c)
―O'zbekiston — suveren demokratik respublika.‖ .
2.
Quyidagi gaplarni Morze kodi yordamida kodlang:
a)
―Informatika‖;
b)
―Matematika‖;
c)
―Arifmetika‖.
3.
Quyidagi gaplarni Aralash alifbo usuli yordamida kodlang:
a)
―Oila muqaddas‖;
b)
―Ustoz otangday ulug‘ ‖;
c)
―Til bilgan – el biladi‖.
Laboratoriya mashg‗uloti №3
Mavzu: Grafik axborotlarni kodlash.
Reja:
1.
Grafik axborotlarni kodlash.
Ishdan maqsad:
Talabalarda Grafik axborotlarni axborotlarni kodlash
usullari va ikkilikda
kodlash haqida bilim malaka ko‗nikmasini hosil qilish.
Nazariy qisim
Grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash
Paint
dasturida rasm chizib, so‗ng uni kattalashtirganingizda rasm kvadratlardan tashkil
topganini ko‗rgansiz (quyida chapdagi rasm). Bunga kompyuter ekranidagi
tasvirlar rastr deb
ataluvchi chiziqlar yordamida bo‗lingan piksel (ingl. pixel – picture element – rasm elementi)
deb ataluvchi juda mayda kvadratlardan iborat satrlardan tashkil etilishi sababchidir (quyida
o‗ngdagi rasm). Demak, har qanday rasm kompyuterda piksellar yordamida, ya‘ni
silliq rasmni
diskretlashtirish asosida tasvirlanar ekan.
Endi oq va qora rangdan iborat rasm uchun ikkilik kodini aniqlaymiz. Buning uchun
pikselning oq rangiga 0 ni, qora rangiga 1 ni mos qo‗yamiz, ya‘ni ikkita rang uchun 1 bit
uzunlikdagi kod zarur bo‗ldi. Shu usulda har qanday rasmni 0 va 1
lar ketma-ketligi orqali
tasvirlay olamiz. Masalan, o‗ngdagi oq-qora tasvirni quyidagicha yoza olamiz:
000000001100000000000000011110000000000000111111000000…
Agar piksellar rangi ikkitadan ortiq bo‗lsa, u holda kodlash uchun 1 bit yetarli
bo‗lmaydi. Ranglar soni ko‗p bo‗lganda, ikkilikda kodlash uchun
yana formulaga murojaat
qilamiz:
bu yerda N – kodlanayotgan ranglar soni, r –
rang chuqurligi, ya‘ni ikkilik kodi uzunligi.
Demak, bu holda
< Ranglar soni ≤
tengsizligidan 3 ta va 4 ta rang uchun r = 2; 5,
6, 7 va 8 ta ta rang uchun r = 3; …; 129 tadan 256 ta rang uchun r = 8 ekanligini
aniqlash mumkin.
Monitor ekranining imkoniyatlari (piksellari soni) aniq bo‗lsa, u hol
da ekrandagi tasvirning
axborot hajmini ham aniqlash mumkin.