O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi




Download 29.99 Kb.
bet5/8
Sana04.04.2017
Hajmi29.99 Kb.
#2887
1   2   3   4   5   6   7   8
1. xomashyoni tayyorlash jarayoni (o’lchash, maydalash, birikmalarni aralashtirish, ulardan briket tayyorlash).

2. briketlarni dastlabki pishipish.

3. briketlarni maydalash, unga plastifikator (parafin, yelim) qo’shish.

4. detallarni qoliplash.

5. So’nggi bosqichdagi pishirish.

Eng muhim bosqichlarga dastlabki va oxirgi bosqichdagi pishirish ishlari kiradi. Dastlabki pishirishda asosiy jarayonlar sodir bo’ladi va mahsulot hajmi o’zgaradi (kichrayadi). Bu esa, oxirgi bosqichdagi pishirishda mahsulotni aniq o’lcham va kerakli shaklda olish imkonini yaratadi. Ishlov berish jarayonida ma’lum kristall panjaralarda kimyoviy birikish sodir bo’ladi va bunda materialning hajmi kichrayadi. Mahsulot bo’sh va vaqtincha bog’langan zarrachalardan shakllanadi va ancha g’ovaklikka (30-50%) ega bo’ladi. Oxirgi bosqichdagi pishirishda sopolga yuqori haroratda ishlov berilib, u zichlashadi va mexanik mustahkamligi birmuncha ortadi.

Pishirish tezligi zarrachalar diametriga teskari proporsionaldir. Shu sababli, pishirishni tezlatish maqsadida sopol juda mayin (zarra diametri 1-3 mkm) qilib tayyorlanishi kerak. Sopolni pishirish murakkab jarayon bo’lib, bunda bo’shliqlar tortilishi bilan birgalikda pishishni sekinlatadigan sabablar (bo’shliqda hosil bo’ladigan gazlar) ham kelib chiqadi.

Suyuq fazadagi pishirilish tarkibiga tuproq qo’shilgan sopollarga taalluqlidir. Suyuq fazadagi pishirilish ikki holatda, ya’ni qattiq va suyuq fazalarning o’zaro ta’sirisiz hamda mazkur fazalarning o’zaro ta’siri ostida kechadi. Birinchi holda yuqori haroratli ishlov jarayonida kristallarni biriktiruvchi suyuq fazada qovushqoq va plastik oqim hosil bo’ladi va sopol zichlashadi. Fazalar chegarasidagi sirt taranglik kuchi qancha yuqori bo’lsa, zichlashish shiddati shuncha tezlashadi. Bunda zarra o’lchamlari kichikroq va shishasimon faza qovushqoqligi pastroq bo’lishi katta ahamiyatga egadir.

Ikkinchi holda sopolni pishirish jarayoni qattiq fazaning nisbatan suyuqroq faza bilan o’zaro ta’sirlashishi natijasida yuzaga keladi. Bunda birinchi bosqichda suyuq faza hosil bo’ladi, tortishish kuchi ta’sirida zarralar o’zaro yaqinlashib, butun birikma zichlashadi. Harorat oshira borilsa, qattiq, fazaning mayda zarrachali qismida erish jarayoni sodir bo’ladi. Eritma to’yinishi natijasida unda kristallanish ro’y beradi. Cho’kuvchan kristallar kattaroq o’lchamga ega bo’ladi, ya’ni suyuq faza orqali o’tkristallanish yoki rekristallanish jarayoni sodir bo’ladi. Eritmaning tarkibi o’zida eruvchan qattiq faza bilan to’yina boradi.

Har bir turdagi sopol material uchun ma’lum pishirish harorati xos bo’lib, bundan past haroratda sopolda ochiq bo’shliqlar hosil bo’ladi. Agar harorat optimal qiymatdan yuqori bo’lsa, rekrisrallanish jarayonida sopolda mayda yoriqchalar va yirik bo’shliqlar yuzaga keladi. Bunday bo’shliqlar sopolning elektrik va mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Pishirish haroratining qiymati massa tayyorlashda xomashyoning maydalanish darajasiga ham bog’liqdir. Maydalash mayin bo’lganda mahsulotning mexanik mustahkamligini oshirish uchun pishirish pastroq haroratda o’tkazilishi kerak. Sopolni pishirishda harorat ma’lum tezlikda oshirib boriladi. So’ngra mahsulot pishirish haroratida ma’lum muddat ushlab turiladi, keyin esa bir maromda sovitiladi. Sovitish tezligi ham sopol xossalarga kuchli ta’sir etadi. Chunki keskin sovitishda kristall zarrachalar chegarasida va shishasimon qatlamlarda darzlar paydo bo’lish ehtimoli ortadi. To’plash tufayli sopolda siqilish deformatsyasi sodir bo’lib, uning mexanik mustahkamligi 2-3 marta ortadi.

Loysimon plastik massa uqalangan sopol talqonning namlash usuli bilan olinadi. Massa qolipga quyiladi, so’ngra uning tarkibidagi namlikning ma’lum qismini quritish orqali chiqarib yuboriladi va mahsulotga mexanik ishlov beriladi.Kristall ko’rinishga ega, plastik bo’lmagan sopol massasining plastikligini oshirish uchun uning tarkibiga organik qo’shilmalar (yelim, parafin, stearin, qatron) kiritiladi va ular pishirish jarayonining o’zidayoq kuyib ketadi. Plastiklashtirilgan va qotirilgan mahsulotlar pishirilishining oxirgi bosqichi unga mexanik ishlov (yo’nish) berilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Ko’pgina sopol turlarining elektr o’tkazuvchanligi ionli xarakterga, tarkibida titan bo’lganlarining elektr o’tkazuvchanligi esa elektron xarakterga egadir. Sopolning solishtirma hajmiy qarshiligi (10111018 Om∙m) haroratga, materialning namligi hamda uning tarkibidagi gaz bo’shliqlariga bog’liq bo’ladi. Ularning miqdori qancha katta bo’lsa, izolyator qarshiligi shuncha past bo’ladi.



Download 29.99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 29.99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim vazirligi

Download 29.99 Kb.