|
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 16/84 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 322,14 Kb. | | #252436 |
Bog'liq I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.orgTizimiy yondashuv (TYo) – ilmiy bilishdagi metodologik yo’nalish bo’lib, u
manbani tizim sifatida o’rganadi va tadqiqotchiga tizim maqsad – mazmunini ifodalash
imkoniyatini hamda elementlar va qism tizimlar orasidagi turli bog’lanishlardan bitta
maqsad sari foydalanishga sharoitini beradi.
Uzluksiz ta`lim tizimiga qo’yilgan bugungi talab TYo tadqiqot usulini qo’llashda
quyidagi asoslarga tayanish lozimligini ko’rsatmoqda:
- o’rganilayotgan manba bo’yicha nazariy va amaliy ma`lumotlar bankini tayyorlash;
- tayyorlangan ma`lumotlar bankini ta`lim texnologiyasi va maqsadiga qarab tizimlarga
ajratish;
- TYo ning manbaga nisbatan maqsadini aniqlash;
- TYo tuzilishiga qarab elementlar va qism tizimlarni aniqlab chiqish;
- TYo vazifasini aniqlash;
- TYo yordamida o’qitishga ko’rsatma va uslubiy tavsiyalar tayyorlash;
- olingan natijalarni baholash mezonini ishlab chiqish;
- maqsadga erishganlik darajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish;
- TYo yordamida ta`limni boshqarish to’g’risida xulosa chiqarish va metodologiyadan
amaliyotda foydalanishga tavsiyalar tizimini tayyorlash.
Tizimiy yondashuv tadqiqot usuli «elementlar ----- qism tizimlar----- tizim»
aloqadorligidagi ma`lumotlar bilan ish ko’radi. Bunday ko’rinishdagi ishlarni bajarish
esa ma`lumki, ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lib, juda katta hajmdagi
ma`lumotlar va ularning turli ko’rinishdagi bog’lanishlarni e`tiborga olishga to’g’ri
keladi. Bunday hollarda tadqiqotchiga kompyuterlashtirishdan foydalanish yuqori
samaralar beradi.
Tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi har bir elementga va o’z navbatida har bir
element bir – biriga chambarchas bo0liq.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadi. Ta`lim jarayonini bir tizim deb qaralsa,
uning tashkil etuvchilari, yani elementlariga quyidagilar kiradi: ta`lim maqsadi, o’quv
maqsadlari(kutilayotgan natijalar), ta`lim beruvchi, tahsil oluvchi, ta`lim mazmuni,
ta`lim metodi, ta`lim shakli, ta`lim vositalari, nazorat va baholash.
Ta`lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o’tilgan elementlardan
birortasi e`tibordan chetda qolsa yoki noto’g’ri tanlangan bo’lsa tizim ishlamaydi,
demakki, ta`lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi.
|
| |