O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi




Download 29.99 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2017
Hajmi29.99 Kb.
#2887
1   2   3   4   5   6   7   8
Anorganik dielektriklar

Anorganik dielektriklarga shisha, sitall, sopol, slyuda va slyudali materiallar kiradi. Bu materiallar issiqqa chidamlilik, eskirmaslik, turli xil nurlanishga bardoshlilik, kimyoviy chidamli, siqilishga bo’lgan mexanik mustahkamlik va metall bilan birikkanda zich birikma hosil qilish xususiyatlariga ega.

Anorganik materiallar oddiy usullarda ishlab chiqariladi. Bu materiallarning kamchiliklari sifatida ularni mo’rtligini, cho’zilishidagi mustahkamligining pastligini va zichligi katta qiymat (2500-8000 kg/m3) ga ega anorganik materiallar o’zida turli xil metall (alyuminiy, titan, kalsiy, natriy va hokazo) oksidlarini jamlagan murakkab birikmani tashkil etadi. Ularning ion tuzilishli moddalar qatoriga kiradi. Normal haroratda anorganik materiallari elektr o’tkazuvchanligi ionli xarakterga ega bo’ladi. Bu asosan, ionli qo’shimchalarning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Elektron o’tkazuvchanlik esa faqat yuqori kuchlanishda kuzatiladi. Anorganik dielektrik materiallar uchun tgδ10-410-2 oralig’ida bo’ladi. Bu dielektriklarda qutblanishni elektron, ion, elektron-relaksatsiya va spontan ko’rinishlari kuzatiladi. Dielektrik singdiruvchanlik qiymati esa uchdan bir necha o’n minggacha oraliqda bo’ladi.

Anorganik dielektriklarda elektr issiqlik, kimyoviy ionizatsiya teshilishlari kuzatiladi. Mazkur dielektrik materiallarning elektr mustahkamligi katta oraliqda (5-700 MV/m) o’zgaradi. Ularning issiqqa chidamliligi 400-1500C ni tashkil etadi. Ba’zi sopol materiallar signet va pezoelektrik xossalarga ega bo’ladi.

Anorganik materiallarning radiatsiya nurlanishiga bo’lgan chidamliligi organik materiallarga nisbatan ancha yuqoridir. Ana shu xususiyatlar anorganik materiallarni xalq xo’jaligining ko’p sohalarida qo’llash imkonini beradi.


Shisha

Shisha murakkab tuzilishli birikmalardan tashkil topgan bo’lib, uning tarkibiga turli metall oksidlari kiradi. Shisha tuzilishi jihatidan bir jinsli bo’lmagan amorf moddalar qatoriga kiradi. Boshqa anorganik materiallardan farqli o’laroq, shisha quyidagi xossalari bilan ajralib turadi: yupqa parda va tolalar olinishi; optik jihatdan tiniqligi; turli xil metallar bilan birikishi; yuzasining tekisligi; mo’rtligi; namga chidamliligi.

Shisha tarkibiga shisha hosil qiluvchi oksidlar (SiO2, B2O3, P2O5) hamda uning erish haroratini pasaytiradigan ishqorli oksidlar (Li2O, Na2O, K2O) ishqorli yer metallarining oksidlari (CaO, MgO, BaO va ZnO, Al2O3, BeO) shuningdek, shisha tarkibini o’zgartiradigan boshqa qo’shimchalar kiradi. Shisha hosil qiluvchi oksidlar silikatli (SiO2), alyuminsilikatli (Al2O3-SiO2), borsilikatli (B2O3-SiO2), titansilikatli (SiO2-TiO2), sirkonatsilikatli va alyumin-borsilikatli (SiO2-ZnO2,Al2O3-B2O3-SiO2) turlarga bo’linadi.

Texnik shisha quyidagi xillarga bo’linadi:

1. Tarkibida og’ir metall oksidi bo’lmagan ishqorli shisha,

2. Tarkibida bir qancha og’ir metall, oksidlari bo’lgan ishqorli shisha;.

3. Tarkibida ishqor bo’lmagan sof shisha (kvars)larga bo’linadi. Silikatli va borli sof shishalar tarkibida SiO4, B-O3 elementlari bo’ladi. Tarkibiga oksidlar kiritilgan shisha g’ovaklashadi. Bir valentli metall ionlari shishaning dielektrik xossalarining, issiqqa va namlikka chidamliligini keskin kamaytiradi.

Shishaning yumshash haroratlarining oralig’i katta bo’lganligi sababli, undan mahsulot tayyorlash jarayoni oddiy bo’ladi. Suyuq shisha harorati 800-900C atrofida bo’lganda undan turli xil mahsulotlar tayyorlanadi. Shisha mahsulotlari puflash, siqish, cho’zish va bosim bilan ishlov berish usuli yordamida tayyorlanadi. Tayyor shisha mahsuloti tezlik bilan sovitilsa, unda ichki mexanik kuchlanganlik yuzaga keladi. Shisha yemirilishining oldini olish maqsadida uni qayta qizdirib, ichki kuchlanganlik bartaraf etiladi.

Odatda shishaning bir qancha turiga pardoz berish mumkin bo’lib, ular kesilish xossasiga ham egadir. Shishadan aniq o’lchamli juda yupqa mahsulot ishlab chiqarish uchun uning tarkibiga mis, kumush, oltin, platina zarrachalari kiritiladi. Bunda shishaning yorug’likka nisbatan sezuvchanlik xossasi ham oshadi. So’ngra, fotokimyoviy usul yordamida shishadan aniq o’lchamli mahsulot tayyorlanadi.



Download 29.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

Download 29.99 Kb.