35
Darsning texnologik xaritasini qay ko’rinish (yoki shakl)da tuzish, bu
o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq.. Texnologik xarita
qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda
aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil
etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik xaritaning
tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki
bunday xaritada dars jarayonining hamda o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)
faoliyatining barcha qirralari o’z aksini topadi.
Misol tariqasida quyida informatika fanidan “Informatikani o’qitishning
tamoyillari, shakli va metodlari” mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan darsning oldindan
loyihalashtirilgan texnologik xaritasini havola qilamiz.