Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/193
Sana13.05.2024
Hajmi3,81 Mb.
#230005
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   193
Bog'liq
Majmua IVRT 1-SEMestr 123

 
 
Bilimlar ombori.
Biror sohada oldindan belgilangan shart-sharoitlarga javob bera oladigan ma‘lumotlar omborini 
yaratish va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bilimlar omborini shakllantirish turli uslublar orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda 
muammolarning aksariyati bilimlar omborining umumiy tuzilishi va uni tashkil etuvchi elementlarning 
o‗zaro bog‗lanish usuliga taaluqli bo‗ladi. Umumiy holda bilimlar omborini yaratish, dasturlar tizimini 
yaratishga o`xshash bo‗ladi.
Bilimlar ombori jamiyatning ajralmas qismi bo‗lib, uning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagi 
haqidagi bilimlarni o‗zida mujassamlashtiradi.
Bilimlar omborida jamlanadigan ma‘lumotlar matn, belgi, raqam, jadval, grafik, rasm va 
boshqa ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin.
Ma‘lumotlar bilimlar omborining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar sektorlar deb 
ataladi. 


Har bir sektorda ma‘lum qoidalarga ko‗ra ishlatiladigan bilim (ma‘lumot)lar bo‗laklari 
joylashadi. Har bir sektordagi ma‘lumotlardan yakka holda foydalanish, ya‘ni sektorlarni boshqarishni 
avtonom holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsimlash mumkin: A—matnli 
axborotlar, B—grafikli axborotlar, C—jadvallar, D—diagrammalar. 
Ishchi dasturning asosiy vazifasi foydalanuvchining bergan savoliga xotiradagi ma‘lumotlar 
asosida javob topishdan iborat. Bu dasturning ishlashini quyidagi misol orqali tushuntirish mumkin: 
1. Dastlab mavzu tanlanadi, masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimi». 
2. Tanlangan mavzuda foydalanuvchini qiziqtiradigan aniq savol hosil qilinadi (uni kompyuter 
tugmachalari orqali kiritish mumkin). Masalan, «Inson tanasida qon aylanish tizimining vazifasi 
nimadan iborat?» 
3. Belgilangan buyruq kiritiladi. 
4. So`ralgan axborot natijasi ekranda hosil qilinadi yoki bosmaga chiqariladi. 
5. «Qon aylanish tizimi»ni tushuntiruvchi rasmni ekranda hosil qilish so`raladi. 
Bilimlar omboridan foydalanish tartibi turlicha bo‗lishi mumkin va uni belgilash 
foydalanuvchining xohishiga bog‗liq. Qoidalar ketma-ketligi esa ierarxik tuzilishda bo‗ladi.
Bilimlar ombori qoidalar tarmog‗i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir holatdagi o‗tish yo‗li
muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga bog‗liq bo‗ladi. Muloqot quyidagi tarzda olib 
boriladi: 
— dastur foydalanuvchiga tizimga qanday savollar berish mumkinligi haqida yo‗nalish beradi. 
Yuqoridagi bilimlar ombori uchun yo‗nalishga quyidagi misollarni keltirish mumkin: «O‗pkaning 
tuzilishi», «O‗pka kasalligi turlari», «Burun kasalliklari», va boshqalar. 
— boshlangich yo‗nalishlardan birini tanlagan holda muloqotning keyingi bosqichlari tanlanadi. 
Tizim foydalanuvchi tomonidan berilgan so‗rovlarning rost yoki yolg‗onligini tekshirib
ko‗radi. Agar so‗rov jarayonida shart bajarilsa, foydalanuvchiga muloqotning keyingi bosqichiga 
o‗tish uchun imkon beruvchi yozuv ekranda hosil qilinadi. Bu jarayon foydalanuvchining talabini
qondiruvchi javob hosil bo‗lgunga qadar davom ettiriladi. 
Berilgan sohadagi bilimlar omboridan foydalanish har bir foydalanuvchidan ma‘lum
darajadagi ko‗nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko‗nikmalarga turli shakldagi aqliy 
faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraktlashtirish, qiyoslash , modellashtirish,
strukturalash, o‗xshashlik darajalarini o‗rnatish va boshqalar kiradi. 

Download 3,81 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   193




Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‘limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti

Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish