• 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
  • 1-asosiy savol bayoni
  • Yakuniy va baholash bosqichi




    Download 322,14 Kb.
    bet50/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    Yakuniy va baholash bosqichi: - talabalarning bergan 
    javoblaridan ko’pchilik fikriga mos kelgani alohida ajratib
    olinadi; 
    - talabalarning nazorat topshiriqlarini echishdagi faolligi,
    intilishlari hisobga olingan holda amaldagi reyting tizimi 
    orqali baholanadi;
    - yakuniy fikr aytiladi; 
    - mustaqil ish topshiriqlari beriladi.

    O`qituvchi



    1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: An`anaviy ta`lim texnologiyalari
    haqida tushunchalarini talabalarda shakllantirish. 


    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. An`anaviy ta`lim texnologiyalari mazmunini ochib bera oladi. 
    2. An`anaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlarini farqlay oladi.

    1-asosiy savol bayoni: Ko’p yillar o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni
    ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning samarali modellaridan biri bo’lib 
    qolmoqda.
    An`anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan. Ta`lim jarayoni ko’proq 
    o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash
    bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. 
    O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars – ko’p
    hollarda ta`lim jarayonining birdan – bir metodi bo’lib qolmoqda. 
    Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu
    bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham 
    atashadi.



    48


    Markazda o’qituvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning
    ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: 
    - o’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
    - ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish; 
    - o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
    - o’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab – quvvatlash; 
    - amaliyot orqali o’rganish;
    - ikki tomonlama fikr – mulohazalar bilan ta`minlash; 
    - o’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
    - o’qituvchi – o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs; 
    - o’quv jarayonini baholash.
    An`anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma`ruza, savol – javob, amaliy mashq 
    kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi
    ancha past bo’lib, o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib 
    qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda,
    unga turli tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish 
    o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan.
    Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan 
    o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil
    rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik – kichik bo’laklarga bo’lib, ularning 
    mazmunini ochishda bahs, munozara, kichik guruhlarda ishlash, interfaol metodlarni
    qo’llash, turli qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni 
    mustaqil bajarishga undash, turli baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan
    joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. 
    An`anaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagi bosqich-
    lardan iboratdir. 
    1. Kirish bosqichi:
    - o’tgan o’quv materialini takrorlash; 
    - dars maqsadini tushuntirish,
    - dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish. 
    2. Yangi mavzuni yoritish:
    - yangi mavzuni kichik – kichik bo’lakchalarga bo’lib berish; 
    - turli misollarni inkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish;
    - mavzudan chetlashmaslik;
    - o’quv materialining murakkab tomonlarini qayta tushuntirish;
    - o’quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; 

    - teskari aloqani ta`minlash.


    3. Materialni mustahkamlash uchun mashq. 
    Biror topshiriq(masala) echimini o’quvchilar bilan to’liq tahlil
    qilish. 
    4. Yo’naltirib turiluvchi mashq.
    O`quvchilar topshiriq(masala)ni mustaqil bajarishadi, o’qituvchi
    esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
    5. Mustaqil bajariladigan mashq. 
    O`quvchilar mashqni mustaqil holda o’qituvchi yordamisiz bajarishadi.
    6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. 


    49


    7. Yakunlash.

    An`anaviy(ta`lim jarayoni markazida o’qituvchi bo’lgan) o’qitish metodlari


    quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega. 
    Afzalliklari:
    - ma`lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma`lam tushunchalarni, fanni
    o’rganishda foydali;
    - o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori
    darajada nazorat qilinishi;
    - vaqtdan unumli foydalanish; 
    - aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
    Kamchiliklari: 
    - o’quvchilar passiy ishtirokchi bo’lib qoladilar;

    - o’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga


    keltirmaydi; 
    - o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi;
    - eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmaganligi sababli, guruh 
    bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin;
    - mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. 



    Download 322,14 Kb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




    Download 322,14 Kb.