34
uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. O`qitish jarayonida, maqsad bo’yicha
kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta`lim texnologiyasi o’qituvchi
va talaba (yoki o’quvchi) o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi
ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)lar mustaqil fikrlab,
ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa
ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari
uchun imkoniyat va
sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o’qitish jarayonining asosi
hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor.
O`quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon
bo’lib, u talaba (yoki o’quvchi)ning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga
yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga
qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan
natijaga erishish
o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad,
tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya`ni texnologiyaga bog’liq.
O`qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)ning maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi
aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bundan talaba (yoki o’quvchi)larning bilim
saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan,
natijaga ershish uchun balki, kompyuter
bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki
tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak
bo’ladi. Bularning hammasi o’qituvchi va talaba (yoki o’quvchi)larga bog’liq..
Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan
loyihalashtirish zarur, Bu jarayonda
o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, eng asosiysi,
talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati va ehtiyojini va
hamkorlikdagi faoliyatini
tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga
erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (yoki o’quvchi)ni ta`limning markaziga
olib chiqish kerak.