|
Pedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari
|
bet | 42/84 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 322,14 Kb. | | #252436 |
Bog'liq I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.orgPedagogik innovatsiyaning rivojlanish jarayoni bosqichlari:
- ta`lim-tarbiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirishning zarurligini
tushunishning paydo bo’lishi va o’zida paydo bo’lgan g’oyalar asosida ta`lim-
tarbiyadagimuammo echimini rivojlantirish va loyihalashtirish hamda tajriba-sinov
ishlari modellarini yaratishga kirishish;
- shakllana boshlagan g’oyalar va ular asosidagi loyihalash-rivojlantirish ishlarini
qo’yilgan maqsadlar bo’yicha aniq modellashtirish, yangicha tafakkur va tajriba rejalari
qabul qilinib, qo’llab-quvvatlanadi, natijada aniq yangi g’oya paydo bo’lib, uning
rivojlanishi uchun muhit va sinov-tajriba maydonchalaridagi ishlar natijalari bo’yicha
axborot muhiti yaratiladi va joriy etish ko’lami aniqlanadi;
- qo’llanishi kerak bo’lgan pedagogik innovatsiyaning me`yoriy hujjatlari
tayyorlanadi va DTS talablariga tegishli tuzatishlar kiritiladi, keng joriy etishga
tavsiyalar beriladi va shu kabilar.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Pedagogik innovatsiyalar maqsadi, mazmun-mohiyati va muhim belgilari haqida
Sizning mulohazalaringiz?.
2. Pedagogik innovatsiya imkoniyatlari, vazifalari va rivojlanish jarayoni bosqichlari
haqida Sizning fikringiz va mulohazalaringiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi.
Toshkent, “Talqin”, 2005 y.
2. Saidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T., 2003y.
3. Saidaxmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar T., “Moliya”, 2003y., 172 b.
4. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. T.,
“Fan”, 2006 y., 240 b.
5. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar
fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.
6. Abdukarimov H., Suvonov O. Umumiy pedagogika: Texnologiya va amaliyot.
O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.
7. Isoqov I.,Abdurahimov D., Toshtemirov D.E. Informatika fanidan o’quv-uslubiy
majmua. Guliston, GulDU, 2013 y., 337 b.
|
| |