noanig’i bilan ziddiyatlashuvidan iboratdir. Noaniq topilishi zarur bo’lib, izlanishni,
64
Bu vazifalarning echimini topish uchun talaba birinchi o’rinda mavzu yuzasidan
mavjud bilimlarni mufassal egallashi, ta`lim metodlarini bilishi va bir-biridan farqlay
olishi zarur. Shu asosda o’qituvchining yutuq va kamchiligini tahlil qila oladi.
Muammoli savol va vazifalar birgalikda muammoli topshiriqning tarkibida
kelishi mumkin. Muammoli topshiriq - o’qituvchi, ta`lim beruvchi, kitob muallifi
tomonidan muammoli savol va vazifa shaklida bilim oluvchini muammoli vaziyatga
tushiradigan o’quv topshirig’idir.
Muammoli topshiriqda muammoli savol va vazifalarning elementlari mavjud
bo’ladi. Shuning uchun ham muammoli vaziyatga olib kiradi.