|
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 54/84 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 322,14 Kb. | | #252436 |
Bog'liq I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.orgModellashtirish - real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va
jarayonlarning
ixchamlashtirilgan
va
soddalashtirilgan
ko’rinishini(modelini)
auditoriya(sinfxona)da yaratish va ularda o’quvchilarning shaxsan qatnashishi va
faoliyat evaziga ta`lim olishini ko’zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o’rganish modeli – o’quvchilarning mustaqil huruhlarda ishlashi
evaziga ta`lim olishini ko’zda tutuvchi metod.
O`rganishning tadqiqot modeli – o’quvchilarni muayyan muammoni echishga
yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod.
Noan`anaviy(ta`lim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish metodlari
quyidagi afzalliklarga va kamchiliklarga ega.
Afzalliklari:
- o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi;
- o’z aloqalarning ta`minlanishi;
- o’qitish usullaring turli xil ko’rinishlari taklif etilishi;
- motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi;
- o’tilgan o’quv materialining yaxshi eslab qolinishi;
- muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi;
- o’z – o’zini baholashning o’sishi;
- o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy
munosabati;
- mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi;
- muammolarni hal etish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari:
- ko’p vaqt talab etilishi;
- o’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
- juda murakkab mazmundagi o’quv materiali o’rganilayotganda ham o’qituvchi
rolining past bo’lishi;
- “kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchlm” o’quvchilarning ham past
baho olishi;
- o’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va
muammolarni hal etish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.
|
| |