SAMARQAND – 2004
K I R I S H
«Menejment» fani iqtisodchi va menejerlarni tayyorlashda eng muhim fanlardan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon iqtisodchisi va menejeri bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv prinsiplarini yaxshi bilish kerak. Mazkur kurs «Menejment» va «Iqtisod» mutaxassisligi bo'yicha tayyorlanadigan talabalarga mo'ljallangan.
Kursning maqsadi: talabalarga amaliy faoliyatda menejment usullaridan foydalanishni o’rgatish.
Shu asosda quyidagi kichik maqsadlar mavjud, ya’ni quyidagilarni o'rgatish kerak:
a) menejmentning hozirgi zamon usullarini;
b) firmani tashkil etish prinsiplarini;
c) boshqaruv qarorlarini qabul qilishning samarali yondashuvlarini;
d) menejment funksiyalarini alohida va uzviy bog'langan holda joriy etishni.
O'qitish natijalari. Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
-
menejmentning mohiyatini;
-
menejmentning maqsadi va vazifalarini;
-
menejmentni rivojlanish bosqichlarini;
-
firmani tashkil etishni va faoliyatini huquqiy boshqarishni;
-
boshqaruv funksiyalarini;
-
firmaning maqsad va strategiyasini ishlab chiqishni;
-
menejmentning axborot ta’minotini tashkillashtirishni;
-
firma ichidagi rejalashtirishni tashkillashtirishni;
-
marketingni tashkillashtirishni;
-
menejmentning nazorat funksiyasini;
-
menejmentda iqtisodiy usullarni qo'llay olishni;
-
firmaning xalqaro faoliyatini boshqarishni tashkillashtirishni;
-
firmaning kadrlar siyosatini;Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
-
mehnatga haq to'lashni va rag'batlantirishni;
-
boshqaruvning ijtimoiy-psixologik aspektlarini.
Menejment va bozor iqtisodiyoti.
REJA:
1. Menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari.
2. Menejer va uning funksiyalari.
3. Menejmentning rivojlanish bosqichlari.
Tayanch tushunchalar: menejment, menejer, bozor iqtisodiyoti, ma’muriy boshqarish, ilmiy boshqaruv, boshqaruv obyekti, boshqaruv jarayoni, boshqaruv tizimi, boshqarish funksiyalari.
Menejment - bu professional faoliyatning mustaqil qo’rinishi bo’lib, bozor sharoitida firmaning ixtiyoriy xo’jalik faoliyati natijasida moddiy va mehnat resurslardan unumli foydalanib mo'ljallangan maqsadga erishishdir.Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Bu maqsadga menejment iqtisodiy mexanizmining prinsiplari va usullari asosida erishiladi.
Menejment deganda, bozor sharoitida bozor iqtisodiyotini boshqarish tushuniladi, ya’ni:
- firmani bozorning talabi va ehtiyojiga, aniq talabgorlarning ehtiyojiga yo'naltirish va shu asosda firmaga mo’ljallanayotgan foydani keltiradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
- optimal natijalarga erishgan holda minimal harajatlar bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doim intilish; Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
- xo’jalik faoliyatining mustaqilligi;
- bozor holatini e’tiborga olgan holda maqsad va rejalarni doimiy takomillashtirish;
- bozorda, almashish jarayonida firmaning yoki uning xo’jalik faoliyati mustaqil bo’lgan bo’lim va qismlarning yakuniy natijasi namoyon bo’ladi;
- asoslangan va optimal qarorlarni qabul qilishda ko’p variantli hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun hozirgi zamon ma’lumotlar bazasi va kompyuterlardan keng foydalanish.
Boshqarish so’zi keng ma’noda ishlatiladi, masalan: davlatni boshqarish, mashinani boshqarish, biron bir biologik jarayonni boshqarish va hokazo. Menejment so’zi esa asosan firma darajasida bozor sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ishlatiladi. Menejment har hil mustaqillikga ega bo’lgan ishlovchilarni o’z ichiga birlashtiradi, ya’ni muhandislarni, loyihachilarni, iqtisodchilarni, statistlarni, psixologlarni, buxgalterlarni. Ana shularni hammasining faoliyatini menejer boshqaradi.
Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan erkin, demak u firmaning aksiyasiga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin.
Menejmentning ta’rifini berganda firmaning xo’jalik faoliyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-
iqtisodiyotning ixtiyoriy tarmog’ida, ya’ni sanoat korxonalarida,
bankda, transportda va h.k.
-
firmaning ixtiyoriy faoliyat doirasida, ya’ni ishlab chiqarishda,
ilmiy izlanishda, moliyada, ta’minotda va h.k.
Firma xo’jalik faoliyatining maqsadi ishlab chiqarish jarayonini kerakli bo’lgan hamma resurslar bilan ta’minlash va texnik davrni (siklni) tashkillashtirishdir, bu degani ilmiy izlanishlar natijalarini ishlab chiqarishga tadbik qilish, ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish, mahsulotning sifat darajasini ko’tarish, tijorat ishlarini amalga oshirish, tovar harakati amallarini bajarish, har hil hisob-kitoblarni amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonini moddiy texnik ta’minlash, moliya resurslari bilan ta’minlash va boshqalar. Menejmentning asosiy masalalaridan biri - firmaning maqsadlarini yaqin yoki uzoq kelajakga, ya’ni istiqbolga mo’ljallash. Buning uchun firmaning imkoniyatini baholash va resurslar bilan ta’minlanganligini bilish zarur.
Moddiy va mehnat resurslaridan rasional foydalanish natijasida minimal harajat va maksimal samaradorlik bilan boshqarish jarayonida o’zaro hamkorlik qilayotgan kishilar yoki guruhlar maqsadga erishishi mumkin. Xo’jalik faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, ijtimoiy-psixologik masalalarni yechish uchun menejment o’zining xususiy iqtisodiy mexanizmiga ega. Menejmentning ana shu iqtisodiy mexanizmi 3 qismdan iborat:
- firma ichidagi boshqarish;
- ishlab chiqarishni boshqarish;
- hodimlarni boshqarish.
Hozirgi zamon boshqaruvining nazariyasi va amaliyotining rivojlanishiga 4 ta muhim tamoilning ta’siri alohida ahamiyatga ega. Bular:
- ilmiy boshqaruv;
- ma’muriy boshqaruv;
- psixologiya va odamlarning munosabati nuqtai nazaridan
boshqaruv;
- hulq atvor nuqtai nazaridan boshqaruv.
Hozirgi sharoitda boshqarishga uchta ilmiy yondoshish mavjud:
- boshqarishga jarayon sifatida yondoshish;
- tizimli yondoshish;
- vaziyatli yondoshish.
Menejmentning maqsadi va vazifalari.
Menejmentning yakunlovchi maqsadi firmaning ishlab chiqarish jarayonini rasional tashkil qilish orqali, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarish, texnik-texnologik bazani rivojlantirish hamda kadrlar potensialini samarali ishlatish orqali, faoliyat natijasida foyda yoki daromad olishni ta’minlash. Firmaning daromadliligi uning ishlab chiqarish harajatlarini (xom-ashyoga, materiallarga, energiyaga, haq to’lashga, moliyalashtirishga xarajatlarni) kamaytirish orqali va ishlab chiqarish natijasida daromadning o’sishi orqali namoyon bo’ladi.
Menejmentning muhim vazifalaridan biri - talabgorlarning talabini e’tiborga olgan holda, moddiy va mehnat resurslari mavjudligini hamda korxona rentabelligini ta’minlash, bozorda uni mustahkam o’rin egallashni e’tiborga olib, mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatishni tashkillashtirish. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Shu asosda menejmentning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarishni avtomatizasiyalashni ta’minlash, yuqori malakaga ega bo’lgan hodimlarni va ishchilarni jalb qilish;
- ishlash sharoitini yaxshilash, yuqori ish haqini belgilash orqali firma hodimlarini rag’batlantirish;
- firma faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va hamma bo’lim ishlarini o’zaro muvofiqlashtirish.
- yangi bozorlarni qidirish va o’zlashtirish.
Bundan tashqari, menejmentda yechiladigan masalalarga quyidagilar kiradi:
- firma rivojlanishining aniq maqsadlarini aniqlash;
- maqsadlarning muhimligi va ularni yechishning navbatini aniqlash;
- firma rivojlanishining strategiyasini ishlab chiqish va hal qilish
yo’llarini topish;
- har hil resurslarni va ular bilan ta’minlash manbalarini aniqlash;
- qo’yilgan masalalarning ijro etilishini nazorat qilish.
Menejment faoliyatning ketma-ketligi va turiga qarab 3 qismga bo’linadi:
- strategik boshqarish; - operativ boshqarish; - nazorat.
Strategik boshqarish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- menejment maqsadini ishlab chiqish;
- mavjud bo’lgan omillar asosida rivojlanish natijalarini bashorat
etish;
- mo’ljallangan maqsad bilan bashorat etilgan natijalar orasidagi
farq minimal bo’lishi uchun istiqbolga rejalashtirish.
Operativ boshqarishni yuqorida aytib o’tilgan masalalarni amalga oshiradigan faoliyat deb aytsa bo’ladi. Bunga kerak bo’lgan tarkibli va zaruriy resurslar yaratishni tashkillashtirish va tuzilgan tartib sharoitida boshqarish kiradi.
Nazorat esa erishilgan natijalarni tahlil qilishni (teskari aloqa) o’z ichiga oladi va boshqaruvning yangi davrini boshlashning tayanch punkti hisoblanadi.
Menejer va uning funksiyalari.
Menejer deb, xozirgi zamon tushunchasida, bozor sharoitida, firmaning faoliyati bo’yicha aniq qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lgan, doimiy mansabni egallab turgan rahbar yoki boshqaruvchi aytiladi. Menejer tomonidan qabul qilinadigan qarorlar asosli bo’lishi kerak va boshqarishning yangi usullari, ya’ni kompyuter texnikasi yordamida ko’p variantli hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilishi kerak. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
«Menejer» tushunchasi keng ma’noga ega bo’lib, quyidagilarga taaluqlidir:
- alohidagi bo’lim va guruhlarning bajarishi kerak bo’lgan aniq ish turlarining tashkilotchisiga;
- korxonaning rahbariga va shu korxonaning bo’lim, qism yoki guruhlarning rahbarlariga;
- hozirgi zamon usullari asosida ishlarni tashkil qiladigan ixtiyoriy darajadagi boshqarmaning administratoriga (ma’muriga);
- buysunadiganlarga nisbatan mavjud bo’lgan barcha rahbarlarga;
Bozorda mavjud bo’lgan tavakkalchilik va noaniqlik holat menejerdan qabul qilinadigan qarorlarda mustaqil harakat va javobgarlikni talab qiladi. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Har bir menejerga yuqori darajali quyidagi talablar qo’yiladi:
- korxonaning boshqarish doirasida umumiy bilimlarga ega bo’lish;
- firmaning faoliyati taaluqli bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish
texnologiyasi muammolarini yecha bilish;
- ishbilarmonlik, bozor holatini tushuna bilish va tahlil qila olish, tashabbuskorlik va firma resurslarini qo’prok foyda keltiradigan tomonlarga yo’naltira olish;
- asoslangan qarorlar qabul qilish;
- quyi pog’onadagi rahbarlar va hodimlar bilan chambarchas ishlay
olish;
- asosiy bozorning iqtisodiy holatini tahlil qila bilish;
- raqib firmalarning faoliyati va hatti–harakatlarini tahlil qila bilish.
Lekin, ixtiyoriy darajadagi menejerga qo’yiladigan asosiy talab - odamlarni boshqara olishdir. Bunga quyidagilar kiradi:
- qo’l ostida ishlayotganlarni yaxshi bila olish kerak, ularni aniq
berilgan vazifani bajara olish qobiliyati va sharoiti borligini bilish;
- tashkilotni va ishchilarni birlashtiradigan sharoitni bilish va
ularning manfaatlarini himoya qila bilish;
- firma faoliyatining to’g’riligini va hodimlarning birdamliligini
ta’minlash.
Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan erkin, demak, u firmaning aksiyasiga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin.
Firmaning turlari va ularni o’rganish uslubiyati
REJA:
-
Firmalarning klassifikasiyasi.
-
Firmani o’rganish uslubi.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
Tayanch tushunchalar: xo’jalik faoliyatning harakteri va turi, sanoat
firmasi, savdo firmasi, kommandit o’rtoqlik, sindikat, qartel, moliyaviy guruhlar, firma balansi.
Har hil prinsiplarga asoslangan firmalarning klassifikasiyasi asosida, aniq bir firmani o’rganish natijasida uning tashkiliy qonuniylik sharoiti, harakteri va faoliyatining kengligi, jahon bozoridagi o’rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Ko’rinishi va xo’jalik faoliyatining harakteriga asosan firmalar quyidagi turlarga bo’linadi:
- sanoat;
- savdo;
- transport;
- sugurta;
- transport–ekspeditorlik;
- turistik;
- arenda.
Sanoat firmalarning faoliyati mahsulot chiqarishga asoslangan. Firma oborotining 50% dan ziyoti sanoat mahsuloti ishlab chiqarishga to’g’ri kelsa, unda ushbu firma sanoat firmasi hisoblanadi. Yirik firmalarning hal qiluvchi roli shundaki, ular nafaqat ishlab chiqarishda va tijorat eksportida xukmronlik qiladi, bundan tashqari ular patent va lisenziyalarni sotishda hamda texnika xizmatlarini berishda ham xukmronlik qiladi.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Savdo firmalari asosan tovarlarni oldi – sotdi operasiyalari bilan shug’ullanadi. Ular yuridik mustaqil bo’lib faoliyat ko’rsatishlari mumkin yoki yirik sanoat firmalarning tizimida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Firmalar qisqa yo’nalishli yoki keng yo’nalishli bo’lishi mumkin. Savdo firmalar orasida yirik monopolistik birlashmalar mavjud. Ular ayrim mamlakatlarning tashqi savdo oborotida va jahon bozorida ba’zi bir tovarlarning savdosida xukmronlik qiladi. Bu tovarlarga asosan shakar, rangli metall, don, kauchuk, paxta, teri, taxta va boshqalar kiradi.Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. Lekin, ba’zi bir savdo firmalari savdo qilish bilan birga ishlab chiqarish bilan ham shug’ullanadi.
Transport firmalari passajirlarni va yuklarni halqaro miqyosda tashish bilan shug’ullanadi. Bu firmalar 4 qismga bo’linadi: aviasiya, dengiz, temir yul, avtomobil.
Havo transporti keng rivojlangandan keyin aviakompaniyalarning yuk tashish bo’yicha faoliyati rivojlanib ketdi.
Masalan, AQShning 5ta yirik aviakompaniyalarning ulushi mamlakat ichida havoda yuk tashish hajmining 2/3 qismini tashkil etadi, jahonda esa 1/3 qismini tashkil etadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan.
Sug’urta firmalarning jahon bozoridagi roli juda kattadir. Ular asosan yuklarni xalqaro yuk tashish bo’yicha sug’urta qiladi. Sug’urta operasiyalarning asosiy qismi yirik sug’urta kompaniyalarning qo’lidadir.
Transport – ekspeditorlik firmalari asosan sanoat, savdo va boshqa firmalarning buyurtmasiga binoan tovarlarni yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Bu firmalarning funksiyalari turlichadir. Bular tovarlarning upakovkasi va tarasining holatini, markirovkasini va xujjatlarning to’g’riligini, yuk tashish to’lovlarini tekshiradi va ta’minlaydi. Bundan tashqari yukni ortish, tushirish, saqlash, sug’urta qilish, yuk yetib kelganligi haqida haridorlarga xabar berish, bojxona xizmatidan foydalanish va boshqa ishlar bilan shug’ullanadi. Chet mamlakatlarda xamma firmalar o’zining xuquqiy holatiga ko’ra 2 turga bo’linadi:
- xususiy korxonaga;
- tadbirkorlar birlashmasiga;
Xususiy korxona bir kishining yoki oilaning mulki hisoblanadi. Xususiy korxonalar savdo reyestorida mustakil korxona deb yoki shu tadbirkorga qarashli biron bir boshqa korxonaning filiali deb qayd etiladi. Korxonani boshqarish bilan uning egasi shug’ullanadi yoki shunday huquq berilgan menejer shug’ullanadi. Odatda xususiy korxonalarga mayda va o’rtacha firmalar kiradi. Lekin, juda katta oilaviy xususiy firmalar va kompaniyalar mavjud.
Hozirgi zamonda tadbirkorlar uyushmasining ahamiyati juda katta. Chet mamlakatlarda tadbirkorlar uyushmasining yagona klassifikasiyasi mavjud emas. Ular asosan mulkga va kapitalga qarab taqsimlanadi. Ko’p mamlakatlarda tadbirkorlik uyushmasining turlari quyidagicha:
- to’liq o’rtoqlik;
- kommandit o’rtoqlik;
- mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ);
- aksiyadorlar jamiyati.
O’rtoqlik bu shaxslarning birlashmasi, jamiyat esa kapitallarning birlashmasidir.
To’liq o’rtoqlik bu foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidir.
Birlashmaning umumiy zarari va foydasi shu shaxslarga proporsional ravishda taqsimlanadi. Ular o’z faoliyatining (xo’jalik va moliyaviy) natijalarini keng ommaga e’lon qilishi shart emas.
O’rtoqlik a’zolarining soni chegaralanmagan. Agar uning bir a’zosi a’zolikdan chiqmoqchi bo’lsa, to’liq o’rtoqlik tarqatilishi mumkin. Odatda bir a’zo o’zining ulushini boshqa a’zolarning roziligisiz yangi a’zoga sotishi mumkin emas. Agar yangi a’zo qabul qilinsa, o’rtoqlikni tuzish haqida yangi shartnoma tuziladi. Shu o’rtoqlikning ishlarini olib borish xamma a’zolarning zimmasiga tushadi. Lekin, nizom asosida yoki ishtirokchilarning kelishuvi asosida ish yuritish bir yoki bir necha kishilarga yuklatiladi.
Kommandit o’rtoqlik bu ikki va undan ko’prok shaxslarning birlashmasidan iborat bulib, bunda ba’zi birlari (to’liq o’rtoqlik) birlashma oldida o’zining vkladlari va mulki bilan javobgar, ba’zi birlari esa (kommanditistlar, vkladchiklar) faqat o’zlarining vkladlari bilan javobgar. O’rtoqlikning vakili sifatida harakat qilish va o’rtoqlik nomidan har hil ishlarni bajarish faqat to’liq a’zolarga yuklatiladi. Kommandit o’rtoqlik keng omma oldida hisobot berishi majbur emas.
MChJ – kapitallarni birlashtiruvchi jamiyatdir. Jamiyat a’zolari fakat o’zlarining vkladlari buyicha javobgarlidir. Ushbu jamiyatning kapitali ishtirokchilarning ulushi, ya’ni jamiyat a’zolarining «payidan» iborat. Pay, o’zining egasiga paychilarning umumiy majlisiga qatnashish, dividentlar olish va mabodo kompaniya tarqatilsa, uning mulkining bir qismini olishi mumkin. Odatda, bu jamiyat a’zolari uncha ko’p bo’lmaydi, bir birini juda yaxshi taniydi yoki bir biri bilan qarindosh bo’ladi. Bu jamiyatni boshqarish bir necha kishiga yuklatilishi mumkin. Ular jamiyatning a’zosi bo’lishi mumkin va bo’lmasligi ham mumkin. Ular ham keng ommaga hisobot berishi majbur emas.
Aksiyadorlar jamiyati – aksiya chiqarish orqali kapitallarni birlashtiradigan jamiyatdir. Aksiya muhim hujjat hisoblanadi va u bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o’tishi mumkin. Jamiyatning majburiyati buyicha hissador-aksiyadorning javobgarligi faqat aksiyalar uchun to’langan mablag’ bilan belgilanadi. Jamiyatning faoliyatini boshqarish va vakolatlik firma boshqaruvining a’zosi bo’lgan 1-ta yoki bir nechta boshqaruvchiga yuklatiladi. Raxbarlar o’z xarakatlari uchun, firmaga keltirilgan zarar uchun o’zlarining mulki bilan javobgardirlar. Aksiyadorlik jamiyati o’zining yillik hisobotini yil oxirida e’lon qiladi. Jamiyatning nizomi jamiyat ta’sischilari tomonidan ishlab chiqiladi va davlat tomonidan tasdiqlanadi. Nizomda aksiyalar chiqarilishining maksimal summasi, ya’ni nizomli kapitali va aksiyalarning nominal narxi qayd etiladi.
O’zaro Hamkorlik (YeS) davlatlari o’rtasida firmalarning huquqiy holatlari bo’yicha yagona klassifikasiya ishlab chiqilgan. Bu klassifikasiya asosida 2 hil kompaniyalar mavjud: ommaviy va xususiy turdagi kompaniyalar. Ommaviy turdagi kompaniya o’zining huquqiy holati bo’yicha aksiyadorlik jamiyatga mos keladi. Xususiy kompaniya esa Mas’uliyati Cheklangan Jamiyatga (MChJ) mos keladi. Mulkining harakteriga ko’ra firma quyidagi turlarga bo’linadi:
- xususiy;
- davlat;
- kooperativ.
Jahonda o’zining maqsadiga binoan ishtirokchilar orasidagi munosabatlarga ko’ra, mustaqillik darajasiga ko’ra birlashmalarning bir necha turlari mavjud, bu kartellar, sindikatlar, trestlar, konsernlar, pullar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruxlar.
Kartel – bu bir tarmoq yo’nalishidagi firmalar birlashmasi, ularning o’zaro kelishuvi - savdoni boshqarish. Lekin, ular orasida yashirincha faoliyat ko’rsatadiganlari bor, chunki ular qonunga hilof ravishda faoliyat ko’rsatishadi.
Sindikat - firmalar mahsulotlarini sotish maqsadida yagona tashkil qilingan aksiyador jamiyat yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ko’rinishidagi tashkilot. Sindikatlar kon metallurgiya, ximiya tarmoqlarida ko’p tarqalgan. Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) - rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi. Ular odatda sindikat katnashchilari, ya’ni firmalar uchun hom ashyo sotib olish uchun ham xizmat qiladi.
Pullar – kartel turdagi birlashmalarga o’xshashdir. Pul bu tadbirkorlar birlashmasi bo’lib, ular daromadining taqsimlanishi quyidagicha: foyda oldin umumiy qozonga tushadi va oldindan kelishilgan asosda (proporsiyada) taqsimlanadi.
Trest – bu o’zining yuridik va xo’jalik mustaqilligini yo’qotgan holda, har hil tadbirkorlarga qarashli bo’lgan korxonalar birlashmasi bo’lib, yagona ishlab chiqarish majmuani tashkil qiladi. Trestning boshqa birlashmalardan farqi shundaki, bunda ishlab chiqarish faoliyatining bir turliligi, ya’ni bir yoki bir nechta mahsulot chiqarish bilan chegaralangan. Shu trestga har xil tarmoqlarning korxonalari birlashishi mumkin. Ular o’z hissasini ketma-ket qo’shishi mumkin. Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
Konsern – bu mustaqil korxonalarning birlashmasidir. Konsernga birlashgan korxonalar aksiyador jamiyat shaklida yuridik shaxs sifatida saqlanadi. Ular o’zaro ishlab chiqarish hamkorligi bo’yicha, patent-lisenziya kelishuvlari bo’yicha, moliyalashtirish bo’yicha birlashishi mumkin.
Sanoat xoldingi – bu bir necha kompaniyalar va korxonalarning faoliyatini nazorat qiladigan va ishlab chiqarish bilan shug’ullanmaydigan tashkilot. Bu tashkilotga kirgan korxonalar xuquqiy va xo’jalik mustaqildir. Ular o’z nomidan har xil tijorat kelishuvlarini amalga oshirishadi. Lekin faoliyatlarining asosiy masalalarini hal qilish sanoat xoldinglariga tegishli.
Moliyaviy guruhlar – bu turli tarmoqlarga (sanoat, savdo, transport, kredit va h.k.) taaluqli bo’lgan, huquqiy va xo’jaligi mustaqil bo’lgan, , korxonalarni birlashtiradigan tashkilotlar. Bu tashkilot boshida bitta yoki bir nechta banklar turadi. Ular shu korxonalarning moliyaviy va boshqa kapitallarini boshqaradi.
Firmalarni o’rganish uslubi.
O’rganilayotgan firmalar odatda 3 guruhga bo’linadi: harakat qilayotgan kliyentura (kontragentlar); taxmin qilinayotgan (potensial) kliyentura; raqib firmalar. Har bir kiziqtirayotgan firma EHMning ma’lumotlar bazasiga (roster) yoki kartotekaning tegishli bo’limiga kiritiladi. Har bir qiziqtiradigan firmalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
- Firma haqidagi umumiy ma’lumotlar: firmaning nomi, manzili, ro’yxatga olgan mamlakat, qayd etish raqami, teleks yoki telefaks nomeri.
- Firmaning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydigan ko’rsatkichlar: aksiyador kapitalning, aktivlarning, sotuvlarning o’lchovi; band bo’lganlar soni; o’z mamlakatida ilg’or kompaniyalar orasida egallab turgan o’rni va dunyodagi yirik kompaniyalar orasidagi o’rni.
- Firma xo’jalik faoliyatining turi: sanoat; savdo; transport-ekspeditorlik; injiniringli va h.k.
- Firma mulkining xarakteri: xususiy; davlat; yarimdavlat; kooperativ.
- Firmaning huquqiy holati: aksiyador jamiyat; korporasiya (AQSh); ommaviy kompaniya; mas’uliyati cheklangan jamiyat; xususiy kompaniya; to’liq o’rtoqlik; kommandit o’rtoqlik; shaxsiy firma.
- Kapital va nazorat bo’yicha firmani taaluqligi: milliy; xorijiy; aralash.
- Firmani tashkillanish tarixi va rivojlanish xususiyatlari: tashkil etilgan yili; asosiy birlashuvlar, qamrab olishlar; nomini o’zgarishlari.
- Firma kiradigan birlashmaning turi va unda firmaning holati: asosiy kompaniya (materinskaya kompaniya); filial; qizlik kompaniya (dochernyaya); assosiasiyali kompaniya.
-
Ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot nomenklaturasi:
asosiy tovarlar yoki tovarlar guruhi; mutaxassislik yo’nalishi; eksport va import nomenklaturasi.
- Muhim ishlab chiqariladigan mahsulotlar bo’yicha firmani dunyo bozoridagi o’rni: asosiy tovarlarni milliy (dunyo bo’yicha) ishlab chiqarish (sotish)da firmaning (udelnыy ves); mamlakatning eksporti va importidagi ulushi.
- Firma tashqi iqtisodiy faoliyatining ahamiyati va xarakteri: xorijdagi qizlik kompaniyalarning soni, shu jumladan ishlab chiqaruvchi, ularning joylashishi, faoliyat turi; firmaning (butunlay va muhim mahsulotlari bo’yicha) faoliyatida ishlab chiqaruvchi mamlakatdan eksportning ahamiyati (ulushi); firma faoliyatida import operasiyalarning ahamiyati, ularni geografik yo’nalganligi.
- Firmaning ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasi: ishlab chiqarish korxonalarning soni, joylashishi va ularning quvvati; sotuv korxonalarining, skladlarning va texnik xizmat ko’rsatish stansiyalarning soni, ularning joylashishi.
- Chiqariladigan yoki sotiladigan mahsulotlarning asosiy turlari bo’yicha muhim firmalar-kontragentlar va raqib firmalar.
- Boshqa firmalar bilan ishlab chiqarish-texnik va boshqa xo’jalik aloqalar (firmalarning nomlari, aloqa shakllari ko’rsatiladi).
- Firma boshqaruv apparatining tarkibi: direktorlar kengashi va boshqarmaning sonli tarkibi; ishlab chiqarish bo’limlarning nomlari, ularga biriktirilgan mahsulot nomenklaturasi, xo’jalik mustaqillik va javobgarlik darajasi.
-
Aksiyador kapital: mulkdorlar orasida aksiyalarni taqsimlash;
aksiyalarning asosiy paketi, ularning taaluqliligi va egalari.
- Firmani banklar bilan aloqasi va bu aloqalarning xarakteri.
Firma tashkil etilishini va faoliyatini huquqiy boshqarish
REJA:
1. Firmani ta’sis etish va ro’yxatga olish tartiblari.
2. Firma kapitalining tashkil etilishi va mansubligi.
3. Boshqaruv organlarini tuzish.
4. Firmani tugatish tartibi.
Tayanch tushunchalari: Firma, shartnoma, nizom, ta’sis xujjatlari, aksiyador jamiyat, ma’suliyati chegaralangan jamiyat.
Firmani ta’sis etish va ro’yxatdan o’tkazish tartibi.
Firmani tashkil etilishini kompaniyalar haqidagi milliy qonun orqali ta’sischilar amalga oshiradi. Ta’sischilar zimmasiga ta’sis xujjatlarini tayyorlash, kapitalni tashkil qilish, boshqaruv organlarini tayinlash, firmani ruyxatdan o’tkazish bo’yicha mulkiy va jinoiy javobgarlik yuklatiladi.
Ta’sischilar sifatida firmani tashkil etadigan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashadi. Aksiyadorlar - bu aksiyalarga ega bo’lgan hamma yuridik va jismoniy shaxslar. Ta’sis xujjatlar paketi asosan shartnoma va nizomdan iborat. Shartnomada korxonaning tuzilishi va ish jarayonidagi ta’sischilarning faoliyat masalalari aks ettirilgan. Nizomda esa firmaning faoliyati va ichki tashkillanish prinsiplari aks ettirilgan. Ta’sis shartnoma faqat ta’sischilarni hamda jamiyatning huquqi va majburiyatlarini ifodalaydi. Nizom esa hamma aksiyadorlarning huquqini ifodalaydi.
Nizom muhim xujjat hisoblanib, unda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan:
- firmaning nomi;
- faoliyat maqsadi;
- firmaning manzili;
- qatnashchilarning tarkibi;
- nizomdagi kapital qiymat;
- ishtirokchilar xissasining qiymati (qo’shilgan ulushi tarkibi);
- aksiya turlari, ularning nominal narxi va soni;
- nizom kapitalining shakllanish tartibi;
- aksiyadorlar soni;
- boshqaruv idorasining tarkibi, tuzilishi va vakolatlilik darajasi;
- qarorlar qabul qilish tartibi va faoliyatning muhim masalalari;
- firma haqidagi ma’lumotlarni chop etish usullari;
- firmani yopish va tarqatish tartibi.
Nizom ta’sischilar tomonidan ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlar (sud yoki notarius) tomonidan, firma ro’yxatga olinganda, tasdiqlanadi.
Firmaning nizomiga ishtirokchilarning ko’pchilik ovozi bilan qabul qilingan qaror orqali o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tadbirkorning firmaga huquqi shu firma ro’yxatdan o’tib tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Har bir firmani ro’yxatdan o’tilishi, unga firmaning nomi va tovar belgisiga ega bo’lish xuquqini beradi. Firmaning nomi tijorat xatlarning blankalarida, schyotlarda, muxrda, peshtoqlarda, tovar belgisida va reklamalarda aks ettiriladi.
Firmani ro’yxatdan o’tishi uchun quyidagi ma’lumotlar reyestrda yozilishi kerak:
a) firmaning to’liq nomi va manzili;
b) firma faoliyatining turlari va yo’nalishlari;
v) firmaning asosiy kapitali;
g) firmaning tashkiliy tarkibi;
d) firmaning majburiyati bo’yicha shaxsan javobgarlarning
familiyasi;
ye) firma ishini olib borish, biron amallarni bajarishda qo’l
qo’yishga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning ro’yxati.
Firma kapitalining tashkil etilishi va mansubliligi.
Bu shakl mulkchilikning iqtisodiy shakli asosida aniqlanadi: xususiy yoki jamoaviy. Mulkchilikning xususiy turi shaxsiy korxona (yakka tartibdagi) asosida amalga oshiriladi, jamoaviy shakli esa tadbirkorlar birlashmasini tuzish orqali: aksiyador jamiyatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyat, korporasiyalar. Kapitallarni birlashtirish mulkchilikning payli va aksiyadorlik shakli asosida yaratiladi. Payli shakldagi mulkchilik o’rtoqlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda mavjud. Aksiyadorlik turdagi mulkchilik esa bu aksiyador jamiyatlarida va korporasiyalarida mavjud.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatda kapitalni tashkil qilish.
Bu jamiyatning nizomli kapitali jamiyat ishtirokchilarining badallari asosida tashkil topadi. Bu kapital ishtirokchilarning ulushi, ya’ni paylarga bo’linib, ular guvohnoma ko’rinishida egasiga beriladi va qimmatbaho qog’oz hisoblanmaydi. Bu paylar parchalanmaydi va bir ishtirokchidan ikkinchisiga sotilmaydi. Pay jamiyat ishtirokchisiga bemalol jamiyatning umumiy majlisiga qatnashishga, divident olishga va agarda jamiyat tugatilsa, uning mulkining bir qismini olishga huquqi bor. Ishtirokchining badali pul ko’rinishida yoki moddiy boylik ko’rinishida bo’lishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisi – paychi jamiyatning majburiyati bo’yicha faqat o’zining payining qiymati miqyosida javobgar.
Aksiyadorlik jamiyatlarida kapitalning tashkil etilishi.
Aksiyador jamiyatning kapitali aksiyalarini chiqarish orqali hosil bo’ladi. Aksiyalar bir kishidan ikkinchi kishiga bemalol o’tishi mumkin. Aksiyalar egasiga divident olishga hamda umumiy majlisda hal qiluvchi ovozga ega bo’lish imkonini beradi. Divident olish uchun firmaning foydasi bo’lishi kerak va direktorlar kengashining yoki umumiy majlisning qarori bo’lishi kerak. Dividentning o’lchovi firma olgan foydaning o’lchoviga bog’liq.
Aksiyalar qimmatbaho qog’oz hisoblanib bir necha ko’rinishda bo’ladi, ya’ni nomiga berilgan, taqdim etadiganniki (aksii na pred’yavitelya), oddiy, imtiyozli va nominal bahosiz aksiyalar:
Nomiga berilgan aksiyalarda aksiya egasining familiyasi, ismi yoziladi va firma reyestoriga kiritiladi. Bunday aksiyalar ko’pincha AQSh va Shveysariyada keng tarqalgan va odatda firma aksiyadorlarning tarkibi bilan qiziqqan xolda ishlatiladi. Masalan, Shveysariyada firmalar va xukumat aksiyalarning aksariyat qismi chet elliklarning qo’liga tushishiga qarshi. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Taqdim etiladigan aksiyalarning egalari hyech qayerda ro’yxatga olinmaydi. Bunday aksiyalar bemalol bir kishidan ikkinchisiga sotilishi mumkin. Firma bu aksiyalarning egalarini umuman bilmaydi. Bunday aksiyalar xorijiy investorlarga sotilishi mumkin.
Oddiy aksiyalar ovoz berish huquqiga ega, lekin divident olishga kafolat bermaydi. Bu aksiyalarning eng oddiy shakli.
Imtiyozli aksiyalarning dividend bo’yicha imtiyozli to’lovlari aksiyador aksiyani sotib olishdan oldin shartnomada belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarda ovoz berish huquqi yo’q. Bunday aksiyalarni chiqarish masalasi albatta nizomda ko’rsatiladi.
Nominal bahosiz aksiyalar egasi firma tugatilganda uning moliyaviy mablag’larining bir qismini qaytarib olishi mumkin, lekin aksiyalarning nominal narxini emas.
Firmalar, aksiyalar chiqarishdan tashkari, faoliyatini moliyalashtirish maqsadida obligasiyalar chiqarishadi. Obligasiya egasi ma’lum bir prosent olishga haqlidir, lekin jamiyatni boshqarish masalalarida ovoz berish huquqiga ega emas. Agar firma tugatilsa, jamiyat kreditorlari sifatida obligasiya egasiga badallar birinchi navbatda qaytariladi.
AQShda aksiyador kapital 3 turga bo’linadi: nominal, chiqarilgan, to’langan.
Nominal kapital – firma pay chiqarishi mumkin bo’lgan kapitalning umumiy hajmi.
Chiqarilgan kapital – paychilar orasida taqsimlanayotgan paylarni chiqarish uchun ajratilgan nominal kapitalning bir qismi.
To’langan kapital – bu chiqarilgan kapitalning paychilar to’lagan qismi.
Boshqaruv organlarining shakllanishi.
Firma boshqaruv organlarining huquqi va xarakteri har bir mamlakatning qonuniga bog’liq. Ko’p hollarda boshqaruv tarkibi 3 va 2 qismlik bo’ladi. 3 qismlik boshqaruvga idora (boshqarma), direktorlar kengashi (kuzatuvchi kengash), aksiyadorlarning umumiy majlisi kiradi (AQSh, Germaniya, Shveysariya). Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) - Markaziy Yevropada joylashgan davlat.
| Germaniya (nem. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland) - Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,084 million kishi (30. Sentyabr 2014) |
2 qismlik boshqaruvga boshqarma va aksiyadorlarning umumiy majlisi kiradi.
Firma tugatilishining tartibi.
Firmaning tugatilishi sud orqali quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- agarda firma o’zini bankrot deb tan olsa;
- firma konunni buzgan bo’lsa;
- firma qonunga hilof ravishda ma’n etilgan faoliyat bilan
shug’ullansa;
- agar firma ekologik normani buzgan bo’lsa.
Sud firma tugatilishining tartibini belgilaydi. Qolgan hollarda firmaning tugatilish qoidalari nizomda ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tashkilotning elementlari va boshqaruv jarayonlari.
REJA:
-
Firmaning boshqaruv darajalari.
-
Direktorlar kengashi va uning funksiyasi.
-
Boshqarma va uning funksiyasi.
Tayanch tushunchalar: Tashkilot, direktorlar kengashi, boshqarma,
markaziy va operativ xizmat bo’limlari, tashkiliy tuzilma, funksionalaro guruhlar.
Yirik ko’ptarmoqli xalqaro kompaniyalarning boshqaruvini 3-ta asosiy darajalarga bo’lishimiz mumkin:
- yuqori daraja (direktorlar kengashi, qumitalar va idoralar);
- o’rta daraja (markaziy xizmat bo’limlari);
- quyi daraja (operativ xizmat qismlari yoki bo’limlari).
Boshqaruvning yuqori darajasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
- rivojlanishning strategik yo’nalishi va maqsadlarini aniqlash;
- faoliyatni juda katta miqyosda o’zaro muvofiqlashtirish;
- muhim ishlab chiqarish, xo’jalik va texnik qarorlarni qabul qilish.
Boshqaruvning o’rta darajasining vazifasi - firmaning hamma bo’lim va qismlarining faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish bilan uning rivojlanishida ishlash samaradorligini ta’minlash.
Boshqaruvning quyi darajasining vazifasi esa alohidagi bo’limlarning tashkiliy masalalarini operativ ravishda hal qilish.
Firmaning yuqori boshqaruvi va uning funksiyalari.
Yuqori boshqaruvga direktorlar kengashi bilan boshqarma kiradi. Direktorlar kengashining vazifasi firmaning umumiy siyosatini ishlab chiqish, boshkarmaning vazifasi esa uni amalga oshirishdir.
Direktorlar kengashi degan ibora AQSh, Angliya, Yaponiyada ko’p ishlatiladi. Ángliya (ingl. England) - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan.
| Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. |
Germaniyada esa u Kuzatuvchi kengash deyiladi. Direktorlar kengashi aksiyadorlarning umumiy majlisida saylanadi. Kengash a’zolarining soni firma nizomi bilan aniqlanadi va keyinchalik o’zgarishi mumkin. Kengashning raisi mavjud bo’ladi. Boshqarma formal ravishda aksiyadorlarning yoki paychilarning umumiy majlisida saylanadi, haqiqatda esa direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi va bevosita uning nazorati ostida faoliyat ko’rsatadi. Boshqarma Prezident tomonidan boshqariladi va bir nechta a’zolardan iborat. Ular direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqarmaning a’zolari o’ziga ajratilgan ishlarni boshqaradi yoki faqat boshqarma majlisida har hil masalalarni hal qilishadi.
Boshqarma aksiyadorlarning umumiy majlisiga yillik hisob, balans va foydani taqsimlash rejasini taqdim qiladi. Bu hujjatlar revizorlar va direktorlar kengashi tomonidan tekshiriladi va bir yilda bir marta aksiyadorlarning umumiy majlisida tasdiqlanadi.
Direktorlar kengashining funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- firma xo’jalik faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan kelib chiqqan
holda bosh strategiyani va rivojlanishning ko’p yillik rejasini tuzib chiqish;
- firma kapitalining tarkibini aniqlash va resurslarni taqsimlash;
- firma ichidagi bo’lim va qismlarning faoliyatini o’zaro
muvofiqlashtirish;
- qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va
boshqaruv faoliyatiga baho berib borish.
Odatda direktorlar kengashi har hil qarorlarni ishlab chiqmaydi. Ular har hil qumitalar tomonidan ishlab chiqilgan firma rivojlanishining strategik yo’nalishlari va tavsiyanomalarini muhokama qilib, tasdiqlaydilar. Bu qumitalar direktorlar kengashi qoshida tuziladi va turlicha bo’ladi: umumboshqaruv (ijroiyaviy, moliyaviy, revizion, siyosatni ishlab chiqish bo’yicha), funksional va informasion.
Boshqarmaning funksiyalariga quyidagilar kiradi:
- joriy rejalashtirish;
- ilmiy izlanish ishlari, ishlab chiqarish va savdo–sotiq ishlarini
boshqarish;
-
kompaniya va uning rahbariyatining muhim maqsadlarini amalga
oshirish uchun aniq rejalar, usullar va harakatlar ishlab chiqish;
- boshqaruvning tashkiliy shakllari bo’yicha qarorlar qabul qilish;
- boshqaruvning quyi pog’onalariga mansabdor shaxslarni yordamga
yuborib turish;
- kadrlar siyosatini olib borish;
- kompaniyaning moliyaviy holatini nazorat qilib borish;
- kompaniyaning yillik va kvartallik byudjetini tasdiqlash;
- operasiyalarning foydali ekanligini nazorat qilish;
- firma ichidagi aloqa va hisob kitoblarni ta’minlash.
Boshqarmaning rahbari bosh administrator hisoblanadi. U direktorlar kengashiga nisbatan ijrochi, boshqarmaga nisbatan esa boshqaruvchi hisoblanadi. Bosh administrator direktorlar kengashi tomonidan tayinlanadi va uning zimmasiga katta javobgarlik yuklatiladi.
Firma rivojlanishining maqsad va strategiyasini
ishlab chiqish.
REJA:
1. Maksadlarni shakllanishi va tartiblanishi (ranjirovaniye).
2. Strategiyani maksadlarga erishishning ullari va usullarini ishlab
chikish.
3. Xorijda strategik boshqarishning tajribasi.
Tayanch tushunchalari: strategiya, maqsad, iqtisodiy siyosat, istiqbolga rejalashtirish, umumiy va o’ziga hos maqsadlar.
Firmaning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish firma faoliyatining maqsadlarini, uzoq va yaqin istiqbolga uning rivojlanish strategiyasini aniqlashni nazarda tutadi. Bu ishlar firmaning mavjud bo’lgan imkoniyatlarini va mos bo’lgan resurslar bilan ta’minlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Firmaning maqsadlari uning rivojlanish mohiyatini va ishchanligining asosiy yo’nalishlarini aniqlab berishdir. Strategiya - mo’ljallangan maqsadlarning asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Bunda firmaning ilmiy-texnik imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Firmaning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutadi:
- strategik maqsad va masalalarni tuzish;
- firma faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish;
-
xo’jalik faoliyatining mavjud bo’lgan va istiqboldagi
yo’nalishlariga baho berish;
- tashqi atrofning kompaniya ishiga ta’sirini tahlil qilish;
-
ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyatining alternativ to’plamini
aniqlash;
- firmaning umumiy va xo’jalik markazlarining har yilgi byudjetini
ishlab chiqish.
Biron maqsadga erishish uchun ishlab chiqilgan strategiya boshqa maqsadga erishish uchun ishlatilmaydi. Odatda maqsadlar 2 xil bo’ladi:
a) umumiy;
b) o’ziga xos.
Umumiy maqsadlar firma rivojlanishining mohiyatini aks ettiradi va istiqbolga ishlab chiqiladi. Maqsadlar firma rivojlanish dasturining asosiy yo’nalishlarini aniqlashadi. Bu maqsadlar tuzilishi bilan birga ustunlikka qarab tartiblanadi. Misol qilib, quyidagi asosiy maqsadlarning tartiblanganligini keltiramiz:
a) optimal rentabellikni ta’minlash (sotish hajmi, daromadning normasi, bir aksiyaga to’g’ri keladigan daromad, maosh hajmi, aksiya narxi, mahsulotning sifati, bozordagi ulushi);
b) firma holatining turg’unligini ta’minlash;
v) firma rivojlanishining yangi yo’nalishlarini va yangi faoliyatlarni ishlab chiqish.
O’ziga xos maqsadlar umumiy maqsadlar doirasida har bir ishlab chiqarish bo’limlarida faoliyatning asosiy turlari bo’yicha ishlab chiqiladi. Ular son va sifat ko’rsatkichlarida ifodalanishi mumkin. O’ziga xos maqsadlarning asosiylaridan biri - daromad markazi xisoblanadigan, har bir alohidagi bo’limlarning rentabelligini aniqlashdir.
Maqsadga erishishning strategiyasini ishlab chiqish.
Firmaning strategiyasi - bu kompaniyaning aniq mo’ljallangan maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan, istiqbolga mo’ljallangan chora tadbirlar tizimi. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishning mohiyati shundan iboratki, rivojlanishning ko’plab alternativ yo’nalishlaridan birini tanlab, shu tanlangan yo’lga ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyatini yo’naltirish lozim. Hozirgi davrda rivojlanayotgan strategik boshqarish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-
ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyatining boshqarish tarkibini
holatidan qat’iy nazar korporasiyaning strategik maqsadlari uchun resurslar ajratish;
- har bir strategik maqsadni boshqarish uchun markazlar tashkil qilish;
-
har bir ishlab chiqarish bo’limlari va ularning rahbarlarini
strategik maqsadlarga qay darajada erishganligiga qarab, ularga baho berish va rag’batlantirish.
Strategiyani ishlab chiqish boshqaruvning yuqori pog’onasida amalga oshiriladi va quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: kompaniyaning strategik maqsadlarini ishlab chiqish, uning imkoniyatlariga va resurslariga baho berish, marketing faoliyatining yo’nalishini tahlil qilish, faoliyatning alternativ yo’llariga baho berish, istiqbolga strategiyani aniqlash, batafsil operativ rejalarni va byudjetlarni tayyorlash va firmaning faoliyatiga baho berish.
Bu tizim quyidagilarni e’tiborga oladi:
- tashqi omillarni doimiy ravishda kuzatish va tahlil qilish (bozorning holati, ilmiy texnik, umumiqtisodiy, ijtimoiy holat);
-
tahlil natijalarini va ularga baho berish natijalarini
firmaning yuqori pog’onadagi rahbariyatiga yetkazish.
Rahbariyat esa masalalarning yechilishiga va zaruriyatiga qarab, ularni
tartiblaydi:
a) xozirning o’zida ko’rib chiqiladigan eng zarur va muhim masalalar;
b) keyingi rejalangan davrda hal qilinishi mumkin bo’lgan o’rtacha
zarurli muhim masalalar;
v) doimiy nazoratni talab qiladigan muhim, lekin uncha shoshilinch
bo’lmagan masalalar;
g) e’tiborga loyiq bo’lmagan va hal qilinishi uncha shart bo’lmagan
masalalar.
Strategik boshqarish shuni ko’zda tutadiki, firma o’zining istiqbolga mo’ljallangan holatini maqsadlarning ustunligiga qarab aniqlaydi. Ana shuning uchun firmalarning quyidagi klassifikasiyalangan strategiyalari mavjud:
-
bozor – mahsulot strategiyasi (mahsulot va texnologiyalarning
turlarini aniqlash, ularni sotish usullari va sohasi, mahsulotni raqobatga ega bo’lish darajasini oshirish yo’llarini aniqlash);
-
marketing strategiyasi (maxsulotning bozordagi xolatini
kuchaytirish, maxsulotni realizasiya qilishning tadbirlarini ishlab chiqarish);
-
raqobat bilan bog’lik bo’lgan strategiya (ishlab chiqarish
harajatlarini kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish);
-
tarmoqlarni boshqarish strategiyasi (firmaning yuqori
boshqarmasi yangi tarmoqlar hisobidan faoliyat turlarini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni diversifikasiya qilish maqsadida faoliyat turlarini va mahsulot nomenklaturasini doimiy nazorat ostiga oladi);
-
yangilik kiritish strategiyasi (innovasion siyosat) (yangi texnologiya
va yangi mahsulot turini ishlab chiqish uchun yo’naltiriladigan ishlar);
-
kapital quyilmalar strategiyasi (firmaning faoliyati natijasida
mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosida kattaligiga qarab kapital quyilmalar darajasini aniqlab borish);
-
rivojlanish strategiyasi (firmaning rivojlanish va ishlash
darajasini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan maqsadlarni ishlab chiqish);
-
o’ziga qamrab olish strategiyasi (boshqa kompaniyalarning
aksiyalarini sotib olish);
-
chet elda mablag’ sarflash strategiyasi (chet elda o’zining
korxonalarini tashkil qilish);
- eksport faoliyatini kengaytirish strategiyasi;
-
tashqi iqtisodiyotga tarqalish strategiyasi (ekspansiya) (chet elda
ishlab chiqarishni tashkil qilish, uchinchi mamlakatlarga mahsulotlarni va xizmatlarni eksport qilish, chet elda lisenziyalashtirish).
Strategik-boshqaruv qarorlari ko’p xollarda firmani boshqarish prinsiplariga, uni rivojlanish istiqbollariga va rejalashtirishning qabul qilingan usullariga bog’liq. Xozirgi sharoitda boshqarishning quyidagi uslublari va prinsiplari keng tarkalgan:
-
nazorat ostida boshqarish ishlatiladi, qachonkim istiqbolda bir
maromdagi rivojlanish nazarda tutilsa; moliyaviy nazorat ishlatiladi;
- ekstrapolyasiya asosida boshqarish (narsa yoki hodisaning bir qismini
kuzatish asosida olingan hulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tadbiq etish) ishlatiladi, qachonkim istiqbolda o’tgan davrdagidek rivojlanish tendensiyalar nazarda tutilayotgan bo’lsa; bu maqsadda joriy byudjetlarni, kapital quyilmalar byudjetini tuzish, maqsadli boshqarish, uzoq muddatli rejalashtirish amalga oshiriladi;
-
prinsipial yangi bo’lgan strategiyani ishlab chiqish asosida
boshqarish ishlatiladi, qachonkim boshqarishning yangi uslublari va prinsiplarini qabul qilishni talab qiladigan, rivojlanishning yangi tendensiyalariga zarurat tug’ilsa va qachonkim yangi strategik holatlarni (pozisiyalarni) ishlab chiqish hamda davrlar bo’yicha strategik rejalarni ishlab chiqish qo’llanilsa.
-
operativ Qarorlar kabul qilish asosida boshqarish ishlatiladi,
qachonkim rivojlanishning ko’zda tutilmagan holatlari va tendensiyalari behosdan paydo bo’lsa.
Boshqaruv qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish jarayoni.
REJA:
-
Boshqaruv qarorlari jarayonining mazmuni va bosqichlari.
-
Menejment texnologiyasiga talablar.
-
Boshqaruv qarorlarni qabul qilish mexanizmi.
Tayanch tushunchalar: boshqaruv qarori, samaradorlik mezoni, menejment texnologiyasi, iyerarxiya, vertikal va gorizontal aloqalar.
Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi:
- maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish;
- olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish;
- samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash;
-
muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan
muhokama qilish;
- optimal qarorlarni tanlash va ifodalash;
- qaror qabul qilish;
- ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish.
Menejment texnologiyasi boshkarmaga oid qarorlarni 3 bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraydi: qarorni tayyorlash; qaror qabul qilish; qarorni amalga oshirish.
Qarorni tayyorlash bosqichida holatning mikro- va makrodarajadagi iqtisodiy tahlili o’tkaziladi, bunga axborotlarni qidirish, yig’ish va ishlov berish hamda yechilishi kerak bo’lgan muammolarni ifodalash kiradi.
Qarorni qabul qilish bosqichida harakatning alternativ yechimlari va yo’nalishlarini ko’p variantli hisob – kitoblar yordamida ishlab chiqish va ularga baho berish, optimal qarorlarni tanlash me’zonlarini aniqlash, eng yaxshi qarorlarni tanlash va qabul qilish amalga oshiriladi.
Qarorni amalga oshirish bosqichida esa qarorni chuqurroq aniqlashtirish va uni ijrochilarga yetkazish, qarorni bajarilishini nazorat qilish, zarur bo’lsa ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish, qaror bajarilishi natijasida olingan natijalarga baho berish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish usullari:
- rahbar malakali ekanligi, shu faoliyat bilan yaqindan tanish
ekanligi asosida, sezgirlikka (intuisiyaga) asoslangan usul;
- qator yillar davomida egallagan tajribaga asoslanib, ketma-ket
isbotlarni keltirib, sog’lom fikrlash orqali qaror qabul qilish usuli;
- ko’plab axborotga ishlov berish asosida, optimal yechimni tanlashni
nazarda tutadigan, qabul qilinadigan qarorlarni asoslashga yordam beradigan, ilmiy – amaliy yunaltirishga asoslangan usul.
Menejmentning texnologiyasiga talablar.
Bunga quyidagilar kiradi:
- muammolarni ifodalash;
- har hil funksiyalarni bajaradigan firma boshqaruvining har hil
pog’onasida bo’lgan bo’linmalardan ma’lumot keltirib turish;
- qaror qabul qilishda shu boshqaruv bo’linmalarining imkoniyatlari va
manfaatlarini e’tiborga olish;
- juda qattiq tartib intizom bo’lishi shart.
Qaror qabul qilishda quyidagi omillarni ishlatish nazarda tutiladi.
- iyerarxiya;
- funksionalaro guruhlar;
- formal bo’lgan qoidalar;
- rejalar;
- gorizontal aloqalar (bir sathdagi)
Menejmentning Amerikacha uslubi bu uzoqni ko’zlash, shuning uchun istiqbolga rejalanadi, bashorat etiladi, marketing ishlatiladi, chunki iste’molchini yaxshiroq bilish kerak, uning tabiatiga moslashish kerak, oldindan bozorning o’zgarishiga e’tibor qilish kerak va ishlab chiqarish sohasida o’z vaqtida zarur bo’lgan qarorlar qabul qilish kerak.
Amerika firmalarning boshqaruv falsafasi shundan iboratki, firma hodimi yoki ishchisining maqsadi firma maqsadi bilan mos tushadi. Ana shu asosda quyidagi prinsip amalga oshadi: menejer har bir xodimni yaqindan bilish zarur. Firmaning asosiy masalalaridan yana biri - kapital quyilmalarni to’g’ri, samarali ishlatish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Yangi mahsulot yaratishda qabul qilinadigan qarorlar jarayoni 4 ta ketma-ket bosqichdan iborat:
1. Yangi mahsulot yaratish g’oyasi yoki maqsadi va konsepsiyasi ishlab
chiqiladi;
2. Yangi mahsulot bo’yicha qo'mita shu yangi mahsulotni ma’qullasa,
marketing mutaxassislari, texnolog mutaxassislari tomonidan bu yangi mahsulot ishlab chiqariladi. Buyumning dastlabki ishlab chiqarilgani ishlab chiqarish bo’yicha injenerlar tomonidan o’rganiladi va bitta mahsulot necha pul bo’lishini, uning sotiladigan narxini, foydani, sotilish hajmini, rentabelligini va hokazolarni tahlil qiladi. Undan keyin mahsulotning oxirgi varianti va sotish rejasi yangi mahsulotlar bo’yicha qumitaga yakuniy tasdiqlash uchun taqdim qilinadi.
3. Yangi mahsulot laboratoriyada va «bozorda» sinovdan o’tkaziladi.
Sinov natijasida, zarur bo’lsa, ba’zi bir o’zgartirishlar kiritiladi va uni bozorga joriy qilish uchun kengaytirilgan rejasi tuziladi. Shu bilan birga, shu mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun pul bilan ta’minlanishi hal qilinadi.
4. Uzluksiz, kengaytirilgan masshtabda mahsulotni ishlab chiqarishga
o’tiladi. Bu bosqichda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) mahsulot sifatini nazorat qilib borish;
b) xom ashyoning zaxiralarini yaratish;
v) material va komplekt qismlarni zapas qilib turish;
g) reklama qilib turish;
d) ulgurji savdo tizimini yaratish;
ye) savdoni rag’batlantirib turish.
Qaror qabul qilishda umumiy boshqaruv deganda, qaror qabul qilish jarayoni bitta umumiy rahbar qo’lida deb tushuniladi. U esa o’z navbatida yuqori rahbarga buysunadi. Bu yerda, qarorni qabul qilishda iyerarxiya hosil bo’ladi, ya’ni har bir rahbar o’zining rahbari bilan maslahatlashadi. Qaror qabul qilish qoidalari yoki normativlari odatda firmaning o’zida ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Bu qoidalarda aniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishda kerak bo’lgan harakatlar ko’rsatiladi. Bu qoidalarning maqsadi har hil bo’linmalarni o’zaro muvofiqlashtirish. Bu qoidalar 3 turga bo’linadi: operativ, strategik, tashkiliy.
Operativ qoidalar – bu o’rta boshqaruv zvenolarda ishlatiladigan har hil instruksiyalar.
Strategik qoidalar – bu ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini aniqlash, xizmat turini aniqlash, narxlar o’rnatish usullari, sotish shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari kiradi.
Tashkiliy qoidalar mahalliy yoki davlat qonunlariga asoslanadi. Bunga firma faoliyatining maqsadi va harakterini aniqlash, uni davlat tashkilotlari bilan munosabati, firma nizomi, huquqiy shakllari kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Bu qoidalar firmaning egasini, uning huquqi va javobgarligini, dividendlar o’lchovini, yuqori boshqaruvchilarning maoshi va premiyalarini, okladlar sxemasini, kapital quyilmalar limitini va boshqalarni belgilaydi.
Rejalar boshqarishning qarorlarini qabul qilishda har hil bo’linmalarning faoliyatini o’zaro mavofiqlashtirish vositasidir.
Ikki tomonlama qarorlar qabul qilishda bir sathdagi rahbarlarni yuqoridagi rahbarlar bilan maslahatlashmasdan individual harakatlar natijasida qabul qilingan qarorlar.
Menejmentning axborot ta’minoti.
REJA:
1. Menejment axborot ta’minoti tizimining funksiyalari.
2. Axborotli faoliyatning texnologiyasi.
3. Axborot ta’minotning tashkillantirinishi.
4. Xozirgi zamon axborot texnologiyalar.
Tayanch tushunchalar: axborot tizimlari, hisob, hisobot, buxgalteriya, operativ, moliyaviy va statistik hisobotlar.
Hozirgi sharoitda muhim yo’nalishlardan biri bu axborot ta’minoti hisoblanadi. Unga asosli boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash kiradi. Boshqaruvning yuqori pog’onasiga firma faoliyati va holati haqidagi axborotni yetkazish hamda firmaning hamma bo’linmalari o’rtasida axborotlar bilan o’zaro almashish xozirgi zamon elektron-hisoblash texnikasi va aloqaning boshqa texnik vositalari asosida amalga oshiriladi.
Ko’plab firmalar uchun firma ichidagi axborot tizimi texnologik jarayonni tashkil etishda ishlatiladi. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlarni yetkazishda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, operativ qarorlarni qabul qilishni talab qiladigan, ishlab chiqarish jarayonida paydo bo’ladigan chetlanishlar haqidagi axborotlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorlarni qabul qilishda yangi ilmiy bilimlar, ixtirolar haqidagi ma’lumotlar, o’zining firmasi va raqib firmalarning texnik yangiliklari muhim rol o’ynaydi.
Axborot boshqaruv qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish uchun mos bo’lgan ma’ruzalar, hisobotlar va takliflarga asos bo’lib xizmat qiladi.
Axborotga quyidagi talablar qo’yiladi:
- qisqa, aniq ifodalanishi, o’z vaqtidaligi;
- aniq boshqaruvchilarning ehtiyojini qondirish;
- aniqligi va ishonchliligi, boshlang’ich ma’lumotlarni to’g’ri tanlash,
ma’lumotlarni uzluksiz yig’ish va ularga ishlov berish.
Xozirgi sharoitda yirik sanoat firmalarda boshqaruv qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayoniga xizmat qiladigan axborot tizimlari yaratilgan va samarali ishlamoqda. Ular quyidagi vazifalarni hal qiladi: ma’lumotlarga ishlov berish, axborotlarni qayta ishlash, intellektual faoliyatni amalga oshirish.
Firma ichidagi boshqaruv tizimni samaraliligini aniqlash uchun ko’p firmalarning hisob va hisobotlarida quyidagi ko’rsatkich, ya’ni olinadigan foydani texnik vositalarga va firma ichidagi axborot tizimini ishlashini ta’minlashga ketadigan harajatlarga nisbati ko’rsatkichi ishlatiladi.
Asosiy prinsiplar va maqsadlar quyidagilardan iborat:
- yo’nalishiga qarab, axborotning mazmuni va uning xarakteriga ko’yiladigan talablarni aniqlash;
- markazlashgan va markazlashmagan boshqaruvda axborotni saqlash, ishlatish, taqdim etish tizimini ishlab chiqish;
- firmada va xar bir xo’jalik bo’limida texnik vositalarga (shu jumladan kompyuter texnikasiga) bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
-
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlar bankini yaratish
va ishlatish;
- marketing dasturlarini ishlab chiqish jarayonida, rejalashtirishda, nazoratda, sonli ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishda ko’pvariantli hisob-kitoblarni o’tkazish;
- matnli axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish va ularni chiqarish;
- nusxa ko’chirish qurilmalar, telekslar, hamma aloqa va kommunikasiya vositalari bilan ta’minlash;
- kompyuter texnikasini ishlatish asosida ma’muriy-boshqaruv mehnatni avtomatlashtirish.
Firma ichidagi axborot tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
- firmada moliyaviy axborotning sifatini oshirish va o’z vaqtida yetkazish maqsadida boshqaruvning yuqori pog’onasida va ishlab chiqarish bo’linmalarida moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlarini to’plash va ishlov berish faoliyatini o’zaro muvofiqlashtirish;
- boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish va saqlash tizimining asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash.
Firma ichidagi axborot tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- har bir aniq rahbarning firmaning ishlab chiqarish – savdo faoliyatini operativ boshqarish maqsadida kerak bo’lgan axborotning xarakteri va mazmuniga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
- butun kerak bo’lgan axborot bilan ta’minlash maqsadida firmani va har bir boshqaruvchini texnik vositalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
- axborot tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida texnik vositalarni sotib olish, arenda qilishga ketadigan hamma harajatlarni markazlashgan holda rejalashtirish;
- axborot tizimida texnik vositalarni ishlatishga ketadigan xarajatlar darajasini aniqlash (xizmat ko’rsatish personalini saqlash va o’qitish, foydalanilayotgan xonalar uchun to’lash, disketalar, lazer disklar, qog’ozlar va h.k.);
- axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning yuqori darajasini ta’minlash;
- dasturiy vositalar, amaliy dasturlarni ishlab chiqish.
Ishlab chiqarishni operativ boshqarish tizimida kompyuterlar quyidagi masalalarni yechish uchun ishlatiladi:
- ishlab chiqarishning operativ rejalarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilishda;
- ishlab chiqarish jarayoni uchun kerak bo’lgan materiallarning zaxiralarini xarakatini nazorat qilishda;
- maoshlarni hisoblashda;
- zakazlarni kelishini nazorat qilishda;
- mahsulotni sotish haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishda;
- to’lovlarning kelib tushishini qayd etishda;
- hisob va hisobotni olib borishda.
Boshqarmalarga oid hisoblar bu boshqarish faoliyatining yangi turi, uning maqsadi firmaning moliyaviy xo’jalik faoliyati natijasining tahlili uchun shu firmaning boshqaruv qismiga operativ va moliyaviy hisobning ma’lumoti bilan ta’minlash va shu asosda optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Boshqaruv faoliyati axborot ta’minotning texnik rivojlanishi sari, bir tomondan firma ichidagi ma’lumotlar bazasini (MB) yigish, ikkinchi tomondan operativ faoliyat uchun tezda kerak bo’lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Boshqarmaga oid hisob boshqaruvning boshqa funksiyalari bilan chambarchas bog’langan, ayniqsa rejalashtirish bilan. Boshqarmaga oid hisob firma ichidagi boshqaruv tarmog’i sifatida o’z ichiga hisob va hisobotning 4 ta turini oladi: buxgalteriya hisobi; operativ hisobot; moliyaviy hisobot; statistik hisobot.
Ularning har biri o’ziga xos har xil spesifik funksiyalarni bajarib, hisobotning aniq shakllariga ega.
Buxgalteriya hisobi - bu firmaning operativ boshqaruvi, moliyaviy va statistik hisoboti uchun mo’ljallangan joriy xo’jalik faoliyati natijasi haqidagi katta ma’lumotlar tizimidir. Buxgalteriya hisobining maqsadi boshqaruv uchun MB yaratish.
Buxgalteriya hisobi tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- mijozlar bilan pul tadbirlari va hisob kitoblari, ishlab
chiqarish zaxiralari, asosiy mablag’ va nomoddiy aktivlar, kapital quyilmalar, tayyor mahsulot sotish, fondlar, rezervlar va zayomlar hisobotini olib borish;
- moliyaviy natijalarning hisobotini va tahlilini olib borish va
foydani ishlatish;
- ishlab chiqarish hisobining prinsiplarini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
-
statistik ma’lumotlarni yig’ish va statistik hisobot olib
borish.
Shunday qilib buxgalteriya hisobi resurslarning holati va harakterini, mahsulot ishlab chiqarishning harajatlari va uni amalga oshirish natijalarini qayd qiladi.
Operativ hisobot – firmaning joriy har kungi boshqaruviga xizmat qilish, buning asosida buxgalteriya hisobi turadi. Operativ hisobotning asosiy ko’rsatkichlari bu daromad va harajatlar, shu jumladan chiqarilayotgan mahsulotning hamma turining tan narxini kalkulyasiya qilish.
Moliyaviy xisobot – bu firmaning pul mablag’lari va moliyaviy xo’jalik resurslarning ishlatilishi haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, umumlashtirish va saqlash tizimidir. Bunga: ta’minlab turuvchi, sotuvchi, boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan hisob kitobni olib borish va hamma moliyaviy amallarning hisobini olib borish kiradi. Moliyaviy hisobot asosida moliyaviy natija aniqlanadi va moliyaviy hisobot tuziladi, ya’ni:
- balans hisobi;
- daromad haqidagi hisobot;
- moliyaviy holat haqidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Statistik hisobot – bu hamma firmalar uchun zaruriy tadbir bo’lib, u moliyaviy hisobotga o’xshab, butunlay yoki yaxlit tanlangan bo’lishi mumkin. Statistik hisobot operativ va moliyaviy ma’lumotlardan tashqari mustaqil kuzatish orqali ham tuziladi. Statistik ma’lumotlar moliyaviy ma’lumotlarni pul o’lchovi bilan baholanmaydigan har hil jarayonlar va hodisalar bilan to’ldiradi.
Ma’lumotlarning ichki foydalanuvchilari bu kompaniyaning yuqori rahbariyati va boshqaruvning hamma sathidagi menejerlar. Moliyaviy hisobotning tahlili asosida ular:
- moliyaviy resurslarga bo’lgan talabni aniqlashadi;
- investision qarorlar to’g’ri qabul qilinganligiga baho berishadi,
kapital tarkibining samarali bo’lishini aniqlashadi;
- rejaviy ko’rsatkichlarga qarab baho berishadi;
- dividendlar siyosatini ishlab chiqib, amalga oshirishadi;
- firmaning tarkibini o’zgartirish haqida takliflar kiritishadi.
Ma’lumotning tashqi foydalanuvchilari:
- aksiyadorlar (shaxslar yoki banklar);
- firmani moliya bilan ta’minlovchilar (firma egalari yoki
kreditorlar);
- firma mahsulotining ta’minotchilari va iste’molchilari;
- firma hodimlari va kasaba uyushmasi;
- soliq tashkilotlari;
- xukumat tashkilotlari;
- fond birjalari;
- matbuot;
- tadbirkorlar birlashmasi va boshqalar.
Hamma tashqi foydalanuvchilarni birinchi navbatda firmaning moliyaviy va xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlar qiziqtiradi. Shu asosda:
- aksiyadorlar shuni bilishi kerakki, dividend olishadimi, yo’qmi,
aksiyalarni qachon sotib olish kerak, shu aksiyalarni ushlab turish kerakmi, yo’qmi;
- kreditorlarga: kredit berish va muddatini qo’yish kerakmi, yo’qmi,
kredit berish shart sharoitlari, shu kredit bo’yicha garov bormi, yo’qmi;
- investorlarni firma kapitalining tarkibi, resurslarni samarali
ishlatilishi qiziqtiradi;
- haridorlar zarur bo’lgan mahsulotlar bilan ta’minlanishadimi,
yo’qmi;
- hodimlar firma faoliyatining ahvoli bilan qiziqishadi, chunki
ularni o’ylantiradigan masala – ish joyi saqlanadimi, maoshi oshadimi,, yukmi;
- soliq tashkilotlari moliyaviy hisobotning to’g’riligini tekshiradi;
- xukumat tashkilotlari moliyaviy yordam berishga manfaatdor;
- fond birjalari firmani registrasiya qilish uchun moliyaviy
hisobotlarini tahlil qilib chiqadi;
- matbuot firma haqida ma’lumot to’plab, reklama qilishdan
manfaatdor;
-
tadbirkorlar uyushmasi umumlashgan statistik ma’lumotlar
tayyorlash uchun firmaning moliyaviy hisobotidan foydalanadi;
Shunday qilib, boshqarmaga oid hisob va hisobotlar birgalikda iqtisodiy ma’lumotni tashkil qiladi.
Ma’lumotning sifat ko’rsatkichiga quyidagilar kiradi:
- ma’lumotning o’rinli va o’z vaqtida ekanligi;
- ma’lumotning ishonchli ekanligi;
- ma’lumotni taqqoslash mumkin ekanligi;
- ma’lumotning hammabop va tushunarli ekanligi;
- ma’lumotning maxfiyligi.
Firma ichidagi rejalashtirish.
REJA:
-
Firma ichidagi rejalashtirishning maqsad va vazifalari.
-
Firma ichidagi rejalashtirishning tashkiliy turlari.
-
Chet el kompaniyalarda firma ichidagi rejalashtirishni
tashkillashtirish xususiyatlari.
Tayanch tushunchalar: istiqbolga rejalashtirish, o’rta muddatli
rejalashtirish, joriy (taktik) rejalashtirish.
Rejalashtirishni shakllar va rejalar turining mazmuni, maqsadi va vazifalariga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
- rejalashtirish shakllarini rejali davrning katta kichikligiga qarab, quyidagilarga ajratish mumkin: istiqbolga rejalashtirish, o’rta muddatli rejalashtirish va joriy (operativ) rejalashtirish.
- rejalar turlari, birinchidan, xo’jalik faoliyatining mazmuniga karab: ishlab chiqarish rejalari, ilmiy izlanish rejalari, sotuv rejalari, moddiy texnika ta’minoti rejasi, moliyaviy rejalar; ikkinchidan, firmaning tashkiliy tuzilmasiga qarab ajratiladi, yani ishlab chiqarish bo’limining rejasi, marketing bo’limining rejasi, firmaga qarashli bo’lgan filiallarning rejasi va hokazo.
Rejalashtirish darajasi va sifati quyidagi zaruriy shartlar bilan aniqlanadi:
- boshqaruvning hamma sathidagi rahbariyatining puxta bilimliligi;
- mutahassislarning malakasi;
- malumotlar bazasining mavjudligi;
- kompyuterlar bilan ta’minlanganligi.
Maqsadlarga bog’liq bo’lgan rejalashtirishning bazi bir xususiyatlarini ajratish mumkin:
- amerika kompaniyalarida hamma bo’linmalar strategiyalarini
birlashtirish va resurslarni taqsimlash;
- angliya kompaniyalarida resurslarning taqsimotiga mo’ljallanish;
- yaponiya kompaniyalarida yangiliklarni joriy qilishga va
qarorlarning sifatini oshirishga mo’ljallanish.
Rejalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: maqsadlarni asosli
ravishda tanlash; siyosatni aniqlash; chora va tadbirlarni ishlab chiqish, maqsadga erishish usullari; keyingi uzoq muddatli qarorlarni qabul qilish uchun asos bilan taminlash.
Rejalashtirish bu boshqarishning dastlabki bosqichi bo’lib, operasiyalarning, amallarning majmuasi tugaganiga qadar davom etadigan jarayon. Rejalashtirish firmaning imkoniyatini optimal ishlatishda hato qilishga yo’l qo’ymaslikni nazarda tutadi.
Rejalashtirish quyidagilarni aniqlashni o’z ichiga oladi:
- oxirgi va oraliqdagi maqsadlarni aniqlash;
- maqsadga erishish uchun yechilishi kerak bo’lgan masalalarni aniqlash;
- shu masalalarni yechishning chora va usullarini aniqlash;
- zarur bo’lgan resurslarni, ularning manbalarini va taqdirlash
usullarini aniqlash.
Yechilayotgan masalalarning xarakteri va yo’nalishiga qarab uch hil rejalashtirish mavjud: strategik, o’rta muddatli, taktik (joriy).
Strategik rejalashtirishda firma faoliyatining asosiy maqsadlarini aniqlash, mo’ljallangan maqsadga qaysi usullar bilan erishish, yakuniy natijalarni aniqlash, qanday resurslar bilan ta’minlash masalalari o’z ifodasini topadi. Bundan tashkari, bu rejalashtirishda firmaning yangi imkoniyatlari ishlab chiqiladi.
Joriy rejalashtirish esa strategik maqsad va masalalarni amalga oshirishda oraliqdagi maqsadlarni aniqlashni nazarda tutadi. Bu yerda masalalarni yechishning vosita va usullari, resurslarning ishlatilishi, yangi texnologiyani joriy qilish batafsil ifodalandi.
Rejalashtirish bilan bog’lik bo’lgan quyidagi ifodalar mavjud:
- rejalilik (muntazamlik);
- rejaga asoslanganlik;
- rejalashtirish - bu boshqarishning zaruriy funksiyasi;
- rejali vazifalar - bu boshqarish usuli;
- rejani ishlab chiqish va amalga oshirish - bu boshqarish
jarayonining asosiy mazmuni.
Istiqbolga rejalashtirish, uning turlari va maqsadlari.
|