O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi




Download 29.99 Kb.
bet4/8
Sana04.04.2017
Hajmi29.99 Kb.
#2887
1   2   3   4   5   6   7   8
Sopol materiallar

Sopol - toshsimon anorganik material bo’lib, anorganik plastmassa yoki uning kukuniga yuqori haroratda ishlov berish orqali olinadi. Sopol materiallarda, asosan, kristall, shishasimon va gaz fazalari bo’ladi.

Kristall faza sopolning asosiy xossalari (r, TK, tgδ, ET, ,σ va hokazolar) ni aniqlaydi. Bu faza, asosan, kislorodli birikma va ularning qattiq qotishmalari (SiO2, TiO2, ZrO2 va hokazo) yoki kislorodsiz birikma (Nb, N, Si, NAl) lardan iboratdir.

Qo’llanilishi bo’yicha sopol quyidagi turlarga bo’linadi:

1.O’rnatiluvchi buyumlarda ishlatiladigan sopollar;

2.Kondensatorda ishlatiladigan sopollar;

3.Signet sopoli; pyezosopollar.

O’rnatiluvchi buyumlarda qo’llaniladigan, rning kichik qiymatlariga ega materiallar: BaO-Al2O3-SiO2; MgO-Al2O3-SiO2; CaO-Al2O3-SiO2; ZrO-Al2O3-SiO2.

Kondensatorlarda qo’llaniladigan r ning yuqori qiymatlariga ega sopol materiallar: ZrO2-TiO2; CaZrO3-CaTiO3; MgTiO4-CaTiO3; CaSnO3-CaZnO3-CaTiO3.

Pyezoelektrik va segnetoelektriklar uchun qollaniladigan materiallar: BaTiO3-SrTiO3-CaTiO3; BaTiO3-BaZrO3, MaTiO3-BaSnO3; SrTiO3-Bi2 O3∙3TiO2.

Sopolning shishasimon fazasi - kristall fazalarni o’zaro boglaydigan qatlamdir. U sopolning pishishiga imkon yaratishi bilan birga, materialning mexanik mustahkamligini ham oshiradi. Shishasimon fazaning miqdori materialning texnologik xususiyatlari (pishirish harorati, plastiklik) bilan aniqlanadi. Bu faza miqdorining oshirilishi materialning mexanik mustahkamligini ko’taradi. Shishasimon faza miqdorining kamayishi, materialning dielektrik, issiqlik va mexanik xossalarini yomonlashtiradi. Oddiy sopollarda shishasimon faza 1-10%, elektr chinnisida esa 40-65% bo’ladi.

Gazsimon faza turli sopollarda mavjud bo’lib, u sopol massani tayyorlahsda, qoliplashda, pishirish paytida (uchuvchan moddaning chiqib ketishi natijasida) va sopol zichlanishida vujudga keladi. Ushbu faza ochiq (sirtda) va yopiq (ichki qismda) turlarga bo’linadi. Yopiq turdagi gazsimon faza sopolning elektrik va mexanik xossalarini pasaytiradi hamda yuqori elektr maydon kuchlanganligida bo’shliqlarda ionlashish sodir bo’lishi hisobiga dielektrik isroflarni oshiradi. Ochiq bo’shliqlar sopolning barcha xossalarini yomonlashtiradi. Tarkibidagi shishasimon faza miqdoriga qarab sopolni shishasimon (shisha miqdori 50% dan ortiq) va kristalli (kristall miqdori 50% dan ortiq) turlarga bo’lish mumkin. Shisha hosil qiladigan birikma sifatida dala shpati pigmentlarini ko’rsatish mumkin.

Kristalli sopol tarkibiga radio sopolining asosiy turlari (alyuminiy oksid, steatit, titanit, niobiy va hokazolar) kiradi. Ularning kristall hosil qiladigan birikmalariga talk, titan va sirkoniy qo’sh oksidlari, bariy va magniy oksidlari kiradi. Radio sopoliga plastik qo’shimcha sifatida tuproq qo’shiladi. U shishasimon faza hosil qilishi bilan birga mahsulot ishlab chiqarishni yengillashtiradi.

Sopol ishlab chiqarish jarayoni ishlatiladigan birikmalarning tarkibiga, shishasimon fazaning miqdori, materialga qo’yiladigan talablarga bog’liqdir. Tarkibida tuproq bo’lgan sopol plastik bo’ladi. Kristall va tarkibida tuproq bo’lmagan sopol esa noplastik bo’ladi. Plastik sopol ishlab chiqarish jarayoni xomashyoni tayyorlash (maydalash, o’lchash, birikmalarni aralashtirish, quritish), mahsulotni qoliplash va pishirishdan iborat.

Plastik bo’lmagan sopol xossalarini barqarorlashtirish va cho’kishini kamaytirish maqsadida uni pishirish ikki bosqichda (dastlabki va oxirgi holatlarida) o’tkaziladi. Shu sababli, sopol ishlab chiqarish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:



Download 29.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

Download 29.99 Kb.