28
4. O`qituvchining ta`lim oluvchilardagi yutuqlarga munosabati ijobiy va
istiqbolli bo’lishi kerak.
Bunda talabalar o’zlashtirilishi monitoringi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundagi
dinamik jarayonning o’zgarishini bashorat qilish(prognozlash)orqali ta`limda
ijobiy
sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
5. O`qituvchining kichik guruhlar bilan ishlashida talabalar bilan muloqoti
maqsadli va samarali bo’lishi lozim.
Bunda muloqot-nazorat darslari, konferentsiya darslari, interaktiv metodlar orqali
o’tkaziladigan darslar ta`lim jarayonida pedagogik samaralarni berishi shubhasiz
6. O`qituvchi tomonidan ta`lim oluvchilarning dars jarayonidagi faoliyatini
muntazam nazorat qila olishi va o’z vaqtida baholay bilish qobiliyatiga
(kuzatuvchanlikka) ega bo’lishligi lozim.
Bunga mavzuning hammasini so’rash, tayanch tushunchalar bo’yicha so’rash,
rejalashtirilgan test savollari orqali so’rash, ijodiy topshiriqlarni bajarish va shu kabilar
orqali erishiladi. Bunday jarayonda joriy nazorat va oraliq
nazoratlaridan kengroq
foydalaniladi.
7. O`qituvchi tomonidan darsni yakunlash va lozim topilganda talabalarning
yakka tartibda dars mashg’ulotlariga jalb qilishning optimal variantlarini tanlay
olishi lozim.
Bunda o’qituvchi tomonidan darsning maqsadi,
mazmun-mohiyati aniq
belgilanganligi va uni rejalashtirish, modellashtirish, xulosalash kabi tamoyillarni puxta
bilishligi alohida ahamiyat kasb etadi. Uyushtirilgan darsni xulosalash guruh
talabalariga individual (tabaqalashgan) holda yondashuvni
talab etadi va unda ayrim
talabalarni(dars maqsadiga erishishga ulgura olmagan talabalarni) aniqlab, yakka
tartibdagi mashg’ulotlariga jalb etish ham o’qituvchining ta`lim
jarayoniga ijodiy
yondashuvining bir ko’rinishidir. Bu jarayonda a`lochi va ilg’or talabalar uchun ham
yakka tartibda ularga mos dars mashg’ulotlarini uyushtirish foydadan holi bo’lmaydi.