|
Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi
|
bet | 21/84 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 322,14 Kb. | | #252436 |
Bog'liq I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org7. Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi.
Bunda ta`limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mos
tanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning
optimal varianti kafolatlanadi.
8. Ta`lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi.
Bunda har qanday fanni o’qitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan
foydalanish mumkin. Ular ta`limda ijobiy sifat o’zgarishlari qilib, yuqori
samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan
qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma`lum va
mashhurdir, ya`ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga
Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarning mustaqil va ijodiy
fikrlashida
bilimning
shakllanganligini
aniqlash
tushunchalarini
talabalarda
shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash
to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlashida bilimning shakllanganligini aniqlash
to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
2-asosiy savol bayoni: Ikkinchi navbatda talabalarning mustaqil va ijodiy
fikrlashida bilimning shakllanganligi quyidagi tartibda aniqlanadi:
1.Dars mashg’ulotlarini boshlashda talabalarning fanni o’rganishga
ishtiyoqini qo’zg’atish va dars maqsadi hamda vazifalarni talabalar bilan
hamkorlikda ifodalash. Bunda o’rganilayotgan manba bo’yicha qisqacha qiziqarli
va amaliy ahamiyatli ma`lumot berish.
Bunga asoslangan holda ta`lim maqsadi va maqsadga erishish uchun
bajariladigan vazifalarni asoslash kerak. Bu jarayonning qiziqarli ketishining asosi ham
shunda, aks holda mashg’ulot zerikarli bo’lib, maqsadga etishdagi vazifalar ketma-
ketligiga ahamiyat berilmay qoladi. Bu erda oxirgi vazifani hal qilish maqsadga
erishishning nihoyasi ekanligini ta`minlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta`limdagi
uzviylik hamda uzluksizlik tamoyillarining amalga oshishini ham ta`minlaydi.
|
| |