• 2-asosiy savol bayoni
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 322,14 Kb.
    bet5/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    bo’yicha bilimlarga ega bo’lishlari lozim.
    -ilmiy, ilmiy–metodik jurnallarda chop etilgan va o’quv adabiyotlarida mavjud 
    bo’lgan, internet orqali berilgan o’qitish jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan ta`lim
    texnologiyalari haqidagi maqolalarni va axborotlarni mustaqil o’rganib, tahlil qila olish 
    va ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish;
    -informatika darslarining o’quv maqsadlari va vazifalarini loyihalashtira olish; 
    -o’quvchilarning mustaqil ta`lim olish faoliyatlarini tashkil etish;
    - innovatsion pedagogik tajribalarni o’zlashtirish, amalga oshirish, baholash va 
    takomillashtirish bo’yicha etarli ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak.
    -pedagogik texnologiyalar asosida darsning uslubiy ishlanmasini, texnologik 
    kartasini tuzish;



    7
    -o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning samarali 


    tizimini amalga oshirish;


    -o’quvchilarning mustaqil ta`lim olish faoliyatlarini boshqarish; 
    -o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini innovatsion tashkil etish malakalariga ega
    bo’lishlari lozim. 


    2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Fanning ta`lindagi o’rni va
    mazmunini talabalarda shakllantirish. 


    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. Fanning ta`lindagi o’rni va mazmuni to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’ladilar. 
    2. Fanning ta`lindagi o’rni va mazmuni to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

    2-asosiy savol bayoni:«Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» fani
    “Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi», hamda 
    «Pedagogika», «Psixologiya», «Pedagogik texnologiyalar» fanlarining nazariy va
    amaliy xulosalariga tayanadi. 
    «Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» fani bo’lajak informatika
    o’qituvchilarining umumiy o’rta ta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar 
    kaollejlarida o’qitiladigan mutaxassilik fanlarini o’qitishda muhim o’rin tutib,
    fanlarning nazariy va metodik ta`minotini bilishi va ularni o’quvchilarga etkazib 
    berishida, innovatsion pedagogik jarayonni tashkil etishda muhim o’rin tutadigan fan.
    Uning o’quvchi va talabalarning pedagogik madaniyati, dunyoqarashini, pedagogik 
    faoliyat tarixidagi butun dunyoga mashhur ajdodlarimiz tajribalari asosida
    vatanparvarlik, qadriyatlarga hurmatni shakllantirishdagi ahamiyati katta. Bo’lg’usi 
    informatika o’qituvchisini umumta`lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar
    kollejlari informatika ta`limi jarayonida innovatsion o’quv-biluv faoliyatni tashkil 
    etishga tayyorlashda bu fan bo’yicha belgilangan talabalar bilim, ko’nikma va
    malakalarini samarali shakllantirish muhimdir 
    Fanning o’qitilishida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli
    foydalanish ko’zda tutiladi. Nazariy ma`lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan 
    mustaxkamlangandagina, chuqur bilimga ega bo’lish mumkin.
    Talabalarning “Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar» o’quv fanini 
    o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi
    axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim 
    ahamiyatga egadir.
    Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta`lim 
    jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan interfoal usullardan “Fikrlar
    hujumi”, “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Skorobey”, “Tarozi”, “Elpig’ich” «T-
    sxema», o’yinli texnologiyalari va boshqalardan foydalaniladi.
    Fan mazmunida informatika o’qituvchisi innovatsion pedagogik faoliyatining 
    nazariy- metodik asoslari quyidagilardan iboratdir:
    - umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari informatika 
    o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan asosiy talablar, ta`lim jarayonida
    innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari;
    - Uzluksiz ta`lim tizimi informatika o’qituvchisining innovatsion pedagogik
    faoliyatini amalga oshirish metodikasi; 


    8
    - informatika o’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish 


    vositalari: innovatsion o’quv-biluv faoliyati, maxsus kurslar, malakaviy amaliyot;



    pedagogik texnologiyalar asosida informatika fanlarini o’qitish metodikasi, yani
    informatika fanlarini o’qitish jarayonida o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini 
    faollashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar, shaxsga yo’naltirilgan ta`lim
    texnologiyalari asosida informatika fanlarini o’qitish, informatikani o’qitishda 
    hamkorlikda, jamoada, muammoli o’qitish, modul, didaktik-o’yin texnologiyalari,
    informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta`lim, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish; 
    - umumta`lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika
    fanlarining maqsadi, mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta`minlashga qaratilgan 
    innovatsiyalar;
    - multimediyali darslar asosida informatika ta`limi samaradorligini oshirish;
    - informatika darslarida o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini nazorat
    qilish,

    baholashning zamonaviy metodlari va vositalari.


    Talaba mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga 


    olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
    - ma`ruzalar qismini mustaqil o’zlashtirish; 
    - elektron darsliklar va o’quv qo’llanmalar, avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va
    nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 
    - maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
    - yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni o’rganish; 
    - talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar
    bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish; 
    - faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
    - masofaviy ta`lim. 

    Download 322,14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 322,14 Kb.