Bilimlar omborini yaratish bosqichlar




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

 
Bilimlar omborini yaratish bosqichlar. 
Bilimlar omborini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi: 
1- bosqich. Predmet sohasini aniqlash. Bu bosqichda muayyan bilim sohasi tanlanadi. 
2- bosqich. Bilimlar to‗plamini yaratish. Berilgan mavzu bo‗yicha materiallarga darslik
ma‘lumotnoma, ilmiy maqolalar, jurnal, gazeta, yaratuvchining oldindan to‗plagan xususiy bilimlari 
va boshqalar kiradi.
Yaratiladigan bilimlar omborining sifati va hajmi yaratuvchining birlamchi bilim
manbalaridan oladigan axborotlari sifatiga bog‗liq bo‗ladi. 
3- bosqich. Bilimlarni tizimga tushirish. Bu bosqichda asosiy tushunchalar va ularning
xossalari, atamalarning mazmuni (tub mohiyati) aniqlanadi, tushunchalar mazmuni bo‗yicha 
turlarga ajratiladi, ular o‗rtasida mantiqiy bog‗lanish o‗rnatiladi. Axborotlarning tuzilishi tartibini 
to‗g‗ri belgilash undan foydalanish samarasini oshiradi. Materialni bilimlar omborida ifodalash
uchun tizimli tahlildan foydalaniladi. Materialni tizimga solish jarayonida, avvalo, ko‗rilayotgan
mavzuning ierarxik modeli tuziladi, so‗ngra elementlar orasidagi bog‗lanishlar aniqlanadi. 


To‗plangan materialning modelini yaratishda tahdil, turlarga ajratish, guruhlash, qiyoslashtirish,
tartiblash, tizimlashtirish, formatlash, modellashtirish kabi usullardan foydalaniladi. 
4- bosqich. Materialni shaklan tasvirlash. Tanlangan mavzu tushunchalari orasidagi o‗zaro 
bog‗lanish va asosiy yo‗riqlarini aks ettiradigan materialning shakliy ko‗rinishi grafik, jadval, 
matn, mantiqiy sxema, gipermatn kabi sxemalashtirilgan vositalar yordamida berilishi mumkin. 
 
Bilimlar omborini boshqarish tizimlari. 
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, tahlil qilish, tashkillashtirish, 
saqlash hamda kerakli ko‗rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, 
umumlashtirsh, abstraksiyalash, modellashtirish, o`xshashliklarni topish va shunga o`xshash boshqa 
aqliy faoliyat ko`nikmalarini egallashini talab qiladi.
Shuni ham aytib o`tish kerakki, biror hodisa, voqea yoki soha haqida absolyut bilim beradigan 
axborot tizimini yaratish juda mushkul ish hisoblanadi.
Bilimlar omborini boshqarish usullari bilimlar omborini yaratish bilan bevosita bog‗langan 
bo‗ladi. Bilimlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning 
vazifasiga quyidagilar kiradi: 

bilimlar omboridagi ma‘lumotlarga kirish; 

bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash); 

kompyuter o`chirilganda yoki dasturlar ishi to`xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi; 

bilimlar omboridan bir vaqtda bir necha kompyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir-
biriga xalaqit bermasligi

bilimlar omboridagi ma‘lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta‘sirlardan 
himoyalanishi. 
Bilimlar ombori maxsus tashkil etilgan firmalar, guruhlar yoki yakka dasturchilar tomonidan 
yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga, flesh xotiralarga yozib 
oladilar va ulardan foydalanadilar. 
Hozirgi zamon axborotlashtirish jamiyatining rivojlanishi ma‘lumotlarni ortib borishi borgan 
sayin, ularni tartiblash, ulardan foydalanish, mukammalligini ta‘minlash maqsadida, axborot 
texnologiyasi yangi bir tarmog‗ini yaratilishiga zarurat tug‗dirdi. Ya‘ni ma‘lumotlarni jamlash, ularni 
qayta ishlash, izlash amallari, ulardan foydalanish ishlari ma‘lumotlar bazasi (MB) tushunchasini olib 
keldi. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish