• 2-asosiy savol bayoni: Didaktik o’yinli mashg’ulotlar.
  • -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi




    Download 322,14 Kb.
    bet69/84
    Sana24.05.2024
    Hajmi322,14 Kb.
    #252436
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
    Bog'liq
    I. Isoqov, S. I. Qulmamatov-fayllar.org

    2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Informatika o’qitishda didaktik
    o’yin texnologiyalari tushunchalarini talabalarda shakllantirish. 


    Identiv o’quv maqsadlari: 
    1. Informatika o’qitishda didaktik o’yin texnologiyalari to’g’risidagi tushunchalarga ega 
    bo’ladilar.



    65


    2. Informatika o’qitishda didaktik o’yin texnologiyalari to’g’risidagi tushunchalarni
    farqlay oladilar. 


    2-asosiy savol bayoni: Didaktik o’yinli mashg’ulotlar. Ta`lim jarayonida didaktik
    o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda 
    talabalarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli
    talabalarning ta`lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik 
    o’yinli darslar deb ataladi.
    Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
    - o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
    - o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya`ni, kommunikativ — muloqot 
    madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
    - shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon 
    yaratiladi;
    - hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish va mo’ljalni 
    to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
    - o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga 
    barham berish imkoniyati yaratiladi;
    - shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
    - insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma`naviy-
    madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e`tibor qaratiladi; 
    - o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
    Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o’yin faoliyatining 
    uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini,
    konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
    O`qituvchi-pedagog avval talabalarni individual(yakka tartibdagi), so’ngra guruhli
    o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaflFaqiyatli chiqqandan so’ng esa, 
    ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o’yinli
    mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega 
    bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga
    kelishi lozim. 
    O`qituvchi-pedagog
    didaktik 
    o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishga qizg’in
    tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab 
    etiladi:
    1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta`limiy, 
    tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo’lishi;
    . 2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular o’yin 
    davomida hal qilinishi;
    3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob - axloq normalariga 
    mos kelishi;
    4. O`yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi; 
    5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt
    sarflanishiga erishishi kerak. 
    Quyida “Informatika”* fanini o’qitishda tashkil etish va o’tkazish mumkin bo’lgan
    didaktik o’yinli mashg’ulotlardan ayrimlarining tafsilotlari keltiriladi.
    Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham muhim
    o’rin tutadi. 


    66


    Konferentsiya mashg’ulotlari talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishda,
    ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy materiallari bilan 
    tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va
    malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval mashg’ulot mavzusini, maqsad va
    vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar 
    ko’zdan kechiriladi. Mashg’u-lotni o’tkazishdan 1 hafta oldin mashg’ulot mavzusi e`lon
    qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda 
    «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma`ruza tayyorlash
    talabalarning ixtiyorida bo’ladi. 
    Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:

    I. O`qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va
    vazifalari,
    tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan talabalarni tanishtiradi.

    II. Ilmiy ma`ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan ma`ruzalarini
    taqdimot
    va ko’rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.


    Download 322,14 Kb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




    Download 322,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi

    Download 322,14 Kb.