67
Talabalarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo’shimcha
bilim olishga bo’lgan
ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o’yinlar muhim ahamiyatga
egadir.
Ta`lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni talabalar o’zaro
hamkorlikda avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini ijodiy qo’llanish va
izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o’yinlar ijodiy o’yinlar deb
ataladi.
Ijodiy o’yinli mashg’ulotlardan «Informatika» fanini o’qitishda, yani ma`lum bir
mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin. Bunda talabalar
teng sonli guruhlarga
ajratilib, ularga shartli ravishda «Professor», «Dotsent», «Katta o’qituvchi» deb nom
beriladi. Bu erda mutaxassislarning har
qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi ishlarini
rejalashtirishga o’rganadilar. O`qituvchi tomonidan tavsiya
etilgan topshiriqlarni bajarib,
dalil va isbotlar asosida o’z javoblarini bildiradilar.
Ijodiy o’yin mashg’ulotlarida guruhdagi barcha talabalar hamkorlikda ishlaydilar,
avvalgi mashg’ulotlarda o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llaydilar.
Bu esa
ularda o’z bilim va iqtidoriga nisbatan ishonch hissini uyg’otadi.
Shunday qilib, didaktik o’yinli mashg’ulotlar orqali o’quvchi-talabalar yangi
kasblar
bilan tanishadilar, egallagan bilimlarini ta`limning qaysi sohalarida qo’llash
mumkinligini ko’rsatadilar, ushbu fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi, qo’shimcha
adabiyotlar
bilan mustaqil foydalanishga, o’z o’rtog’ining fikrini sabot va chidam bilan
tinglashga, bilimlarini nazorat qilishga, o’z-o’zini baholashga o’rganadilar.