• 1-asosiy savol bayoni
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi




    Download 322,14 Kb.
    bet74/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta`lim, tadqiqot metodi to’g’risidagi 
    tushunchalarga ega bo’ladilar.
    2. Informatikani o’qitishda rivojlantiruvchi ta`lim, tadqiqot metodi to’g’risidagi 
    tushunchalarni farqlay oladilar.



    70


    1-asosiy savol bayoni: O`qitish metodi sifatida tadqiqotlar o’quvchilarga inson
    hatti-harakatiga nisbatan savollar qo’yishni o’rganishga va ularga javoblarni esa 
    faktlarni jiddiy tahlil qilish yordamida topishga ko’maklashadi.
    Tadqiqot usulida o’qitish o’quvchilarda savol qo’yish jarayonida va javob 
    qidirishda qiziqish uyg’otishni nazarda tutadi.
    Tadqiqot metodi bo’yicha o’qitish o’quvchilarni amaliy-ilmiy izlanish jarayonida 
    bevosita qatnashishini ta`minlaydi. Bunday yondashishning maqsadlaridan biri,
    mustaqil fikrlaydigan va aniq bilim olish tizimiga ega bo’lgan o’quvchilarni 
    shakllantirishdan iborat.
    Muammolarni aniqlashda va berilgan ma`lumotlarni tahlil qilish davomida 
    o’quvchilar hissiyotlarga berilishdan chetlanishga va ob`ektiv bo’lishga o’rganadilar.
    Ular har qanday bilim nisbiy ekanligini, yangi ma`lumotlar paydo bo’lishi 
    bilano’zgarishining mohiyatiga tushunib etadilar. O`quvchilar o’zlarining taxminlarini
    tekshirishni va turli xil axborotlar va mantiqlarni qo’llashni o’rganadilar. 
    O`qitishning tadqiqot usuli, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish jarayonida
    o’quvchilarning yuksak darajada fikrlashlari uchun imkoniyat yaratadi. 
    Ushbu metod bo’yicha ta`lim olayotgan o’quvchilar fan bo’yicha chuqur bilimga
    ega bo’ladilar, yangiliklarni tahlil qilishda barqaror malakaga ega bo’ladilar. 
    Tadqiqot metodi bo’yicha o’qitish muammoni tuza bilishdan, uni qo’ya bilishdan
    va ifodalashdan boshlanadi. O`quvchilarga kutilmagan, noma`lum voqea va hodisa 
    tanishtiriladi. Muammo yoki hodisa bilan tanishganlaridan so’ng, ular shu muammoni
    echishning yo’llarini yoki hodisani tushuntirish variantlarini taklif qilishlari va savollar 
    berishlari lozim. Agar dars ochiq xarakterda bo’lsa, qaralayotgan muammoni yaxshiroq
    tushunish va echish uchun axborot manbalarini, ma`lumot va dalillarni o’quvchilarning 
    o’zlari topishadi. Ba`zi bir o’qituvchilar o’quvchilarga ma`lumotlarni kutubxonadan
    yoki kompyuterdan izlash vazifasini beradilar. Ba`zi darslarda esa ma`lumotlarni, 
    axborotlarni o’qituvchining o’zi o’quvchilarga beradi, o’quvchilar bu ma`lumotlarni
    o’rganadilar va qonuniyatni qidiradilar hamda o’zlari ilgari surgan dastlabki 
    gipotezalarini(farazlarini) tekshirib ko’rishga intilishadi, kiziqishadi. Nihoyat olingan
    dalillarga, natijalarga asoslanib o’quvchilar xulosalar chiqarishadi. Ular o’zlarining 
    gipotezalarini qayta ko’rib chiqadilar, olgan natijalariga asoslanib yanada asosliroq
    tushuntira oladilar va yangi muammolarni qo’ya oladilar va ochishga kirishadilar. 
    O`qitishning bunday usuli o’z oldiga ikkita maqsadni qo’yadi:
    - ilmiy metodlarni qo’llashni o’rganish va mazmunni o’zlashtirishga yordam 
    berish;
    - tadqiqot metodidan foydalana olish axborot(informatsiya) yig’ish kabi 
    muhimdir.
    Tadqiqot metodining afzalliklari quyidagilardan iborat: 
    - haqqoniy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi;
    - dalillarga e`tiborli va hurmat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalaydi; 
    - barcha bilimlarning nisbiy ekanligini tushunishga yordam beradi;
    - mantiqiy fikrlashga o’rgatadi; 
    - yuzaki echilgan masalalar, muammolarga ishonchsizlik bilan qarash
    munosabatlarini tarbiyalaydi; 
    - oliy darajadagi fikrlashga turtki beradi;



    71


    - nafaqat mazmunni o’zlashtirishga, shuningdek ijodiy va mantiqiy fikrlashni
    rivojlantiradi, muammoni echish malakalarining hosil bo’lishiga yordam 
    beradi.
    Tadqiqot metodining kamchiliklari quyidagilardan iborat: 
    - ko’p vaqt talab qiladi;
    - o’quvchidan muammolarni echish va strategik rejalashtirish malakalariga ega 
    bo’lishda rivojlangan ijodiy tafakkurni talab etadi;
    - o’qituvchi “bilim beruvchi” bo’lib qolmay, balki undan o’quvchini mantiqiy 
    asoslangan xulosa chiqarishga mohirona yo’naltirish talab etiladi.


    Download 322,14 Kb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi

    Download 322,14 Kb.