• Zinama-zina” texnologiyasi.
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 322,14 Kb.
    bet60/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    FSMU texnologiyasi.
    Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar 
    o’tkazishda yoki o’quv-seminari yakunida (o’quvchilarning o’quv mashg’ulotlari
    hamda mavzular, muammolarga nisbatan fikrlarini bilish maqsadida) yoki o’quv rejasi 
    asosida biror-bir bo’lim o’rganilgach qo’llanilishi mumkin.
    Bu texnologiya o’quvchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va ochiq 
    holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o’quvchilar tomonidan o’quv jarayonida
    egallangan bilimlarini tahlil etishga va aniqlashga, baholashga hamda tinglovchilarni 
    bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
    Ushbu texnologiya asosida mashg’ulotni o’tkazish tartibi quyidagicha bo’ladi: 
    A) O`qituvchi har bir o’quvchiga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi
    yozilgan qog’oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni tshldirishni taklif qiladi. 
    Bu erda: F – fikringizni bayon eting. 

    S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating.


    M – ko’rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. 
    U – fikringizni umumlashtiring.
    B) Yakka tartibdagi ish tugagach, o’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va 
    o’qituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining to’rt bosqichi yozilgan katta
    formatdagi qog’oz varaqlarini tarqatadi. 
    V) Kichik guruhlarga har bir o’quvchi yozgan qog’ozlardagi fikr va dalillarni
    katta formatda umumlashtirgan holda to’rt bosqich bo’yicha yozishlarini taklif etiladi. 
    G) O`qituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa o’rtasida himoya
    qilishlarini so’raydi. 
    D) Mashg’ulot o’qituvchi tomonidan muammo bo’yicha bildirilgan fikrlarni
    umumlashtirish bilan yakunlanadi.

    Zinama-zina” texnologiyasi. 


    Bu texnologiya o’quvchilar bilan yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda 
    yozma ravishda o’tkaziladi va taqdimot qilinadi. Ushbu texnologiya barcha dars
    mashg’ulotlarida qo’llanilishi mumkin. 
    Ushbu texnologiyalarga asoslangan mashg’ulot quyidagi tartibda o’tkaziladi:
    1. Kichik guruh a`zolari mashg’ulotning maqsadi va uning o’tkazilish tartibi bilan 
    tanishtiriladi, ularga qog’ozning chap qismida kichik mavzu (yoki turli murakkablik
    darajadagi topshiriqlarning biror turi) yozuvi bo’lgan varaqlar tarqatiladi. 


    59


    2. O`qituvchi kichik guruh a`zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik
    mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini qog’ozdagi bo’sh 
    joyiga jamoasi bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt
    belgilaydi. 
    3. Tarqatma materiallar to’ldirilgach, guruh a`zolaridan biri taqdimot qiladi.
    Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material auditoriya doskasiga 
    mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi.
    4. O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni 
    baholaydi va mashg’ulotni yakunlaydi.
    O`quv mashg’ulotining bunday tashkil etilishi o’quvchilarni mustaqil fikrlashi
    o’tilgan va o’zlashtirilgan mavzularni eslashga, ularni yozma bayon etishga, fikrlarni
    umumlashtirishga o’rgatadi. 
    Tarqatma material quyidagi shaklaga ega:

    Mavzu 

    Kichik mavzular


    1-murakkablik darajasidagi topshiriqlar 
    (yoki boshqa darajadagi topshiriqlar)
    1
    1-topshiriq 

    2
    2-topshiriq 

    3
    3-topshiriq 

    4
    4-topshiriq 





    Download 322,14 Kb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 322,14 Kb.