• 2-asosiy savol bayoni: Tizim
  • Ierarxik tizim
  • -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi




    Download 322,14 Kb.
    bet15/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Tizim va tizimiy yondashuv
    tushunchalarini talabalarda shakllantirish. 


    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. Tizim va tizimiy yondashuv to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar. 
    2. Ta`lim texnologiyalari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

    2-asosiy savol bayoni: Tizim deb, tartiblangan, o’zaro uzviy bog’langan va
    birgalikda umumiy funktsiyani bajaruvchi elementlar to’plamiga aytiladi.
    Umuman olganda tizim tushunchasi “element” , “aloqadorlik”, “bir butunlik”, 

    “yaxlitlik”, “birlik”, “ierarxiya”, “elementlar o’rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari” va


    shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog’liq holda ifodalanadi. 
    Tizimning tashkil etilishi, uning elementlari va qism tizimlari hamda ulardagi 

    umumiy qonuniyatlar asosida olib boriladi va ob`ektlar (qism tizimlar va elementlar)


    yagona tizim sifatida ishlaydi. Bunday jarayonlar mazmun - mohiyat jihatidan ierarxik 
    tizimni tashkil etadi.

    Qism tizim – yagona yaxlit tizim va uning funktsional vazifasi bo’yicha
    qo’yilgan maqsad echimi sari yo’naltirilgan o’zaro bog’langan elementlar majmuasi. 


    19


    Ierarxik tizim – u ixtiyoriy tabiatli ( texnik, iqtisodiy, biologik, ijtimoiy,
    texnologik, metodologik va h.k.) tizim bo’lib, uning amal qilish jarayoni (funktsional 
    vazifasi) ko’p bosqichli tuzilmadan iborat bo’ladi.

    Demak, tizimlar elementlar va qism tizimlardan hamda ular bo’yicha umumiy


    qonuniyat asosida ierarxik(ko’p bosqichli) holatda tashkil topar ekan. Tizimlarning 
    bunday tashkil etilishida uning elementlari soni ko’payib yoki kamayib borishi
    mumkin.
    Tarkibidagi elementlar sonini ko’paytirish yoki kamaytirish bo’lganda ham 

    tizimning maqsad-vazifasi(funktsional vazifasi)ni o’zgartirmay saqlab qola olgan


    tizimga ochiq tizim deb ataladi. 
    Tizimiy yondashuv tadqiqot usulini qo’llash samarasini aniqlashda uning tizim va 

    tizim elementlarining manbani nechog’liq to’liq ifodalanganligiga bog’liq bo’ladi,


    chunki tizim elementlari, qism tizimlar va ular orasidagi uzviy aloqadorliklar ham 
    dinamik o’zgarishlar asosida – yaxlit tizim hosil bo’ladi.


    Download 322,14 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi

    Download 322,14 Kb.