22
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: O`qitishda YaPT ni qo’llashning
samaradorligini aniqlash mezonlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Talabalar o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari
to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Talabalar o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlari
to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim
jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda
va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalarga erishishlarini
kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.
Bunday yondashishning mohiyati, ta`lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq
rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida
maksimal shakllantirishdan iborat.
O`qituvchining dars jarayonida YaPT larni qo’llashdagi ta`lim samaradorligini
aniqlash ta`limni to’g’ri olib borayotganligi baholashda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Shu sababli o’qitishda YaPT ni qo’llashning samaradorligini aniqlash mezonlarini
keltirib o’tamiz.
Bunda
birinchi navbatda quyidagicha dars bloklarining maqsadi va vazifalari
qaraladi.
1. Dars bloklari maqsadi va vazifalari to’g’ri aniqlanganligi.
Bunda asosan gumanitar va ijtimoiy fanlar bloki, matematik va tabiiy- ilmiy
fanlar bloki, umumkasbiy fanlar bloki, maxsus fanlar bloki va qo’shimcha fanlar
bloklaridagi o’quv fanlari mazmuniga qo’yilgan umumiy talablarga e`tibor beriladi.