• Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar). O`qituvchi
  • Talaba (yoki o’quvchi)
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 322,14 Kb.
    bet36/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    Talaba (yoki o’quvchi):  Yangi bilimlarni egallaydi , yakka holda
    va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslab 
    qolish qobiliyati kuchayadi. O`z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi.
    Qisqa vaqt ichida ko’p ma`lumotga ega bo’ladi va baholay oladi. 


    36


    Kelgusi rejalar 

    (tahlil, 

    o’zgarishlar). 

    O`qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va
    darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O`z ustida ishlash. Mavzuni 
    hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish.

    Talaba (yoki o’quvchi): Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganadi.
    O`z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo’shimcha 
    materiallar topadi, ularni o’rganadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil
    qilib, bir echimga kelish malakasini hosil qiladi. 
    O`qituvchi o’qiyotgan fanining har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo’yicha
    tuzgan texnologik xaritasi, unga fan (yoki predmet)ni yaxlit holda tasavvur etib 
    yondashishga, tushunishiga (bir semestr, bir o’quv yili bo’yicha), yaxlit o’quv
    jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erilishadigan natijasini ko’ra olishiga 
    yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritaning talaba (yoki o’quvchi)larning imkoniyati
    va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta`limning markaziga olib 
    chiqishga va bu bilan o’qitishning samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.
    O`quv jarayonida talaba (yoki o’quvchi)larga shaxs sifatida qaralishi, turli 
    pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning qo’llanilishi, talaba (yoki
    o’quvchi)larni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy 
    yondashish, mas`uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish,
    ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga va o’zi 
    tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini, shuningdek pedagogga nisbatan hurmatini
    kuchaytiradi. 
    Ta`lim-tarbiya jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashda o’tmish
    allomalarimizning g’oya va qarashlaridan foydalanish talaba (yoki o’quvchi)larni 
    o’qitish va tarbiyalashni yanada samarali bo’lishini ta`minlaydi.
    Bunday natijaga erishish o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini 
    qo’llashni taqozo etadi. Texnologiyalar juda xilma-xildir. Biz ulardan ba`zilarini tashkil
    etish va ularni o’tkazish tartibi haqida to’xtalamiz. Talaba (yoki o’quvchi)larda 
    mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini
    rivojlantirishga, raqobatbardosh, etuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga 
    kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz.
    Keltirilgan tavsiyalardan foydalanuvchilar o’quv jarayonini tashkil etish uchun 
    havola etilgan texnologiyalarni xuddi shu tartibda o’tkazishlari shart emas. Har qaysi
    o’qituvchi bu texnologiyalar asosida ularning umumiy shaklini olgan holda o’zlarining 
    dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan texnologiyalarni to’liq yoki ularning ba`zi
    bir bosqichlari elementlarini ishlatishlari mumkin. 



    Download 322,14 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 322,14 Kb.