• 1. Hukm (mulohaza), uning mohiyati va tarkibi
  • – mavzu: HUKM (MULOHAZA) VA XULOSA CHIQARISH




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/59
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,17 Mb.
    #245620
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
    Bog'liq
    Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

    2– mavzu: HUKM (MULOHAZA) VA XULOSA CHIQARISH
     
    1.
    Hukm (mulohaza). Oddiy hukm, uning tarkibi va turlari 
    2.
    Murakkab hukmlar, ularning tarkibi va turlari 
    3.
    Xulosa chiqarish haqida umumiy tushuncha. Deduktiv xulosa chiqarish 
    4.
    Induktiv xulosa chiqarish 
     
    Tayanch tushunchalar: 
    Hukm, oddiy hukm, murakkab hukm, hukm va 
    gap, subyekt, predikat, tasdiq hukmlar, inkor hukmlar, yakka hukmlar, 
    juz‟iy hukmlar, umumiy hukmlar, xulosa, deduktiv xulosa, induktiv 
    xulosa, sillogizm, entimema, analogiya.
    1. Hukm (mulohaza), uning mohiyati va tarkibi 
    Hukm biron narsa yoki hodisa va uning belgisi to„g„risida tasdiqlab 
    yoki inkor qilib bildirilgan fikrdir. Hukmlar tuzilishiga ko„ra oddiy va 
    murakkab bo„ladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib 
    bo„lmaydigan hukmga aytiladi.
    Hukmlar grammatik gap orqali ifodalanadi, lekin har qanday gap 
    hukm bo„la olmaydi, ya‟ni ular aynan bir xil emas. Shunday gaplar borki, 
    (masalan, so„roq va undov shaklidagi gaplar) ularda tasdiqlash ham, inkor 
    qilish ham bo„lmaydi: “Bugun kutubxonaga borasanmi?”, “Sportning 
    qaysi turiga qiziqasiz?”, “Imillamasdan tezroq bo„lsang-chi!”, “Yashasin 
    o„zbek xalqining millatparvar, fidoiy insonlari!”. Bunday gaplar hukm 
    bo„la olmaydi. 
    Hukm tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko„rsatish 
    mumkin. Mantiqiy ega – subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani 
    bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmetga xos xususiyatni, 
    munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subyekt 
    haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub‟ekt va predikati uning 
    terminlari deb ataladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy 
    bog„lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri bilan bog„laydi, natijada 
    hukm hosil bo„ladi. Oddiy qat‟iy hukmning formulasi quyidagicha 
    yoziladi: S – P. 
    Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko„ra turlarga bo„linadi. 
    Sifatiga 
    ko‘ra
    tasdiq va inkor hukmlar farqlanadi.

    Download 1,17 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – mavzu: HUKM (MULOHAZA) VA XULOSA CHIQARISH

    Download 1,17 Mb.
    Pdf ko'rish