|
Yakuniy va baholash bosqichi
|
bet | 26/84 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 322,14 Kb. | | #252436 |
Bog'liq I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.orgYakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan
javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib
olinadi;
- talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi,
intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi
orqali baholanadi;
- yakuniy fikr aytiladi;
- mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
O`qituvchi
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: YaPT larni qo’llashda o’qituvchilarning
tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablarni talabalarda shakllantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Talabalar YaPT larni qo’llashda o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan
talablar to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Talabalar YaPT larni qo’llashda o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan
talablar to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.
1-asosiy savol bayoni: Endi YaPT larni qo’llashda ta`lim samaradorligini
aniqlashning uchinchi bosqichi, ya`ni o’qituvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo’yilgan talablar haqida to’xtalamiz:
1. Ko’p qirrali dinamik ta`lim jarayoniga didaktik materiallarni tayyorlash.
Buning uchun tayyorlangan material va ko’rgazmalar, ta`lim vositalari ta`lim
oluvchilarning mustaqil ijodiy ishlariga yordam berishi va fanni(mavzuni)
o’zlashtirishini rivojlantirishga mo’ljallanmog’i lozim.
2. O`qituvchining ta`lim oluvchilariga murabbiyligi, ular oldidagi
ma`suliyati. Bunda o’qituvchi “Ustozu-shogird” tizimidagi tamoyillarga qat`iy amal
qilishi lozim. Ayniqsa, bugungi kunda talabalarga ta`limning samarali usul va
vositalaridan foydalanib dars mashg’ulotlari olib borish talab etiladi, chunki
axborotlashgan jamiyatning faol ishtirokchilarini tayyorlashni faqatgina zamonaviy ilm
sirlari orqali amalga oshirish mumkin. Bu esa o’qituvchidan zamonaviy ilmiy xodim
darajasidagi bilimga ega bo’lishni talab etadi, aks holda dars mashg’ulotlariga mos
YaAT yoki YaPT larni ishlab chiqa olmaydi va tabiiyki, joriy eta olmaydi ham.
|
| |