• 2-asosiy savol bayoni
  • -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi




    Download 322,14 Kb.
    bet10/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Ta`lim samaradorligini oshirishda
    sifat nazoratini tashkil etishda o’qituvchilarning vazifalari tushunchalarini talabalarda 
    shakllantirish.

    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. Ta`lim samaradorligini oshirishda sifat nazoratini tashkil etishda o’qituvchilarning
    vazifalari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.
    2. Ta`lim samaradorligini oshirishda sifat nazoratini tashkil etishda o’qituvchilarning
    vazifalari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.



    13


    2-asosiy savol bayoni: Uzluksiz ta`lim tizimida informatika fanini o’qitishda
    ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim 
    ahamiyatga ega. Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni
    bilishi zarur: 
    - boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etish; 

    - ta`limda sifat tushunchasi;


    - ta`limda sifat nazoratini tashkil etish; 
    - ta`lim sifatini belgilovchi omillar;
    - sifatni baholash mezonlari; 
    - sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi);
    - nazorat monitoningi va uning yuritilishi; 
    - yakuniy natijalarni baholash va qo’shimcha tadbirlar belgilash.
    Ta`limda sifat - qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotgan 

    ishlarning nazorati va baholash bo’yicha olingan natijalarning monitoringi.


    Qaysi ta`lim muassasisida boshqaruv mexanizmi ilmiy asosda to’g’ri tashkil 
    etilgan bo’lsa, ta`lim muassasasi rahbariyatining bosh vazifalaridan biri bo’lgan ta`lim
    mazmuni va sifat ko’rsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga 
    yo’naltirilgan bo’lsa, shu ta`lim muassasasida ta`limning sifat nazoratini tashkil etish va
    uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim. Buning 
    uchun ta`lim muassasasi rahbariyati ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan asosiy
    vazifalarni ishlab chiqish va ushbu vazifalarning bajarilishi monitoringini olib borish 
    uchun sifat komissiyasi tuziladi.
    Ta`lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta`lim sifatini baholash 
    mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta`lim sifatini baholab boradi, duch
    kelinayotgan muammolar bo’yicha qo’shimcha tadbirlar belgilaydi. 
    Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta`lim muassasasi
    rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan ta`lim sifatini belgilovchi omillar aniqlab 
    olinadi.
    Ta`lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
    - DTS, o’vuv reja, o’quv dasturlar;
    - darslik, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ularning elektron 
    ko’rinishlari, elektron darsliklar;
    - o’qitishning texnik va multimedia vositalari; 
    - laboratoriya va multimedia jihozlari;
    - fan bo’yicha nazariy darslar; 
    - fan bo’yicha didaktik materiallar;
    - o’qituvchi-pedagoglar; 
    - o’quv va pedagogik amaliyoti va hokazo.
    Ushbu omillarning bajarilishi yoki mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf 
    etish uchun ta`lim muassasasi rahbariyati tomonidan ta`limda sifat nazoratini olib borish
    uchun ishchi guruhning mantiqiy tizimi ishlab chiqiladi (1-rasm). 


    14

    1-rasm. Ta`lim muassasasida sifat nazorati tashkiliy tuzilmasi 

    Ta`lim


    sifatini
    belgilovchi 
    omillarning
    asosiylaridan 
    biri
    o’qituvchi- 

    pedagoglardir. O`qituvchi-pedagoglarning ta`lim jarayonini sifatli tashkil etishdagi


    ijodkorligi, izlanuvchanligi, pedagogik mahoratlarini baholab borish va mehnatlariga 
    yarasha moddiy va ma`naviy rag’batlantirib borish ta`lim mazmuni va sifat
    ko’rsatkichlarini oshirishning asosiy elementlaridan biridir. 
    Biz yashayotgan bugungi davr ta`lim va tarbiyada ilg’or pedagogik
    texnologiyalar elementlari hamda tajribalarini joriy etish natijasida ta`lim 
    samaradorligini oshirish bilan xarakterlanadi. Bunda o’qituvchi-pedagoglar o’z
    bilimlarini oshirib, pedagogik texnologiya metodlarini o’zlashtirib olmoqdalar va 
    ulardan o’z kasbiy faoliyatida foydalanmoqdalar. Bu borada o’qiuvchi-pedagoglar
    oldida quyidagi vazifalar turadi: 
    - ta`lim maqsadini, vazifasini va mazmunini aniqlash;
    - o’quv materialini ta`lim oluvchining intelektual salohiyatiga, yoshiga moslik 
    darajasini va o’zlashtirish saviyasini loyihalash;
    - turli xil murakkablik darajadagi nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish; 
    - ta`lim berish natijasi va uning samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab
    chiqish; 
    - darsda va darsdan tashqari vaqtlarda beriladigan mustaqil ta`lim uchun mustaqil
    ish topshiriqlarini rejalashtirish, ularning tizimi va mazmunini ishlab chiqish; 
    - o’rganiladigan fan bo’yicha ma`lumotlarni modulli bloklarga ajratish;
    - o’qitishni takomillashtirishga ta`limning interfaol usullarini tanlash; 
    - muammoli va axborotli ta`lim elementlaridan foydalanish va hokazo.
    Har bir o’qituvchi-pedagog dars mashg’ulotlarini olib borishda o’z faoliyatini 
    tahlil qila olish va shu asosda tegishli xulosa chiqara olishga erishish kerak. Agarda
    o’qituvchi o’z mashg’ulotlarining samaradorligini baholay olmasa, u holda o’zi yo’l 
    qo’ygan kamchiliklarni sezmaydi va bu faoliyatda ijodiy yondashuv ham bo’lmaydi.


    Download 322,14 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi

    Download 322,14 Kb.