|
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
|
bet | 52/84 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 322,14 Kb. | | #252436 |
Bog'liq I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.orgSo’rovnoma o’tkazish. Fanni o’qitish davomida har bir bo’lim, bob
yakunlanganidan so’ng o’qituvchi so’rovnoma o’tkazadi.
Og’zaki va yozma mashqlar. Og’zaki mashqlar ta`lim oluvchilarning nutq
madaniyati va mantiqiy fikrlashini, ularning bilish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Yozma
mashqlar orqali esa o’quvchilarda tegishli ko’nikma va malakalar shakillantiriladi,
chuqurlashtiriladi va mustahkamlanadi
O`z-o’zini attestatsiya qilish. Har bir ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi o’z
faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan usuldir.
Natijalarni tahlil qilish. Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarga qo’ygan baholar
natijasi va dars-mashg’ulotda qo’yilgan maqsadga qay darajada erishganlik tahlil
etiladi.
Video materiallardan foydalanish. Dars jarayonida multimedia tizimidan,
videoyozuvlardan, o’quv televideniesi, axborotni displeyda aks ettiruvchi
kompterlardan foydalanish.
Tadqiqot. Ta`lim oluvchilarning ayrim tadqiqot ishlarini, ya`ni diplom va kurs
loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishlari, ularni yozish va
qo’yilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishi.
Improvizatsiya. Dars mashg’ulotlarida o’quvchilarning nostandart vaziyatlarni
mustaqil hal eta olishlari.
Kuzatish va ma`lumotlarni etkazish. Ta`lim oluvchilarning bir-birlarini
kuzatishlari va qo’yilgan muammo bo’yicha ma`lumotlarni etkazishi.
O`yinlar. Ishbilarmonlik yoki sahnalashtirilgan o’yinlar –muammoli vazifaning
bir turi. Bunda matnli material o’rniga o’quvchilar tomonidan rollar o’ynaladigan
hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.
Loyihalash ishlari. Bu bilim va malakalarni tahlil qilish va baholashni nazarda
tutuvchi majmuaviy ta`lim usulidir. Loyiha usulida o’quvchilar rejalashtirishda, tashkil
etishda, tekshirishda, tahlil etishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko’proq
ishtirok etadilar.
|
| |