56
Interfaol o’qitish
tashkilotchilari uchun, sof o’quv maqsadlaridan tashqari
quyidagi jihatlar ham muhimdir:
- guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning
qadriyatlarini tushunib etishi;
- boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning
yordamiga muhtojlik
zaruratining shakllanishi;
- o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan
topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir.
Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish,
o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim.
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz:
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.
2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat
o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.
4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri”
degan javoblar
beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan
savollarni bering.
6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat
qiling.
7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday
deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing.
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
“Aqliy hujum” metodi.
“Aqliy hujum” – jamoa bo’lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda
biror muammoning echimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash
orqali amalga oshiriladi.
Ushbu metod tamoyillari bo’yicha o’qituvchi o’quvchilar oldiga masalani qo’yadi
va ushbu topshiriqni echish bo’yicha o’zlarining fikrlarini bayon qilishni so’raydi.
Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g’oyalari haqida o’z
fikrini
bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo’q.
“Aqliy hujum”ning qoidalari quyidagilardan iborat:
- taklif etilayotgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;
- ish g’oyalar sonini ko’paytirishga qaratilgan, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa,
shuncha yaxshi;
- har qandy g’oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin;
- har bir g’oya yozib boriladi;
- aqliy hujum o’tkazish vaqti qat`iy o’rnatiladi va unga rioya qilinadi.
“Aqliy hujum” tugagandan so’ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng
qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi.