• YUNESKO ta`rifi
  • Ta`lim texnologiyasi
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 322,14 Kb.
    bet14/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    Ta`lim metodikasi – aniq bir o’quv predmetini o’qitishga mos qonun, qoida,
    metod va uslublar majmuasidir. Bu ta`lim jarayonida o’qituvchi va talaba faoliyati 
    uyg’unligini ta`minlovchi pedagogik faoliyatdir.

    “Texnologiya” – yunoncha ikki so’zdan – “texnos” (techne) – mahorat, san`at


    va “logos” (logos) – fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topgan. 
    Texnologiya so’zi zamirida rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirish usul va 

    vositalari haqidagi bilimlar yig’indisi, shuningdek manbada sodir bo’ladigan sifat


    o’zgarishlari mujassamlashgan bo’ladi. 
    Ta`lim texnologiyalarini tadqiq etishda avvalo, quyidagilarga e`tibor berish 

    lozim:
    - rejalashtirlgan ta`lim texnologiyasiga ijtimoiy - pedagogik asoslar nimalardan


    iboratligini aniqlash;
    - ta`lim texnologiyasining jarayon sifatida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan 
    qat`iy ketma-ketligi mavjudmi, ularning funktsional tuzilmasi nimalardan iboratligini
    belgilash; 
    - bu texnologiya bugungi kun talabiga va jahon ta`limi talablariga mos kelishligini
    o’rganib chiqish; 
    - ta`lim texnologiyasining maqsadini o’rganilayotgan o’quv predmetining maqsadlari
    bilan mos keltirish. 
    Bunda joriy va oraliq natijalar muntazam ravishda nazorat qilinib boriladi va shu 

    yo’sinda ta`lim jarayoni boshqariladi. Agar rejalashtirilgan maqsad bilan olingan natija


    bir-biriga mos tushsa, pedagogik jarayon oxiriga etgan hisoblanadi, ya`ni pedagogik 
    texnologiya jarayoni tugallangan deyiladi.

    Pedagogik texnologiyaning bosh muammosi talaba (o’quvchi) shaxsini


    rivojlantirish yo’li bilan o’qitishga qo’yilgan maqsadga erishishdan iborat. 


    18

    Pedagogik texnologiyaga YUNESKO ta`rifi: - Pedagogik texnologiya ta`lim 
    berish va o’zlashtirish usullarini yaratish, qo’llash, ularni yagona tizimga keltirish yo’li
    bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan muvofiq 
    foydalanib, bilimlar o’zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir.
    Ta`rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya asosan tizimli yondashuvdan 
    iborat bo’lib, pedagogik tadqiqotlarda “tizimiy yondashuv“ tadqiqot usuli boshqa
    yondashuvlardan keskin farq qiladi va manbani har tamonlama chuqur o’rganish 
    imkonini beradi.
    Ta`lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi quyidagi 
    beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta`limiy tadbirdir:
    - “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun 
    ta`limni jadallashtirish zarurligi;
    - ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi; 
    - fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin
    ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; 
    - kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik
    bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga 
    asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;
    - barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan 
    ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.

    O`zbekistonlik pedagog-olim L. V. Golish ta`lim texnologiyasini quyidagicha


    ifrdalab bergan:
    Ta`lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash 

    uchun ishlatiladi. Bu, texnik va inson resurslarini hamda ularni, o’z oldiga ta`lim


    shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars 
    berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va
    belgilashning tizimli usuli”. 
    Ta`lim texnologiyasi tushunchasi o’qitish va o’rganish jarayoniga tizim sifatida 

    qarashni anglatar ekan, avvalo tizim tushunchasini tushunib olish zarur.




    Download 322,14 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 322,14 Kb.