• 2-asosiy savol bayoni
  • Ta`limning liberallashuvi
  • -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi




    Download 322,14 Kb.
    bet75/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Multimediali darslar asosida
    informatika ta`limi samaradorligini oshirish tushunchalarini talabalarda shakllantirish. 


    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. Multimediali darslar asosida informatika ta`limi samaradorligini oshirish to’g’risidagi
    tushunchalarga ega bo’ladilar.
    2. Multimediali darslar asosida informatika ta`limi samaradorligini oshirish to’g’risidagi 
    tushunchalarni farqlay oladilar.

    2-asosiy savol bayoni: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar sharoitida ta`limni
    differentsiallash va individuallashtirishga keng imkoniyat yaratiladi. Zamonaviy 
    mutaxassis tayyorlash muammolarini echish bevosita ta`limda yangi axborot
    texnologiyalariga asoslanishini taqozo etadi. 
    Axborot texnologiyalarini qo’llashda ta`lim mazmunini standartlashtirishdan
    individual va differentsiallashga yo’naltiriladi, natijada ta`limni individuallashtirish va 
    bilimlarni o’zlashtirilishini boshqarish imkoniyatini yaratadi.

    Ta`limning liberallashuvi ta`limdagi muhim muammolardan hisoblanib, oliy
    ta`limda talaba imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib o’qish muddatini qisqartirish, 
    uzaytirish yoki kunduzgi, kechki, sirtqi kabi ta`lim shakllarini tanlashi yoki qo’shimcha
    boshqa kasblarni egallashi huquqiga ega bo’lishiga qonuniy asos yaratilishi maqsadga 
    muvofiqdir. Ta`limning liberallashishi talaba (o’quvchi)larni qachon o’zini-o’zi aqliy
    o’stirish va mustaqil o’qishning muhimligini, ahamiyatini anglashi bilan bog’liq bo’ladi. 
    Talabalarda mutaqil ishlash ko’nikmasini tarbiyalash sifatli mutaxassis
    tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo’lib, ta`lim samaradorligini oshirishda 
    muhim rol o’ynaydi.
    Talabalarning mustaqil ishlari tizimi quyidagilardan iborat: 
    - o’quv fani, mazmuni ustida bajariladigan joriy ishlari ma`ruzalarni
    konspektlash, darslik va o’quv manbalari bilan ishlash, laboratoriya, amaliy, seminar 
    mashg’ulotlari hamda nazorat topshiriqlarini echishga tayyorgarlik ko’rish;
    - semestr davomida uy vazifalarining bajarilishi (mavzular bo’yicha referatlar 
    tayyorlash, mustaqil ravishda berilgan mavzuga doir ma`lumotlar to’plash va
    o’rganish); 
    - kurs ishlarini bajarish.
    Ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim maqsadlari, metodlari, mazmuni, shakli, 
    vositalari va jarayonlariga yangicha yondashuv asosida fanlarning integrallashuvi va
    sintezlashuvi ma`lum maqsadlarga yo’naltirilganligi uchun loyihalash metodiga 
    tayanadi. Loyiha metodi asosiy e`tiborni kasbni egallashda kerakli shaxsiy qobiliyatlar
    va ko’nikmalarni o’rganishga qaratadi, loyiha, o’rganish jarayonida nazariya bilan 


    72


    amaliyotni bog’lashi, o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirila oladigan, mehnatni
    tashkil etishga va amalga oshirishga yordam beradigan bo’lmog’i lozim. Loyiha 
    usulining asosiy maqsadi topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha bilim va ko’nikmalar
    jarayon davomida o’rganilishi darkor, bunda o’quvchilar berilgan topshiriqni bajarishda 
    vazifalarni o’zaro taqsimlab, loyiha guruhi sifatida mustaqil ravishda rejalashtirishdan
    boshlab to amalga oshirish va xulosa chiqarishga qadar birgalikda ishlashadi. 
    Zamonaviy ta`limning samaradorligini aniqlash maqsadida o’tkazayotgan
    tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki ta`limda belgilangan maqsadlarga erishish darajasi talaba 
    aqliy faoliyatining qanchalik o’sganligi bilan o’lchanadi.
    Talabaning bilish jarayonidagi faoliyati faollashivuni o’qituvchi tomonidan 
    tashkillashtirish deganda talabalarning o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini nazorat qilish
    usullari va metodlaridan foydalanishga asoslangan o’quv materialini mustaqil, faol, 
    maqsadli yo’naltirilgan shaklda o’rganish tushuniladi.
    Ta`limda kutilgan natija pedagog va talaba (o’quvchi) orasidagi munosabatga 
    ko’proq bog’liq bo’lganligidan, bu munosabatlar bilan bog’liq muommalarni echishga
    hizmat qiluvchi hamkorlik pedagogikasining rivojlanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. 
    Ta`lim maqsadlariga erishishda pedagog va talabaning hamkorlikda faoliyat
    ko’rsatishi uchun o’rganilgan asosiy omillar quyidagilardir: 
    - samarali ta`limda pedagog va talabaning bilimi hamda malakasining o’sishini
    ta`minlash; 
    - talaba (o’quvchi) bilim olishiga ehtiyojining oshishi uning bilim olish
    faoliyatining faollashuviga, o’z navbatida o’qituvchining ham o’z ustida ishlashi va 
    malakasining o’sishiga;
    - talaba(o’quvchi)larning kichik guruhlarda ta`lim olishini modellashtirishga; 
    - talaba (o’quvchi)larning o’z-o’zining faoliyatini boholashga sharoit yaratish.
    O`tkazilgan nazariy va amaliy tadqiqotlarga asoslanib, informatika fanini 
    samarali o’rganish bo’yicha quyidagi xulosalarni berish mumkin:
    - o’rganish rag’batlantirilishi kerak (maqtov orqali); 
    - o’quvchilar o’zlarining o’rganishdagi yutuqlari haqida xabardor bo’lsalar,
    qiziqtirish kuchaytiriladi; 
    - o’rganishning faol davrlarini tashkil qilish kerak;
    - o’rganish o’tayotgan davrda ko’pgina qulay holatlarni qo’llash, o’quv 
    vaziyatlarini o’zlartirib turish kerak;
    - o’quvchilar qancha ko’p faol bo’lib o’rganishsa, o’zlashtirish davomli va 
    muvaffaqiyatli bo’ladi, o’rganishning interaktiv usullaridan foydalanish va guruhiy
    o’rganishni o’tkazish kerak; 
    - o’quv jarayonida yordamchi usullarni qo’llsh orqali o’rganish samarasini
    oshirish mumkin.



    Download 322,14 Kb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi

    Download 322,14 Kb.