• 1-asosiy savol bayoni
  • O`quvchining bilish faoliyati deganda
  • -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi




    Download 322,14 Kb.
    bet57/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini
    faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi metodlari tushunchalarini talabalarda 
    shakllantirish.

    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi 
    metodlari to’g’risidagi tushunchalarga ega bo’ladilar.
    2. O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi 
    metodlari to’g’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

    1-asosiy savol bayoni: Bugungi kun talabi ta`limni sifat o’zgarishlariga olib
    keluvchi yangicha yondashuvlarni izlashga undamoqda va uni o’rganishdagi 
    yondashuvlar (metodlar) ham o’zgarmoqda.
    Ta`limda yangi bilimlarni amalda qo’llash natijasi innovatsiyalarga asoslangan 
    yangi ta`lim yaratilishiga olib kelmoqda.
    Respublikamizda ta`lim tizimini har tamonlama rivojlantirish kadrlar tayyorlash 
    tizimini tubdan yangilash va isloh qilish davlat ahamiyatidagi eng ustivor vazifalar
    qatoriga kiradi. 
    O`quvchi o’zlashtirgan bilimini amaliyotda qo’llay bilishi uchun uni o’z vaqtida
    mustahkamlashi, boshqa tushunchalarni o’rganishda qo’llash bilishi va olingan 
    bilimlarni tizimlashtirish ta`lim samaradorligini ta`minlashga olib keladi.

    O`quvchining bilish faoliyati deganda:
    - o’rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to’plash; 
    - to’plangan axborotlarni qayta ishlash;
    - o’rganilgan axborotlarni (ma`lumotlarni) qo’llash kabi uchta bosqichdan iborat 
    faoliyat tushuniladi.

    O`quvchilar o’quv - biluv faoliyatini faollashtirishda o’qitishning qiziqtiruvchi 

    metodlari
    Informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy 
    informatikaning ba`zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning
    amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib 
    berishdan iborat.



    55


    Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning
    qat`iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash 
    lozim. Masalan, ko’pchilikka ma`lum va ommabob bo’lgan krossvord o’yini
    o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi tabiiydir. Qomusiy lug’atda ta`riflanishicha, uning 
    atamasi inglizcha “kross” – kesishgan, “vord” – so’z degan ma`noni anglatib, ilk bor
    XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o’tishi bilan uning turlari ko’payib, chaynvord, 
    chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma krossvord, diagonal krossvordlar o’ylab
    topildi. Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi. 
    Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va
    o’ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan 
    foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz
    o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar. 
    Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya`ni rebus va
    boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. 
    Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli
    tashkil qilishni rejalashtiradi, ya`ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning 
    mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani
    loyihalaydi. 

    Download 322,14 Kb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi

    Download 322,14 Kb.