkazish.

    Personalni boshqarishning samaradorligini oshirish quyidagi omillar orqali amalga oshiriladi:



    - ish o’rinlarini yaxshi tashkillashtirish;

    - ishlab chiqarish maydonlarini rasional rejalashtirish va ulardan

    unumli foydalanish;

    - ishchi hodimlarni muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini

    oshirish;

    - bandlikning turg’unligini ta’minlash.

    - har hil ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga

    oshirish.

    Amerika firmalarida doimiy ishlovchilarning muntazam bandligini ta’minlash uchun quyidagi usulllar ishlatiladi:

    - davriy ko’tarilish vaqtida vaqtincha ishlovchilarni jalb qilish;

    - firma ichida ishchi resurslar bilan harakatlanish;

    - ishchilarning malakasini o’zgartirish va yangi mutahassisliklarni

    o’rgatish.

    - ishchi haftasini qisqartirish;

    - navbatdan tashqari otpusklar va pensiyaga muddatidan ilgari

    chiqishni taqdim etish.

    Bunday tadbirlar odatda Amerika firmalarida mahsus ishlab chiqilgan bandlikning turg’unligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida o’tkaziladi. Ularning asosiy masalasi zarur bo’lgan eng malakali ishchilarning sonini saqlab qolish va ishlab chiqarish samaradorligini va o’z ishining samaraligiga erishish, xokimlarni rag’batlantirish.

    Personalni boshqarish dasturini ishlab chiqishda quyidagilar e’tiborga olinadi:


    1. Umumiy maqsadlarni o’zaro bog’lanishining mavjudligi:

    - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

    - mahsulotning sifatini oshirish;

    - mehnatga haq to’lashda o’zgaruvchanlik;

    - ishchilarning malakasini doim oshirib borish.



    1. Firmaning rahbariyati kasaba uyushma va ishlovchilar bilan

    birgalikda mehnat resurslarini boshqarish yo’nalishida strategiyani ishlab chiqish.

    Bandlik garantiyasi va kadrlar siljishni kamaytirish firmaga katta iqtisodiy samara keltiradi va ishchilarni ishdan bo’shatilishdan qo’rqmasdan ishlarning samarasini oshirishga uyg’otadi.

    Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
    Ba’zi bir firmalar (IBM) iqtisodiy sabablarga ko’ra o’z ishchilarini ishdan bo’shatishmaydi. Buning o’rniga ular quyidagi tadbirlar o’tkazishadi:

    - yangi ishchilarni ishga qabul qilishni vaqtincha to’xtatish.

    - ishchilar malakasini qayta o’zgartirish dasturlarini amalga oshirish;

    - pensiyaga muddatdan ilgari chiqarish va boshqalar.

    Boshqarishning ijtimoiy tizimi texnik tizimning samarali ishlatilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu tizim quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    - kadrlarni tanlash va kadrlarning mansabini kutarish.

    - qaror qabul qilishda javobgarlikni taksimlashni ta’minlash;

    - mehnatga haq to’lash va premiyalashning samarali tizimi;

    Ijtimoiy tizimda quyidagi me’zonlarga alohida e’tibor beriladi:

    - yuqori texnik malaka va uqitish imkoniyati;

    - komandada ishlash uchun muloqot qilish darajasi va o’zaro

    hamkorlikka tayyorgarlik.

    Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishda guruhli yondashishda mehnatga haq to’lash konkurs asosida o’tkaziladi, chunki aniq ishlarni bajarishda malakali ishchilarni qiziqtirish maqsadga muvofiqdir.

    Shunga qarab, bu guruhning har bir ishchisining maoshi uning malakasi darajasiga va egallagan mutahassislikning soniga bog’liq. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chikish va amalga oshirish firmalarda ko’p yo’nalishlar bo’yicha o’tkazilyapti.

    Ana shulardan asosiylari kuyidagilar:

    - daromadlar siyosati;

    - kasaba uyushmalari bilan hamkorlik siyosati;



    - ishlovchilar ijtimoiy ta’minot siyosati.


    Download 252 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 252 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Менежментнинг методологик асослари

    Download 252 Kb.